Kaft sohasidagi fassiya bosh barmoq va jimjiloq tomonidagi muskullarni o‘rab
turadi. Kaft o‘rta chuqurchasini esa keng uchburchak shaklli kaft aponevrozi yopadi,
uning uchi to‘rtga bo‘linib, barmoqlarga tarqaladi. Barmoqlarga bo‘lingan
aponevrozlar oralig‗ida ko‘ndalang fassiyalar (fasciculi transversi) tortilgan.
Panjaning kaft tomonida, aponevroz ostida ko‘ndalang boylam va ikkita fibroz
kanalcha bo‘lib, ularning biridan pay qiniga o‘ralgan bosh barmoqni bukuvchi
muskul o‘tsa, ikkinchisidan panjalarni bukuvchi muskul paylari o‘tadi. Pay qinlarida
sinovial suYuqlik bo‘lganidan muskullar qisqarganda ular ravon sirg‗aladi. Pay
(sinovial) qinlar kaftning o‘rtasida (jimjiloqqa boruvchi paydan tashqari) tugaydi.
Jimjiloq tomondagi sinovial qin tirnoq falangalarigacha davom etadi. II–V
barmoqlarga boruvchi muskul paylarining har biri alohida fibroz qinga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |