Translyatsiya haqida umumiy tushuncha


Translyatsiya haqida umumiy tushuncha



Download 391,24 Kb.
bet2/3
Sana23.05.2022
Hajmi391,24 Kb.
#608587
1   2   3
Bog'liq
16.Translyatsiya haqida umumiy tushuncha

Translyatsiya haqida umumiy tushuncha
Polipeptid hosil qilish uchun iRNK qanday “oʻqiladi”? Translyatsiyada asosiy vazifani ikki xil molekula bajaradi: tRNK va ribosoma.
Transport RNK (tRNK)
Transport RNK yoki tRNK bu iRNK kodonlarini aminokislotalar bilan bogʻlaydigan “koʻprik” molekula hisoblanadi. Har bir tRNKning bir uchida maʼlum bir iRNK kodonlari bilan bogʻlanishi mumkin boʻlgan antikodon deb nomlangan uchta nukleotidlar ketma-ketligi bor. tRNKning boshqa uchida kodonlar tomonidan belgilangan aminokislotalar mavjud.
Turli xil tRNKlar mavjud. Har bir turi bitta yoki bir nechta kodonni oʻqiydi va kerakli kodonga mos keladigan aminokislotalarni tashiydi.

Ribosomalar kichik va katta subbirliklardan iborat boʻlib, tRNK iRNKga bogʻlanishi mumkin boʻlgan uchta nuqta (A, P va E nuqtalari)ga ega. Har bir tRNK maʼlum bir aminokislotani tashiydi va antikodonga komplimentar boʻlgan iRNK kodoni bilan bogʻlanadi.
Rasm manbasi: “Translation: Figure 3,” OpenStax College, Biology. Quyidagi ruxsatnoma asosida olingan (CC BY 4.0).
Ribosomalar
Ribosomalar bu polipeptid (oqsil)lar sintezi kechadigan hujayra tuzilmasi hisoblanadi. Ular oqsil va RNK (ribosomal RNK yoki rRNK)dan iborat. Har bir ribosomada ikkita, yaʼni katta va kichik subbirliklar mavjud boʻlib, ular iRNK atrofida toʻplanadi (xuddi gamburgerning ikkita yarim boʻlakli noni singari).
Ribosoma qulay nuqtalar toʻplamini taqdim etadi, bu yerda tRNK andoza iRNA asosida oʻzining mos kodlarini topishi va aminokislotalarni yetkazib berishi mumkin. Ushbu nuqtalar A, P va E saytlar deb nomlanadi. Bundan tashqari, ribosoma zanjir hosil qilish uchun aminokislotalarni bir-biriga bogʻlovchi kimyoviy reaksiyani katalizlash vazifasini bajaradi.
Ribosoma va tRNK strukturasi va funksiyasi toʻgʻrisida koʻproq maʼlumotga ega boʻlishni istasangiz, tRNK va ribosomalar maqolasini koʻrib chiqing.
Translyatsiya bosqichlari
Inson hujayralari har bir sekundda oqsil sintez qilayotgan boʻladi. Ushbu oqsillarning har biri toʻgʻri tartibda birlashtirilgan aminokislotalarning toʻgʻri toʻplamini oʻz ichiga olishi kerak. Bu juda qiyin vazifa boʻlib tuyulishi mumkin, ammo, yaxshiyamki, inson hujayralari (boshqa hayvonlar, oʻsimliklar va bakteriyalar hujayralari bilan bir qatorda) bu ishning uddasidan chiqadi.
Oqsillar sintezi jarayonida translyatsiya uchta bosqichdan iborat: initsiatsiya (boshlanish), elongatsiya (zanjirga yangi qismlar biriktirish) va terminatsiya (yakunlash).

Download 391,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish