Toshkent moliya instituti rasulova d. V., Xotamov I., Asatullaev X. S. Biznesni tadqiq etish usullari


Biznes tadqiqotlarini o’tkazishda axborotning mohiyati



Download 1,92 Mb.
bet15/69
Sana04.07.2022
Hajmi1,92 Mb.
#738424
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
Biznesni tadqiq etish

2.3. Biznes tadqiqotlarini o’tkazishda axborotning mohiyati


Biznes tadqiqoti ishlari barcha tashkilot va korxonalar faoliyatida keng o’rin egallab bormoqda. Bozor xususidagi axborot yoki xabarlarga suyanish, ulardan kerakli vaziyatlarda foydalanish, tabiiyki, zaruriy shartdir. Lekin, firma va tashkilotlarning maqsadli bozor, xaridor sari intilishlarini amalga oshirishda muayyan yo’nalishga va maqsadga bo’lgan marketing tadqiqotlari muhim o’rin egallaydi. Bu o’rinda mashhur «Marks end Sienser» kompaniyasining boy tajribasi diqqatga sazovor. Angliyada yirik va nufuzli sanalgan ushbu tashkilot «yumshoq tovarlari» (kiyim-kechak va to’qimachilik mahsulotlari) chakana tovar oborotida 16 foizni tashkil etadi. Har bir kvadrat metrga to’g’ri keluvchi tovar oboroti hajmi bo’yicha bu kompaniya dunyoda birinchi o’rinda turadi. 80-yillarda «Marks end Sienser» Parijda o’z shahobchasini ochish va frantsuz xaridorlari didiga mos keluvchi tovarlarni taklif qilish maqsadida 18 oy mobaynida muttasil marketing tadqiqotlarini o’tkazdi. Vaholanki, britaniyalik va frantsuz oilalarining turmush tarzi, hayotiy ko’nikmasi, qiziquvchanligi, daromadlari bir-birlariga juda o’xshash bo’lsa ham, mahalliy bozor tabiati, undagi raqobat, xaridorlar talabi birmuncha farq qilar ekan. Bundan ko’rinib turibdiki, har bir tashkilot, firma o’z bozori va xaridori ko’lamini saqlash, ular salmog’ini oshirish, yangi ehtiyojni qondirish uchun doimiy tarzda marketing tadqiqotlarini amalga oshirmog’i lozim.
Albatta har marketing tadqiqoti tegishli sarf harajatlarni talab etadi. Asosan yirik firmalar o’z tarkibiy tuzilmalari, sho’’ba tashkilotlari miqyosida marketing tadqiqotlarini o’tkazadilar. Lekin barcha sohalar bo’yicha tadqiqotlarni o’tkazishga imkoniyat va muayyan zaruratlar doimiy bo’lmaganligi hamda xodimlarni butun yil davomida ishda band qilib turish qimmatga tushish sababli, ayrim muammolarni ixtisoslashgan marketing markazlariga, institutlariga topshiradilar va davriy tarzda axborot olib turadilar. AQShda eng yirik va mashhur firmalar o’z marketing tadqiqotlarini asosan besh sohada amalga oshiradilar.

  1. Reklamani tashkil etishga oid tadqiqotlar.

  2. Strategik rejalashtirish va tashkilot siyosatiga oid tadqiqotlar.

  3. Tashkilotning ichki va tashqi ma’suliyatini baholashga oid tadqiqotlar.

  4. Bozordagi holat tahlili.

  5. Sotish va bozor imkoniyatlariga oid tadqiqotlar.

Mavzu jihatdan marketing tadqi-otlari bir-birini to’ldiruvchi bo’lishi bilan birga, bir-biridan tahlilning chuqurligi tayinli muammo va vazifani hal etishga qaratilganligi bilan farqlanadi. Masalan, sotuv tahlili, bozor tarkibi tahlili, bozor imkoniyatlarini izlanishi, qisqa va uzoq muddatli bozor bashorati, raqobatchilar mahsulotlari tahlili, yangi mahsulotning sotuv hajmini aniqlash, sotuv shaxobchalarini izlash, narx siyosati tahlili, reklama vositalari tahlili va hk. Ushbu mavzudagi marketing tadqiqotlari yil sayin yangi uslublarning qullanishi, axborot ko’lamining qayta ishlanishi, boshqa ko’rsatkichlarning inobatga olinishi, bir necha variantli echimlar taklif etilishi bilan boyib bormoqda. Xususan, ushbu mavzular bo’yicha sunggi paytlarda ishlab chiqarilga umumiy va maxsus kompyuter dasturlarini misol qilib keltirish mumkin.
Umuman olganda, marketing dasturi va tadqiqotlarida ishlatilayotgan korxona faoliyatiga ta’sir qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy axborotlarga quyidagilar kiradi:

    • demografik, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy tendentsiyalar;

    • aholi va korxonalarning daromadi, xarajati, iste’mol jamg’armalarining tarkibi; baholarning umumiy dinamikasi, tashqi savdo;

    • soliqlar tizimi;

    • raqobatchilar faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar ham ana shunday axborotlar jumlasiga kiradi.


Download 1,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish