Ikkinchidan, kutilmaganda mamlakat hududiga kirib kelgan och va yupun odamlar taqdiriga befarq qarab bo‘lmaydi. Natijada tinch aholining moddiy, ma’naviy va ijtimoiy hayotiga zarar keltiradigan omillar vujudga keladi. Bu eng awalo iqtisod, moddiy ne’matlar bilan bog liq bo‘lgan, qochoqlami kundalik oziq-ovqat bilan ta’minlash, yashash sharoitini yaratish, turli yuqumli kasallik- laming oldini olish maqsadida ulaming sanitariya holatini nazorat qilish va tibbiy xizmat ko‘rsatish muammolarini yuzaga keltiradi.
Bunday holat endigina taraqqiyot yo‘liga chiqib olayotgan mamlakatlarda mavjud tabiiy qiyinchiliklar ustiga juda katta kutilmagan qiyinchiliklami keltirib chiqaradi.
Afg‘oniston va Tojikistondagi mojarolaming bunday uzoq- qa cho‘zilib ketayotganini, muammolaming chigallashib, tobora jiddiy tus olib borayotganini ayni ana shu mamlakatlar aholi- si dastlab unchalik ham baholay olmadi. Buning ustiga ayni ana shu mamlakatlardagi mavjud vaziyat orqali nafaqat ularda, umu- man Yer yuzida, boshqa mintaqalarda ham yangidan-yangi mu- ammolar vujudga kelgan, jinoiy unsurlar ko‘paygan edi. Jumladan, narkotik moddalar bilan shug‘ullanish, xalqaro terrorizm va qurol-yaroq kontrabandasi jiddiy tarzda avj ola boshladi. Bu nafaqat yuqoridagi ikki mamlakatning, balki butun dunyo xalqlari- ning hayotiga tahdiddir. Zotan, Prezident I. Karimov iborasi bilan aytganda, dunyodagi mavjud narkotik moddalaming 75 foizi fa- qat Afg‘onistonda yetishtirilayotganligi, uning 90 foizi Yevropaga tarqatilayotganligining o‘zi ayanchli emasmi? Sharq-u G‘arb mu- nosabatlarini, Mag‘rib-u Mashriq o‘rtasidagi juda katta madaniy, ma’naviy, iqtisodiy, siyosiy aloqalami kuchaytirish o‘miga inso- niyat zotiga qiron keltiruvchi zahri qotilni umumjahon bozorining noyob mahsulotiga aylantirish va shu yo‘l bilan jahon xalqlarini tanazzulga keltirishdan dahshatliroq narsa yo‘q.
0‘zbekiston rahbari bu muammoni umumjahon taqdiriga daxldor masala sifatida ko‘taradi.
6+2 guruhining uchrashuvi
1999-yil, 19-20-iyul kunlari Toshkentda Afg‘oniston muammo- sini hal qilish bo‘yicha «6+2» guruhining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu guruhga Afg‘oniston bilan chegaradosh olti davlat - Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston hamda 0‘zbekiston, shuningdek, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Rossiya kiradi. Birlash- gan Millatlar Tashkiloti rahbarligida tashkil etilgan mazkur anju- manda 0‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.
Afg‘onistondagi bugungi vaziyat ayni vaqtda nafaqat mazkur mamlakatning, balki unga qo‘shni davlatlaming, qolaversa, butun xalqaro jamoatchilikning muammosiga aylangan. Negaki, bugun bu tuproqda davom etayotgan urush balosi bilan birga, narkotik moddalar va qurol-yaroq kontrabandasi, diniy ekstremizm va fanatizm, terrorchilik xavfi mintaqadagi barcha davlatlarga, binobarin yal- pi xavfsizlikka jiddiy tahdid solyapti. «6+2» guruhining Toshkent uchrashuvi mazkur mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish choralarini topishga xizmat qiladi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan BMT Bosh kotibining Afg‘o- niston bo‘yicha o‘sha paytdagi maxsus vakili L.Braximi BMT 0‘zbekistonning ushbu mojaroni hal etish borasidagi sa’y-hara- katlarini yuksak baholashini ta’kidladi. U BMTning o‘sha paytdagi Bosh kotibi Kofi Annanning «6+2» guruhining Toshkent uchrashu- vini qo‘llab-quwatlab, Prezident Islom Karimov nomiga yo‘llagan maktubini o‘qib eshittirdi.
Ta’kidlash kerakki, «6+2» guruhining tashkil topishi, uning uchrashuvlarini muntazam tashkil etish o‘z-o‘zidan bo‘layotgan ish emas. Bu nihoyatda mashaqqatli va og‘ir mehnat mahsulidir. Xususan, bu jarayonda 0‘zbekiston hukumatining salmoqli hissasi bor. Negaki, Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘matilishi mamlakatimiz, qolaversa, butun mintaqa xavfsizligini ta’minlash uchun sharoit yaratadi. Xavfsizlik va barqarorlik esa taraqqiyotning eng muhim shartidir.
