Bozor iqtisodiyot modellari1
t/t
№
|
Model turlari
|
Asosiy tavsifiy belgilari
|
1
|
Amerika
|
Davlatning tartibga solish roli eng kam darajada (sezilarsiz);
Tadbirkorlikning har tomonlama rag’bat-lantirilish;
Aholi daromadlarining sezilarli darajada tabaqalanishi
|
2
|
Yaponiya
|
Davlatning iqtisodiyotga ta’siri yuqori darajada;
Ish haqi darajasidagi farqlar sezilarsiz.
|
3
|
Germaniya
|
|
4
|
Shved
|
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish-ning ijtimoiy yo’naltirilganligi, kamta’min-langan aholi qatlamiga g’amxo’rlik ko’rsatish;
Iqtisodiyot davlat sektorining yuqori salmoqqa egaligi.
|
5
|
Frantsuz
|
Davlatning tartibga solishdagi yuqori roli;
Davlat tadbirkorlik faoliyati ko’lashining ancha kengligi.
|
6
|
Janubiy Koreya
|
Moliya-kredit sohasida davlat monopoliyasi;
Eksportni rag’batlantirish va importni cheklash.
|
7
|
Xitoy
|
Markazlashgan rejali iqtisodiyot modelidan «sotsialistik rejali tovar iqtisodiyoti» modeliga o’tish;
Bozorlar (fond, tovar ishchi kuchi va boshqalar) tizimining yaratilganligi.
|
8
|
Rossiya
|
Markazdan boshqarish va bozor mexanizmining uyg’unlashganligi;
Aholi ijtimoiy himoyalanganligining etarlicha yuqoriligi.
|
II. Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil taraqqiyot yo’liga o’tib rivojlanayotgan Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi malakatlari yo’li.
Bu yo’l mustamlakchilikdan qolgan qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lidir. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar turli xo’jaliklar: azaliy natural xo’jalik, rivojlanish darajasi, bozor munosabat-lariga tortilishi jihatidan farq qilishiga qaramay, transformatsiya orqali yuz beradi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga o’tish: a) bozor infrastrukturasini yaratish; b) iqtisodiyotni barqarorlashtirish; v) sanoat tarmoqlarini (ayniqsa qayta ishlovchi) vujudga keltirish orqali yuz beradi.
Bu mamlakatlar uchun bozor iqtisodiyotiga kirib borish mustaqillik garovi hisoblanadi. Sababi bozor iqtisodiyotiga o’tish ishlab chiqarishning jadal o’sishiga olib keladi.
III. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning sobiq sotsialistik mamalakatlar yo’li. Bu mamlaktlarda davlat mulki hukmron mavqega ega bo’lib, iqtisodiyot davlat tomonidan markazlshgan tarzda tuzilgan rejalar asosida boshqarilgan. Yaratilgan mahsulot ham davlat tomonidan taqsimlangan.
Totalitar iqtisodiyotning bozor bilan umumiyligi yo’q, ular bir-biriga zid, tabiatan har xil. Shuning uchun ham bu modelda aholiga bozor munosabatlari g’oyalarini singdirmay, ularda yangicha ko’nikma hosil etmay turib, bozor iqtisodiyotiga o’tib bo’lmaydi. Lekin bu tizimning afzalligi shundaki, u o’ziga xos yo’llar bilan kuchli ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy kadrlar potentsialini yaratgan. Ularga tayangan holda bozor iqtisodiyotiga o’tish nisbatan engil kechishi mumkin.
Bu tizimga kirgan mamlakatlarda xususiy mulk tamomila yo’qotilgan yoki qisman mavjud. Tadbirkorlikka intilish, iqtisodiy taraqqiyot darajasi turlicha; masalan, Polsha, Vengriya, Germaniyada xususiy mulkchilik ulushi ancha yuqori saqlangan. Sobiq Ittifoqida esa akincha, xususiy mulk tamomila yo’qotilgan. Bularning hammasi albatta, bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’z ta’sirini o’tkazadi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish uchun islohatlar ikki yo’l bilan amalga oiriladi: a) bozor iqtisodiyotiga tezlik bilan o’tish; b) bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish.
Sobiq GDR (GFR bilan qo’shilib yagona davlat vujudga kelishi tufayli), Polshada qisqa muddatda bozor iqtisodiyotiga o’tish amalga oshirildi.
Boshqa mamlakatlarda o’z xususiyatlaridan kelib chiqib, bozor iqtisodiyotiga o’tish amalga oshirilib, bu turli muddatlarni talab etdi.
Umuman olganda o’zining yorqinligi, samaradorligi, erishgan yutuqlari bilan jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti tarixiga kirgan modellar «Amerika», «Yaponiya», «Germaniya», «Shvetsiya», «Janubiy Koreya», «Xitoy» modeli va boshqalar hisoblanadi.
«AQSh modeli» liberal model sifatida tavsiflanadi. Amerikacha andozaning o’ziga xos xususiyati uning tadbirkorlikni aholi orasida keng yoyishga, ommaviylikka erishishni ta’minlashga asolanganligidadir. U jamiyat a’zolaridan har birining ishbilarmonlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash, iqtisodiy faoliyatni, xususiy manfaatdorlikni oshirish uchun keng shart sharoit yaratishga qaratilgan.
«Yaponcha model» – bu ikkinchi jahon urushida vayronaga aylangan mamlakat aholisining qattiq mehnati hisobiga, hokimiyatni xar tomonlama va so’zsiz qo’llab-quvvatlashi, vatanparvarlik tuyg’usi asosida yaratilgan. Yaponiya harbiy xarajatlardan voz kechgach, tinchlik maqsadida barcha resurslarni to’plash va ishlatish hamda sanoatda iqtisodiy potentsialni o’stirish imkoni yaratildi. Eng avvalo, ishlab chiqarish eksportga mo’ljallanib, moslashtirilib valyuta ishlab topildi, uning evaziga xorijiy mamlakatlardan, ayniqsa Amerika va G’arbiy Evropadan eng yangi texnika, texnologiya, litsenziya, patent, «nou-xau» sotib olinib, yuqori mehnat unumdorligiga erishildi, tadbirkorlik qo’llab quvvatlandi. Jahon bozorida xom ashyo va yoqilg’ining arzonlashuvi, nisbatan arzon ish kuchi, katta harbiy xarajatlarning yo’qligi Yaponiya eksportining ortib borishiga olib keldi. Bu borada yirik kompaniyalarni qo’llab-quvvatlash, mamlakatda ilmiy texnikaviy taraqqiyotga alohida ahamiyat berilishi katta rol o’ynaydi.
Aholining tabaqalanishi dastlab kuchaygan bo’lsa, maqsadga erishilgach, ularning ehtiyojmand qismiga davlat va firmalar yordami kuchaytirildi va natijada umumiy farovonlikka erishildi.
«Shvedcha model» – uning boshqa modellardan farq qiluvchi xususiyati ijtimoiy yo’naltirilganligi, mulkdagi notenglikni qisqartirishga qaratil-ganligidir. Aholining kam ta’minlangan qatlami himoya qilinadi. Ishsizlikni kamaytirish chora-tadbirlari ko’riladi. Bu andozaning shaklla-nishida Shvetsiyaning tarixan iqtisodiy jihatdan yuksak rivojlanganligi va mehnatkashlar kasaba tashkilotlarining jamiyatda, ayniqsa ishlab chiqarishda katta o’rin tutishi alohida ahamiyatga ega bo’lganligidir.
«Nemischa model» – bu model ijtimoiy yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ijtimoiy bozor iqtisodiyotining bosh g’oyasi Lyudvig Erxardga (1897–1977) tegishli. U 1949–1963-yillar davomida GFRning iqtisodiyot vaziri, 1963–1966-yillarda esa federal kantsler bo’lib ishlagan.
Dastlab, Erxard industriallashtirish rejasini ishlab chiqdi. Unda sanoat mahsulotini 1936 yilga nisbatan 65%, 1938 yilga nisbatan esa 50-55% ga ko’paytirish rejalashtirilgan. Bundan tashqari pul islohoti, narx-navo islohoti o’tkazish, davlatning iqtisodiyotdagi rolini belgilab, qay darajada aralashuvi ko’rsatilgan.
Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti kontseptsiyasi mazmunan faqat iqtisodiyotga tegishligina emas, balki unda insonning erkinligi masalalari ham ilgari surilgan.
«Janubiy Koreya modeli» – bu model shunisi bilan qiziqarliki, u Janubiy Koreyani qisqa muddat ichida qoloq mamlakatlar safidan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. 1962 yili iqtisodiy islohotlar boshlanayotgan paytda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad 82 dollarga teng bo’lgan bo’lsa, 1996 yilga kelib 10,6 ming dollarga etdi.
Markazlashtirilgan tarzda uzoq va o’rta muddatli rejalar, maqsadli dasturlar tuzish, ularda ishlab chiqarish topshiriqlari hamda bajarish muddatlarining belgilanishi, xo’jalik yuritishda bozor uslublarini qo’shib olib borish Janubiy Koreyaga qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar safiga qo’shilib, jahon tsivilizatsiyasida o’ziga xos munosib o’rinni egallash imkonini beradi.
«Xitoy modeli» – iqtisodiyotni qayta qurish qishloq xo’jaligini isloh qilishdan boshlandi. Qishloq xo’jaligida xalq kommunallari asosiy xo’jalik yurituvchi sub’ekt bo’lib, davlat pudrat tizimi barpo qilindi. Bu ish 1984 yil oxiriga kelib yakunlandi. Oilaviy pudrat dehqon xo’jaligini bir oila a’zolari tashkil etib, foydalanish uchun er 15-20, ba’zi joylarda 30 yilga berilgan. Erga oila yoki bir necha oila qo’lidagi o’zi egalik qilayotgan texnika, asbob-uskuna va boshqalar yordamida ishlov beriladi. Dehqonlar ishlab chiqargan mahsulotlarining bir qismini davlatga shartnoma asosida topshiradilar, bir qismini soliq o’rnida, yana bir qismini mahalliy fondga, qolgani o’z ixtiyoriga ko’ra yuqori narxda davlatga yoki bozorda sotishlari mumkin edi.
Shunday qilib, har bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan o’xshashlik tomonlariga qarab, ularni bozor iqtisodiyotiga o’tishning u yoki bu guruhiga kiritish mumkin. Shu bilan birga xar bir mamlakat o’ziga xos xususiyatlar bilan boshqalardan farq qilar ekan, haqli ravishda bozor iqtisodiyotiga o’tishda o’z yo’liga ega, u o’z modelini yaratadi deb ayta olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |