Yurak topografiyasi (171). Yurak oldingi ko‘ks oralig‗ining pastida asimmetrik
joylashgan. Uni Yuqori va orqa tomondan Yurakdan chiqqan qon tomirlar ushlab
turadi, pastda esa Yurak diafragma pay markazining o‘rtasi bilan muskul qismi
oldingi bo‘lagining ustki Yuzasiga tegib turadi.
Yurak ikki Yonidan o‘pka va uni o‘rab turgan plevra xaltalariga, oldingi
tomonda o‘pkadan tashqari, qisman V–VI qovurg‗a tog‗aylariga va to‘sh suyagiga
tegib turadi.
Yurakning holati hamma odamlarda bir xil bo‘lmay, balki kishining Yoshi, jinsi,
gavdasining vaziyati va tuzilishiga ham bog‗liq. Bundan tashqari, diafragmaning
nafas harakatlari Yurakning o‘z ishiga qarab ham o‘zgaradi. Jumladan, chaqaloqlarda
Yurak Yumaloq shaklli bo‘lib, diafragma gumbazi balandroq bo‘lganidan ko‘ndalang
va Yuqoriroq joylashgan, ayrisimon bez uni to‘sh suyagidan ancha orqa tomonga
surib turadi.
Keyinchalik 1–3 Yoshda Yurak ko‘ndalang vaziyatini o‘zgartiradi va katta
odamlarda ko‘rilganidek, qiyshiq holatda joylashadi. O‘rta yashar odamlarda
425
Yurakning uchi chap tomonda linea mamillaris sinistna dan 1 sm ichkarida, V
qovurg‗a orasida (chaqaloqlarda III–IV qovurg‗a oralig‗ida) joylashadi. Bir Yoshga
to‘lmagan bolalarda esa katta odamlarga qaraganda bir qovurg‗a Yuqori (IV qovurg‗a
oralig‗i) da joylashadi. 5–7 yashar bolalardagina Yurak uchi V qovurg‗a oralig‗iga
mos keladi. Keksa odamlarda diafragma gumbazi ancha pastga tushganligidan Yurak
uchi VI qovurg‗a oralig‗i damida turadi. Yurakning ustki chegarasi III qovurg‗a
tog‗ayining to‘sh suyagiga yopishadigan joyidan o‘tkazilgan gorizontal chiziqqa
to‘g‗ri keladi.
Yurak topografiyasi.
1 – A. thyroidea superior; 2 – V. thyroidea superior dextra; 3 – Trachea; 4 – A. carotis
communis dextra; 5 – Truncus brachiocephalicus; 6 – A. subclavia dextra; 7 – V. subclavia dextra;
8 – Ostium aortae (valvae semilunares aortae); 9 – Ostium atrioventriculare dextrum (valva
tricuspidalis); 10 – Apex cordix; 11 – Ostium atrioventriculare sinistrum (valva mitralis); 12 –
Ostium trunci pulmonalis (valvae semilunares trunci pulmonalis); 13 – Bronchus principalis
sinister; 14 – Truncus pulmonalis; 15 – Arcus aortae; 16 – V. brachiocephalica sinistra; 17 –
Truncus thyrocervicalis; 18 – A. thyroidea inferior; 19 – Glandula thyroidea; 20 – V. jugularis
interna; 21 – A. carotis externa.
Yurakning o‘ng chegarasi to‘sh suyagining o‘ng chekkasidan (o‘ng III va V
qovurg‗alar ro‘parasida) 2–3 sm chetroqda bo‘ladi. Bir Yoshgacha bo‘lgan bolalarda
Yurakning o‘ng tomondagi chegarasi to‘sh suyagining o‘ng chekkasidan 1–1,5 sm
chiqib turishi mumkin.
Yurakning pastki chegarasi o‘ng tomondagi V qovurg‗a tog‗ayidan boshlab
Yurak uchiga qarab boradi.
Ikkala ostium atrioventriculare lar to‘sh suyagining o‘ng tomonidagi tog‗ayning
birlashgan sohasiga, IV qovurg‗a chap tomondagi IV qovurg‗a tog‗aylarining to‘sh
suyagiga yopishgan joylarini birlashtiradigan chiziqqa to‘g‗ri keladi. Aortaning
chiqish joyi to‘sh suyagining orqa tomonida chap tomondagi III qovurg‗ani
yopishtiradigan joyiga mos keladi. O‘pka poyasining Yurakdan chiqish joyi – ostium
trunci pulmonalis chap tomondagi III qovurg‗aning to‘sh suyagiga birikadigan uchiga
to‘g‗ri keladi.
Yurak chegarasi va vaziyati odam ko‘kragining shakliga ham bog‗liq, chunonchi
ko‘kragi keng odamlarda Yurak pastroqda joylashadi. Shuning uchun bunday
konstitutsiyaga ega bo‘lgan odamlarda Yurak gorizontal holatda turadi. Keng
426
(uzunligi o‘rtacha bo‘lgan) Ko‗krak qafasida Yurak qiyshiq turadi. Ayollar Yuragi bir
oz kichik bo‘lib, gorizontal joylashadi.
Jismoniy mehnat va sport bilan ko‘proq shug‗ullanadigan odamlarda Yurakning
hajmi birmuncha katta bo‘ladi.
Yurak anomaliyalari. Embrion rivojlanish davrida ham boshqa organlar kabi
hamma vaqt bir xil normal taraqqiy qilmasligi mumkin. Jumladan, Yurakiing ayrim
bo`laklari takomil etish davrida boshqa bo`limlarga qaraganda sekinroq yoki,
aksincha, tezroq rivojlanadi. Natijada, yangi tug`ilgan bolaning Yuragida turlicha
o`zgarishlar (anomaliyalar) paydo bo`ladi. Goho Yurakning rivojlashida septum
interatriale (bo`lmachalar o`rtasidagi to`siq) da paydo bo`ladigan foramen ovale bola
tug`ilganidan boshlab to umrining oxirigacha bekilmasdan qolaveradi. o`ng
bo`lmachadan venoz qonning bir qismi chap bo`lmachaga, undan chap qorincha
orqali organizmga tarqaladi. Natijada, qon organizmga yetarlicha oziq moddalar,
kislorod yetkazib bera olmaydi. shunday qilib, tug`ma Yurak kasalligi paydo bo`ladi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek, embrion rivojlanish davrida Yurak qorinchalari
o`rtasida vujudga keladigan septum interventriculare ham normal o`smasdan, bir
qismi teshik holida qolaveradi. Pirovardida Yurakning jiddiy anomaliya turi paydo
bo`ladi.
1
Ba‘zan aorta Yurakning o`ng qorinchasidan, a. pulmonalis esa, aksincha, chap
qorinchadan chiqadi.
Embrion rivojlanish davrida Yurak ko`krak qafasining tashqarisiga chiqib,
ectopia cordis ni vujudga keltiradi. Bunday tug`ilgan bolalar tirik qolmaydi.
Bundan tashqari, Yurak klapanlarida ham turlicha o`zgarishlar ro`y beradi.
Masalan, Yurakning ikkita yoki uchta klapani o`rnig bitta yoki to`rtta klapan
rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |