Uchinchi kitob



Download 57,25 Mb.
bet12/164
Sana09.07.2022
Hajmi57,25 Mb.
#761542
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   164
Bog'liq
НАРЗУЛЛА ЖЎРАЕВ O\'zbekiston tarixi 3 kitob Milliy Istiqlol davri

Uchinchidati, 0‘zbekiston taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqishda respublikaning qulay jug‘rofiy-siyosiy imkoniyati hisobga olindi.
Darhaqiqat, tarixan 0‘zbekistonning hozirgi hududi juda ko‘hna savdo yo‘li - Buyuk ipak yo‘li tutashgan, mag‘rib-u mashriqni bir- biriga bog‘lab turgan, turli qarashlardagi xalqlarni yaqinlashtirgan, jo‘shqin tashqi aloqalar va turli madaniyatlaming bir-birini o‘zaro boyitish jarayoni kechgan hududdir. Ana shu boy, tarix sinovlaridan o‘tgan tajribalami davom ettirish, undan samarali foydalanish yo‘li tutildi. Demakki, mintaqalararo aloqalar, dunyoviy integratsiyani yo‘lga qo‘yishga kirishildi.
To‘rtinchidan, 0‘zbekistonning bozor munosabatlariga o‘tishida ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya masalasini hisobga olish lozimligi ham ko‘rsatib berildi.
Chunki, sho‘rolar davrida kishilar ongida ijtimoiy tenglik tu- shunchasi, ya’ni yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham dav- lat baribir boqadi, degan fikr shakllanib, boqimandalik kayfiyatiga tushib qolgan, mulkka egalik tuyg‘usidan uzoqlashgan edi. Bu, al- batta, kishilaming mehnatga intilishini so‘ndirar, ish natijasi uchun mas’uliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatar edi. Ularda boqimandalik, tekinxo‘rlik illatlarini chuqurlashtirar edi. Shuning uchun, bozor mu- nosabatlariga o‘tishda odamlardagi mana shu kayfiyatni e’tiborga olish kerak, deb hisoblandi. Islohotlar davrida xususiylashtirish ja- rayonining chuqurlashishi, mamlakatda mulkdorlar sinfini shakllan- tirish sari dadil qadamlar qo‘yilishi mana shu omildan kelib chiqqan xulosadir.
Beshinchidan, hukumat mustaqil 0‘zbekiston siyosatini bel- gilashda islom diniga munosabatni tubdan o‘zgartirish lozimligini qayta-qayta uqtirdi. Chunki din turmush tarzimizga o‘chmas muhrini bosgan. Dinga nisbatan ijobiy munosabat tashqi siyosatimizda, ay- niqsa, musulmon davlatlari bilan o‘zaro aloqalarimizni kengaytirish- da katta ahamiyatga ega, - deb ko‘rsatadi.
Oltinchidan, 0‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy mustaqilligini himoya qilish va ta’minlash imkonini beradigan boy moddiy-ma’naviy hamda ishlab chiqarish potensialiga va kadrlar qudratiga ega mamlakat ekanligidir. Endi hamma gap ana shu imko- niyatlardan unumli foydalanishda edi.
Ushbu xulosalar I. Karimov tomonidan muntazam to‘ldirilib, qadam-baqadam yangi qoida va yo‘l-yo‘riqlar bilan boyitib borildi. Xususan, 1992-yil avgust oyi oxirida 0‘zbekiston Mustaqilligining bir yilligi tantanalari arafasida Prezidentning «0‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli 0‘zbekiston mustaqilligining na- zariy asoslari chuqur tahlil etilgan asari nashrdan chiqdi. Ushbu ri- sola keng jamoatchilik tomonidan ma’naviy hayotdagi yangilik va muhim qo‘llanma sifatida kutib olindi. Unda 0‘zbekiston istiqloli- ning ham nazariy, ham amaliy muammolari ilmiy jihatdan o‘rganilib, jamiyat siyosiy rivojining, iqtisodiy taraqqiyotining, ma’naviy pok- lanishining asosiy yo‘l-yo‘riqlari yangicha mushohada va yondashuv bilan ko‘rsatib berildi.
Ma’lumki, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida jamiyatning bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tish jarayoni bir necha muhim ij­timoiy muammolar bilan uzviy bog‘liq.
Bular:

  • davlatning islohotlami o‘tkazishdagi rahnamolik roli;

  • jamiyatning moddiy, ma’naviy va ijtimoiy imkoniyatlarini sa- farbar etish;

  • o‘rta hoi sinfni shakllantirish;

  • xalqaro hamkorlikni yanada takomillashtirish masalalaridir.

Ta’bir joiz bo‘Isa, bu omillaming bosqichma-bosqichligi, ular-
ning ahamiyati, shuningdek, ulardan alohida, har birining va barcha- si bir butun bo‘lgan holatda beradigan samaradorligi har xil sabab- larga bog‘liq.
Lekin, o‘tish davrining eng muhim omili, bu kuchli davlatni barpo etishdir. Bunday davlatsiz mavjud ijtimoiy imkoniyatlami sa- farbar etish ham, o‘rta hoi sinfiai shakllantirish ham, xalqaro muno- sabatlarda muvaffaqiyatlarga erishish ham mumkin emas.

  1. Karimov 0‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini ishlab chiqar ekan, awalo, mamlakatda yaratilajak jamiyat qanday mazmun kasb etishiga e’tibor berdi va uning fikricha, 0‘zbekistonda bunyod etiladigan jamiyat barcha «izm»lardan va u qanday nomla- nishidan qat’i nazar adolatli, xalqchil, insonparvar jamiyat bo‘lmog‘i lozim edi.

Shuning uchun ham, respublika ichki va tashqi siyosatining aso­siy yo‘nalishlari pirovard natijada chinakam mustaqil 0‘zbekistonda yangi, adolatli jamiyat barpo etishga qaratildi. «Respublikada sobit- qadamlik bilan xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir, - deb uqtiradi Prezident. Bu boradagi fikrini davom ettirib u «Q‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. Bu - mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu - insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlah beradigan davlatdir. Xalq davlat hokimiyatining manbayidir», - degan qoidani ilgari surdi. Bu Mustaqillikning bir yilligi arafasida- yoq qat’iy qilib o‘rtaga tashlangan davlat siyosati edi. Shuningdek, yangilangan jamiyat har bir a’zosining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini kafolatlovchi yo‘llami ham ko‘rsatib berdi. Jumla­dan,

Download 57,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish