Engak muskuli (m. mentalis) – pastki jag‗ suyagining oldingi kesuvchi tishlari
tish tepachalari – juga alveolaria dan boshlanib, iyak terisiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Iyak terisini ko‘tarib, pastki labni Yuqori labga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. labialis inferior, a. mentalis.
Lunj muskuli (m. buccinator) – pastki va Yuqori jag‗ suyaklarining oziq tishlari
sohasidagi tish tepachalaridan boshlanib, Yuqori va pastki lablar sohasida og‗iz
aylana muskuliga qo‘shilib ketadi. Bu muskul og‗iz bo‘shlig‗ining Yonbosh devorini
tashkil etadi.
F u n k s i y a s i. Og‗iz burchagini orqaga tortadi, lunj va lablarni tishlarga va
milkka yaqinlashtiradi, havoni tashqariga chiqaradi. Karnay va surnay chalishda
yordam beradi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. facialis dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. buccalis.
Do'stlaringiz bilan baham: |