BO‟YIN FASSIYALARI
Bo‘yin sohasidagi a‘zolar, qon tomir va nervlar, muskullar 5 ta fassiya (fasciae
colli) bilan o‘ralgan (V.N.Shevkunenko).
1. Bo‟yinning Yuza fassiyasi (fascia colli superficialis) teri ostida Yupqa varaq
holida joylashgan. Teri osti muskulini (m. platysma) o‘rab, Yuqoridan Yuz
fassiyasiga, pastdan Ko‗krak fassiyasiga o‘tib ketadi.
2. Bo‟yin xususiy fassiyasining Yuza varag„i (lamina superficialis fascia colli
propria) pastki jag‗ bilan to‘sh suyagi dastasi va o‗mrov suyaklari oralig‗ida tortilib
joylashib, bo‘yinni hamma tomondan o‘rab turadi.
Fassiya orqa tomonda umurtqalarning qirrali o‘siqlariga yopishib yo‘nalsa,
ikkala Yonboshida umurtqalarning ko‘ndalang o‘siqlariga to‘siq orqali yopishadi,
natijada bo‘yin old va orqa sohalarga ajraladi. Fassiya bo‘yinning old tomonida
qarama-qarshi fassiya bilan tutashib, bo‘yinning o‘rta chizig‗ida oq chiziq (linea alba)
ni hosil qilishda qatnashadi, fassiya o‘z yo‘nalishida kekirdakni qoplab, jag‗ osti bezi
va to‘sh-o‗mrov-so‘rg‗ichsimon muskul uchun qin hosil qiladi.
3. Bo‟yin xususiy fassiyasining chuqur varag„i (lamina profunda fascia colli
propria) til osti suyagi bilan to‘sh va o‗mrov suyaklari orasida joylashgan. Bu fassiya
til osti suyagidan pastda joylashgan muskullarga qin hosil qiladi. Til ostida
joylashgan muskullar va fassiya qisqarib, venada qon oqishini osonlashtiradi.
4. Bo‟yinning ichki fassiyasi (fascia endocervicalis) – ikki (pariyetal va
visseral) varaq (lamina viscerale et parietale) dan iborat bo‘lib, pariyetal varag‗i
halqum, hiqildoq, qalqonsimon bez, kekirdak, qizilo‘ngach va qon tomirlarni ustidan
o‘rab o‘tsa, visseral varag‗i har bir a‘zoni alohida o‘rab (qin hosil qilib) joylashadi.
Natijada pariyetal va visseral varaqlar kekirdak oldida bo‘shliq (spatium pretracheale)
hosil qiladi. Bu bo‘shliq ko‘ks oralig‗i bilan qo‘shilgan. Chunki bo‘yin ichki fassiyasi
pastda ko‘ks oralig‗iga davom etadi.
5. Umurtqa oldi fassiyasi – fascia prevertebralis. Bu fassiya Yuqoridan
(halquming orqa tomonida) ensa suyagining asosidan boshlanib, pastga tushganda
Ko‗krak qafasi fassiyasiga o‘tib ketadi. Fassiya narvonsimon muskullarni o‘rab qin
hosil qiladi.
333
Bo‘yin fassiyalari (ko‘ndalang kesilgan).
1–spatium previscerale; 2–glandula thyroidea; 3–fascia colli superficialis; 4–
trachea; 5–esophagus; 6–a. carotis communis; 7–v. jugularis internae; 8–n. vagus;
9–a. et v. vertebrales; 10–m. semispinalis cervicis; 11–m. semispinalis capitis; 12–
lig. nuchae; 13–m. trapezius; 14–splenius capitis et m. splenius cervicis; 15–
processus spinosus; 16–m. levator scapulae; 17–m. scalenus medius et m. scalenus
posterior;
18–m.
scalenus
anterior;
19–m.
longus
colli;
20–m.
sternocleidomastoideus; 21–m. omohyoideus; 22–fascia endocervicalis; 23–
platysma; 24–fascia prevertebralis; 25–m. sternothyreoideus; 26–m. sternohyoideus;
27–spatium suprasternale; 28–lamina superficialis fascia colli propria; 29–lamina
profunda fascia colli propria
Bosh muskullari mimika va chaynov muskullaridan tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |