14-modda. Yer monitoringi
Yer monitoringi yer tarkibidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish uchun yer fondining holatini kuzatib turish tizimidan iborat.
Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilishni axborot bilan ta’minlash yer monitoringi asosida amalga oshiriladi.
Yer monitoringini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida Yer monitoringi to‘g‘risida”gi nizom, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentabrdagi 737-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi to‘g‘risida nizom”.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Erdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.04.00 Erning davlat hisobi. Davlat yer kadastri. Er monitoringi]
15-modda. Davlat yer kadastri
Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, sifat ko‘rsatkichlari va bahosi, yer uchastkalarining joylashgan manzili va o‘lchamlari, ularni yer egalariga, yerdan foydalanuvchilarga, ijarachilarga hamda mulkdorlarga taqsimlash to‘g‘risidagi zarur, ishonchli ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 2-bandi.
Davlat yer kadastri O‘zbekiston Respublikasi davlat kadastrlarining yagona tizimiga kiruvchi davlat va tarmoq tabiat resurslari kadastrlarining asosidir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 3-moddasining birinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni 5-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom 1-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari, 8-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 10-bandi.
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorini asoslash, xo‘jalik faoliyatiga baho berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangandir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandi.
Davlat yer kadastri erning qiymat bahosini aniqlash uchun asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonunining 19-moddasi.
Davlat yer kadastrining ma’lumotlari yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, yer uchastkalari berish (realizatsiya qilish) va ularni olib qo‘yishda, yer uchun to‘lanadigan haq miqdorlarini belgilashda, yer tuzish ishlarini o‘tkazishda, xo‘jalik faoliyatiga baho berishda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda majburiy tartibda tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni 23-moddasining uchinchi qismi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastri butun respublika uchun yagona tizim asosida davlat budjeti mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan yuritiladi.
(15-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ-708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son)
Davlat yer kadastrini yuritish topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika jihatidan va boshqa yo‘nalishda tekshirish va izlanishlar olib borish, yerlarni hisobga olish va ularga baho berish, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, ijarachilarning hamda mulkdorlarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini ro‘yxatga olish bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat yer kadastrini yuritish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(15-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat yer kadastri to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 31-dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
Do'stlaringiz bilan baham: |