Shu boisdan 0‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1993-yilda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida so‘zlagan nutqida Afg‘oniston muammosiga jahon hamjamiyatining e’tiborini qaratib, bu masalaning nechog‘li jiddiy ekanini alohida ta’kidlagan edi. BMT Bosh Assambleyasining 1995-yilda bo‘lib o‘tgan 5Ctsessiyasida esa davlatimiz rahbari Afg‘oniston muammosini bartaraf etish borasida qator amaliy takliflami ilgari surdi. Xususan, bu davlatga qurol- yarog‘ kiritishni qat’iy taqiqlash zarurligini alohida qayd etdi.
Shuningdek, Islom Karimov boshqa ko‘plab xalqaro anjuman- larda, turli davlatlar rahbarlari bilan muzokaralarda mintaqa xavfsizligini mustahkamlash, buning uchun eng awalo, Afg‘oniston mojarosini tinch yo‘l bilan bartaraf etish zarurligini takrorlashdan charchamaydi.
Zero, Afg‘onistondagi urush nafaqat bizga yoinki mintaqamiz- ga, balki xalqaro xavfsizlikka, hatto insoniyat kelajagiga jiddiy xavf tug‘dirayotgani sir emas. Ya’ni, bugun mazkur muammo faqatgina qurolli harakatlar bilangina bog‘liq emas, bu tuproqda ulkan miqdor- da narkotik moddalar va qurol-yaroq kontrabandasi avj olayotgani, terrorchilik va diniy ekstremizm unsurlari urchib borayotgani ham jahon ahlini haqli ravishda tashvishga solayotgani tabiiy.
1997-yili 0‘zbekiston Prezidenti Afg‘onistonga chegaradosh olti mamlakat, AQSH hamda Rossiya ishtirokida muloqot guruhi tashkil etish taShabbusini ilgari surdi. Oradan ko‘p o‘tmay, bu tashabbus hayotda o‘z in’ikosini topdi. «6+2» guruhi tashkil etildi. Uning birinchi uchrashuvi 1997-yil 16-oktabrda Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan edi.
Toshkent anjumanida ishtirokchilar Afg ‘ oniston mojarosini tinch yo‘l bilan hal etish chora-tadbirlari xususida o‘z fikr-mulohazalarini bayon qildilar. Afg‘onistonning ichki muammolarini bartaraf etishda tashqi kuchlaming aralashuviga chek qo‘yish, o‘zaro nifoqdagi to- monlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralami boshlash zarurligi ta’kidlandi.
Anjuman nihoyasida «Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida»gi Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.
Uchrashuv yakunida mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot anjumani bo‘ldi. Unda L.Braximi «6+2» guruhi uchrashuvining bevosita Afg‘oniston bilan chegara- dosh mintaqa - 0‘zbekistonda o‘tayotgani muhim ahamiyat kasb etajagini ta’kidladi. Yana bir e’tiborga molik tomoni shundaki, Toshkent uchrashuvida Afg‘onistondagi ikki asosiy guruh «Tolibon» harakati hamda Afg‘oniston Birlashgan fronti vakillari ilk bor bir stol atrofiga yig‘ildi. Shuningdek, qabul qilingan Toshkent Deklaratsiyasi Afg‘onistonda tinchlik о‘mati sh yo‘lidagi zalvorli qadam bo‘lganini qayd etdi. BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili mazkur Deklaratsiya uzoq vaqt mobaynida ishlab chiqilgan va o‘zida Afg‘oniston zaminida tinchlik o‘matishning asosiy tamoyillarini jamlash bilan birga, endilikda «6+2» guruhi a’zolarining nuqtayi nazari va qarashlarini umumlashtiradigan muhim hujjat sifatida ham amal qilishini aytdi.
Darhaqiqat, Toshkent Deklaratsiyasining qabul qilinishi katta ahamiyatga ega. U «6+2» guruhiga a’zo davlatlar hamda Afg‘onis- tonda nizolashayotgan tomonlar uchun tinchlikka eltuvchi xarita vazifasini bajarishga qaratilgan. Matbuot anjumanida ta’kidlandiki, Deklaratsiya - so‘nggi manzil emas. U «Tolibon» bilan Birlashgan front o‘rtasida, shuningdek, ular bilan «6+2» guruhi a’zolari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotyo‘lga qo‘yilishiga vaAfg‘onistonda tinchlik o‘matish jarayoni izchil davom etishiga umid uyg‘otdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |