62
III BOB. PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI
3.1. Pul aylanmasining mohiyati
Naqd pulsiz va naqd pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiri-
ladigan to‘lovlarning yig‘indisi
pul aylanmasini tashkil qiladi. Pul
aylanmasi tarkibi naqd pul va naqd pulsiz shaklida amalga oshi-
riladigan aylanmalarni o‘z ichiga oladi.
Naqd pul aylanmasi – bu qog‘oz pullar va tanga pullar vositasida
amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo‘ladi.
Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o‘r-
tasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshi-
rishga xizmat qiladi.
Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan
hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko‘chirish orqali
amalga oshiriladi.
Pul doimiy ravishda “harakatda” bo‘ladi, bu harakat davomida
juda ko‘plab tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida
bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi.
Hususan, pul o‘z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib
chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning
qiymat o‘lchovi, muomala vositasi va to‘lov vositasi funksiyalari orqali
amalga oshiriladi.
Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etma-
gan vaqtda jamg‘arma vositasi funksiyasini bajarish orqali, o‘zining
sohibiga qo‘shimcha daromad keltiradi va real iqtisodiyotda muhim rol
o‘ynaydi.
Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan
amalga oshirilayotgan to‘lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga
pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va
boshqa qator omillar ta’sir qiladi.
Pulning aylanmasi mohiyatini chuqurroq aniqlash uchun uning
obyekti va subyektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylan-
masi subyektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank,
kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezidentlari,
korxona va tashkilotlarni misol qilib keltirish mumkin.
63
Uning obyekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisob-
lanadi. Pul aylanmasi subyektlari o‘rtasida amalga oshiriladigan
iqtisodiy munosabatlar naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida amalga
oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi
deyarli o‘rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur
mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga oshirishda
pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko‘rinishi shakllari o‘rtasida farq
mavjud emasligi bo‘lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob –
kitoblarni amalga oshirish o‘rtasida farq mavjud emas.
Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining
deyarli barchasida “pul aylanmasi” va “to‘lov aylanmasi” alohida –
alohida o‘rganiladi. Ularni bir – biridan farqlashda asosiy e’tibor hisob
– kitoblarni amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki
etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to‘lovlarni
amalga oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob – kitoblarni
amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob cheklarni joriy
etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining
sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bo‘lmoqda. Xususan, AQSh,
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyada pul aylanmalarining
ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi.
Quyidagi rasmda pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi va uning
o‘zaro bog‘liqligini tavsiflovchi holatlar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: