10-Mavzu: Avtomobilning boshqarish mеxanizmlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari tеxnologiyasi
Reja
1. Rul boshqarmasida uchraydigan asosiy nosozliklar va ularning alomatlari, unga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlari texnologiyasi.
2. Tormoz tizimi, uning turlari, uchraydigan asosiy nosozliklari va ularning alomatlari.
3. Tormoz tizimiga qoyiladigan asosiy talablar.
4. Tormoz tizimiga TXK va T ishlari texnologiyasi.
Rul boshqarmasining asosiy nosozliklari. Rul mexanizmi karteri, rul chambaragi va kolonkasining boshab qolishi, mexanizm va chervyak jufti, reyka va tishli valning yeyilib ketishi asosiy nosozliklar hisoblanadi. Gidrokuchaytirgichli rul boshqarmalarida, yuqoridagi nosozliklardan tashqari, nasos idishida moyning me'yoridan kam yoki kop bolishi, tizimda havo va suvning yigilishi, nasos ishlamay va filtrning kirlanib qolishi, moyning sizib chiqishi, nasosdagi himoya va otkazish klapanlari nosoz ishlashi, nasos uzatmasi tasmasining me'yor bilan tortilmasligidir.
Rul boshqarmasini diagnostikalash. Diagnostikalash kor-satkichlariga rul chambaragining salt yurishi va uni burash uchun kerakli kuchni aniqlash kiradi. Rul chambaragining salt yurish yolini yoki burchagini aniqlashda lyuftomer-dinamometr turidagi asboblardan foydalaniladi (2.59-rasm). Bu korsatkich yengil avtomobillar uchun 712 (VAZ va NEXIA avtomobillarida 5), avtobus va yuk avtomobillari uchun 1015 (ZiL-130 da 15, KAMAZ va MERSEDES BENS uchun 15) ni tashkil qilishi hamda rul chambaragini burash uchun sarflanadigan kuch 4060 N oraligida bolishi kerak.
Rul boshqarmasiga TXK. Rul boshqarmasiga TXK da tortqilar, sharnir va rul mexanizmi birikmalaridagi tirqishlar yoqotiladi. Rul mexanizmidagi chervyak podshipnigining oq boyicha siljishi qistirmalar yordamida sozlanadi. Rul soshkasining oq boyicha siljishi esa tayanch bolt yordamida sozlanadi.
Rul boshqarmasidagi maxkamlash ishlari agregat va mexanizmlarni qotirilganligini tekshirishdan iborat bolib, buni bajarishdan oldin rul mexanizmi karterining avtomobil ramasiga, rul tortqilari richagining burish mushtiga, soshkaga, boylama va kondalang rul tortqisi barmogiga maxkamlanishi tekshirib koriladi.
Yuqorida aytilganidek rul chambaragi erkin yurish yolini aniqlash uchun lyuftomer-dinamometr(2.59-rasm) rul chambaragiga ornatiladi. U shkala-3 dan, rul kolonkasiga qisqichlar-1 yordamida maxkam qotirilgan korsatkich-2 dan tashkil topgan. Dinamometr qisqichlar-4 yordamida rul kolonkasiga qotiriladi. Dinamometr shkalalari shtok-5 da korsatilgan bolib, u rul chambaragiga qanday kuch bilan ta'sir etilayotganini korsatib turadi (ta'sir etish kuchi 20-120 N bolishi mumkin). Shtok yordamida 10 N kuch bilan chambarak ong tomonga, song chap tomonga harakatlantiriladi. Strelkaning ong va chap tomonga ogish kattaliklarini qoshib, umumiy erkin yurish yoli aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |