Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Tovar xo‘jaligi sharoitida pulning roli



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

1.6. Tovar xo‘jaligi sharoitida pulning roli 
 
Jamiyatda  mehnat  taqsimoti  va  ishlab  chiqarish  jarayonining 
mavjudligi  iqtisodiy  hayotda  pulning  roli  doimo  oshib  boraveradi. 
Birgina  mehnat  taqsimotiga  e’tibor  qaratadigan  bo‘lsak,  kompaniya 


36 
yoki  firma  biror  narsani  ishlab  chiqarish  yoki  xizmat  turini  ko‘rsatish 
uchun  zarur  xom  –  ashyo  va  materiallarni  olish  maqsadida  bir  necha 
xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  bilan  iqtisodiy  aloqalarni  o‘rnatadi, 
ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida ishtirok etayotgan 
xodimlarning  mehnati  uchun  haq  to‘laydi  va  boshqa  qator  ishlarni 
amalga  oshiradi.  Bularning  barchasi  tomonlar  o‘rtasidagi  o‘zaro 
iqtisodiy  hamkorlik  va  manfaatdorlik  asosida  amalga  oshiriladi.  Mana 
shu  iqtisodiy  hamkorlik  va  manfaatdorlikni  amalga  oshirishning 
iqtisodiy mexanizmi sifatida pulning roli alohida ahamiyat kasb etadi.  
Bozor  iqtisodiyotining  asosiy  tamoyillaridan  biri  har  qanday 
faoliyatning asosida iqtisodiy manfaatdorlik yotadi. Ishlab  chiqaruvchi 
korxona,  tashkilot  yoki  firma  yaratayotgan  tovar  yoki  xizmatlarni 
shaxsiy  iste’moli  uchun  emas,  balki  bozorda  sotish  orqali  tegishli 
iqtisodiy foyda ko‘rish ilinjida ishlab chiqaradi. Bu ishlab chiqaruvchi 
va  iste’molchilar  o‘rtasida  tovar  –  pul  munosabatlarini  vujudga 
keltiradi,  ushbu  munosabatda  pul  ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchi 
o‘ratasida ayirboshlash vositasi sifatida muhim rol o‘ynaydi. 
Bu  yerda  ishlab  chiqaruvchi  va  iste’molchi  o‘rtasida  ayirbosh-
lanadigan  tovar  yoki  mahsulotning  bahosi  muhim  rol  o‘ynaydi. 
Ularning  bahosi  bozordagi  talab  va  taklif  asosida  pulda  ifodalanadi. 
Pulning  rolini  amal  qilishida  baho  muhim  iqtisodiy  mexanizm 
hisoblanadi,  tovar  va  xizmatlar  bahosiga  qator  omillar  ta’sir  qiladi. 
Xususan,  tovar  va  xizmatlarning  sifati,  unga  bo‘lgan  talab  darajasi, 
sotib  oluvchining  to‘lov  qobiliyati  va  boshqa  qator  omillar  shular 
jumlasidandir. 
Haqiqatda ham yuqorida qayd etilgan jarayonlarni tashkil etishda 
pulning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, pulning 
tovar  xo‘jaligi  sharoitida  amal  qilishining  samaradorligini  oshishiga 
qator omillar ta’sir qiladi. Xususan ular quyidagilardan iborat:  
1. Iqtisodiyotning barqarorligi va raqobatbardoshligi. Mamlakat 
iqtisodiyotining  barqarorligi  va  raqobatbardoshligi  aholining  iste’mol 
tovarlar  va  xizmatlarga  bo‘lgan  talabini  mahalliy  ishlab  chiqarish 
hisobidan  qondirish  imkoniyatini  beradi.  Bu  bozor  iqtisodiyoti  sha-
roitida  juda  muhim  hisoblanadi.  Birinchidan,  import  hajmini  qisqar-
tirish asosida xorijiy valyutalarni chetga chiqib ketishining oldini oladi. 
Ikkinchidan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan barqaror-
ligini oshiradi.  


37 
2. Markaziy bankning mustaqilligini ta’minlanganligi. Ma’lumki, 
Markaziy  bankning  bosh  maqsadi  milliy  valyutaning  barqarorligini 
ta’minlashga  qaratilgan,  ushbu  maqsadni  samarali  amalga  oshirish 
uchun  Markaziy  bank  hukumat  va  davlat  boshqaruv  organlari  bosi-
midan  holi  bo‘lishi  lozim.  Aks  holda  milliy  valyutaning  barqarorligi 
zaiflashadi va uning xalq xo‘jaligidagi roli pasayadi.  
3. Aholi va mijozlarning bank tizimiga ishonchining mustahkam-
ligi. Mamlakat aholisi va mijozlarning bank tizimiga bo‘lgan ishonchi-
ning yuqoriligi pulning roliga bevosita va bilvosita ta’sir qiladi. Chunki 
aholi  va  mijozlarning  banklarga  nisbatan  ishonchining  yuqoriligi 
ularning  vaqtinchalik  bo‘sh  pul  mablag‘larini  banklarga  muddatli 
omonat sifatida qo‘yishga undaydi. Bu esa pulning jamg‘arma vositasi 
va  to‘lov  vositasi  rolini  oshiradi,  shu  bilan  birga,  birinchidan,  pul 
egalariga qo‘shimcha daromad keltiradi, ikkinchidan, banklarning real 
sektorni  kreditlash  imkoniyatlarini  oshiradi.  Bularning  barchasi  tovar 
xo‘jaligi sharoitida pulning rolini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  
4.  Inflyatsiya  darajasining  tegishli  me’yorlarda  saqlab  turilishi
Milliy  valyutaning  inflyatsiya  darajasi  xalqaro  amaliyotda  qabul 
qilingan me’yorlardan ortib ketishi uning iqtisodiyotdagi roliga salbiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‘lgan sharoitda aholining 
real  daromadlari  pasayadi,  kredit  muassasalarida  uzoq  muddatli 
omonatlar  hajmi  qisqaradi,  korxona  va  tashkilotlar  ishlab  chiqarish 
hisobidan  emas,  balki  o‘zaro  olib  sotish  yo‘li  bilan  daromad  izlash 
payiga  tushib  qoladi.  Natijada  aholining  iste’mol  tovarlarga  bo‘lgan 
talabi mahalliy ishlab chiqarish hisobidan emas, balki import hisobidan 
qondiriladi.  Bularning  barchasi  milliy  valyutaning  iqtisodiyotdagi 
rolini  pasayishiga  olib  keladi.  Eng  muhimi,  tovar-pul  munosabatlari 
mavjud  sharoitda  insonlar  mehnatining  mahsuli  pulda  o‘lchanadi.  Bir 
inson  mehnatini  boshqa  bir  inson  mehnati  natijasiga  taqqoslash 
imkoniyatiga ega bo‘ladi.  
 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish