Chap bo‟lmacha – atrium sinistrum. Chap bo‘lmachaning ichki Yuzasi singari
silliq tuzilgan. Uning old tomonida joylashgan quloqsimon o‘siq (auricula sinistra)
bo‘shlig‗ining ichki Yuzasi toj-taroqsimon muskullar (musculus pectinati) bilan
qoplangan.
Chap bo‘lmachaga beshta teshik ochiladi: to‘rttasi o‘pka venalari (vv.
pulmonales) teshiklari bo‘lib, beshinchisi ostium atrioventriculare sinistrum chap
qorincha bilan tutashib turadi. Odatda, o‘ng va chap o‘pkaning har biridan ikkita
(hammasi bo‘lib to‘rtta)dan vena tomiri o‘tib, o‘pkada kislorod bilan to‘yinadigan
qonni chap bo‘lmachaga quyadi, bu venalarning teshiklari Yonma-Yon joylashgan.
Ba‘zan ana shu bir juft vena o‘zaro qo‘shilib, bitta venani hosil qiladi. Shu tufayli
bo‘lmachaga ochiladigan vena tomiri teshiklarining soni kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |