Yurak arteriyalari (169, 170lar) Yurak devori – aorta ascendens ning
kengaygan piyozcha qismi – bulbus aortae dan, aniqrog‗i o‘ng va chap sinuslardan
Chiquvchi bir juft arteriya (aa. coronariae dextra et sinistra)dan qon oladi. O‘ng va
chap toj arteriyalar epikard tagida, yog‗ to‘qimalari bilan qoplangan holatda Yurak
egatchalari tomon egri-bugri yo‘nalishda harakatlanadi. Yurak toj arteriyalariga kirish
teshigi sistola paytida klapanlar bilan yopiladi, devori siqilib, diametri kichrayadi.
Shuning uchun qon diastola vaqtida ko‘proq quyilib, sistola paytida kamayib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |