Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

 
 
19.2. Valyuta tizimining vujudga kelishi va rivojlanish 
 
 
Klassik oltin standarti (1815 – 1914 yy.) 
Jahon  sivilizatsiyasining  asrlar  davomida  rivojlanishi,  dunyodagi 
turli  mamlakatlar  ijtimoiy  –  iqtisodiy  hayot  tarziga  turlicha  ta’sir 
ko‘rsatdi.  Shu  nuqtai  nazardan  XIX  asrni  tom  ma’noda  g‘arb 
sivilizatsiyasining  oltin  asri  yoki  klassik  oltin  standarti  hukmronligi 
asri  deyishimiz  mumkin.  Bu  davrda  muomalada  oltin  bilan  birga 
kumush  ham  to‘lov  vositasini  bajargan,  lekin  mamlakatlar  o‘rtasidagi 
hisob  –  kitoblar  oltinda  amalga  oshirilar  va  jahon  mamlakatlari 
iqtisodiyoti oltin standarti ostida birlashgan edi.  
Mamlakatda  amal  qilgan  milliy  valyutalar  (dollar,  funt,  frank  va 
h.k.)  esa,  faqatgina  belgilangan  oltin  qiymatini  o‘lchov  birligi  bo‘lib 
xizmat qilgan. Masalan, dollarning nomlanishi – 1/20 unsiya og‘irlikka 
teng  bo‘lgan  oltinni  anglatgan,  funt  sterling  nomi  esa  –  oltinning  ј 
unsiya  og‘irligini  anglatgan.  Shundan  kelib  chiqib,  ayirboshlash 
kurslari  davlat  ishtirokisiz  qat’iy  belgilangan  baholarda  amalga 
oshirilgan.  Mamlakat  milliy  valyutalari  o‘lchov  birligiga  bog‘liq 
ravishda bir – biriga doimo mos kelgan. Ya’ni, 1 funt (o‘lchov birligi) 


325 
doimo 16 unsiyaga, xuddi shunday 1 funt sterling (oltin o‘lchov birligi) 
4,86 dollarga teng bo‘lgan.  
Xalqaro  oltin  standarti  insonlarga  juda  katta  imkoniyatlar 
yaratgan  va  butun  jahonda  amal  qiluvchi  universal  pul  vazifasini 
o‘tagan.  AQShning  rivojlangan  va  boy  mamlakat  darajasiga 
yetishining  asosiy sabablaridan  biri  sifatida,  dunyoning  deyarli  barcha 
davlatlarida  dollarning  to‘lov  vositasi  sifatida  amal  qilishi  muhim 
ahamiyat  kasb  etadi.  Buni  iqtisodiyotning  rivojlanishida  mehnat 
taqsimotida, 
xalqaro 
kapital 
oqimida, 
xalqaro 
ishchi 
kuchi 
migratsiyasida va boshqalarda ko‘rishimiz mumkin.  
Shuni  qayd  etish  joizki,  oltinni  erkin  iqtisodiyotda  amal  qilishi, 
barcha tovarlarga erkin ayriboshlanadigan umumiy ekvivalent “maxsus 
tovar” sifatida tan olinishi uchun 100 yillar talab qilindi va davlatning 
bu  jarayonlardagi  o‘rni  unchalik  katta  emas.  Chunki,  oltinni 
muomalaga  chiqishi  davlat  ixtiyori  bilan  emas,  balki  bozor  talabidan 
kelib  chiqib  belgilangan.  Xalqaro  oltin  standartining  amal  qilishi 
mamlakatda  sun’iy  inflyatsiyani  yuzaga  kelishiga  yo‘l  qo‘ymasligi 
bilan birga, mamlakat to‘lov balansining muvozanatini ta’minlagan. 
Mamlakatda  pul  taklifini  ortishi  mahalliy  tovar  va  xizmatlar 
bahosining  ortishiga  olib  keladi.  O‘z  navbatida  aholining  nominal 
daromadlari  ortadi,  bu  esa  importning  o‘sishiga  ta’sir  ko‘rsatadi. 
Chunki, import tovarlar bahosi mahalliy tovarlarga nisbatan ancha past 
bo‘ladi.  Natijada  mamlakatda  eksportning  hajmi  importga  nisbatan 
qisqaradi.  O‘z  navbatida  mamlakat  tashqi  savdo  balansida  taqchillikni 
keltirib  chiqaradi.  Bu  esa  mamlakat  oltin  valyuta  zaxiralarini 
kamayishiga olib keladi. Shu o‘rinda aytish joizki, bank depozitlarining 
sun’iy  ravishda  oshishi  va  bank  tomonidan  beriladigan  kreditlar 
hajmining  ortishi  ham  oltin  –  valyuta  zaxiralarini  kamayishiga  olib 
keladi.  Chunki,  bu  holda  ham  importerlar  yoki  bank  mijozlari 
depozitlarni oltin miqdorida qaytarishni talab qiladilar. Shuning uchun 
mamlakatda  pul  taklifini  kamaytirish  va  uning  tegishli  me’yorini 
saqlash  lozim  bo‘ladi.  Pul  taklifining  pasayishi  tovarlar  narxini 
tushishiga  olib  keladi  va  shu  tariqa  bozorda  narxlar  muvozanati 
ta’minlanadi.  Bu  esa  eksport  hajmini  oshirish  ehtiyojini  tug‘diradi  va 
mamlakatga oltin oqimining ortishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu holat 
o‘zaro  savdo  –  iqtisodiy  munosabatda  bo‘lgan  barcha  davlatlarda 
narxlar muvozanati ta’minlangunga qadar davom etadi.  


326 
O‘z davrida davlatning oltin standarti pul tizimini mustaqil amal 
qilishiga  aralashuvi,  uning  samaradorligiga  salbiy  ta’sir  qilgan  va 
ushbu  pul  tizimining  mukammalligidan  qat’iy  nazar  inflyatsiya, 
retsessiya  natijasida  iqtisodiy  siklning  izidan  chiqish  holatlari  yuz 
bergan. Oltin tangalarni zarb etish ustidan davlat nazoratini o‘rnatilishi, 
qonuniy  to‘lov  vositalarining  davlat  tomonidan  belgilab  qo‘yilganligi, 
qog‘oz  pullarni  joriy  etilishi  va  inflyatsiyani  rag‘batlantirilishi  kabi 
yo‘nalishlar  orqali  davlat  erkin  pul  bozorini  boshqarishga  harakat 
qilgan.  Davlatning  pul  muomalasiga  ta’sir  etish  choralarini  joriy 
etilishiga qaramay, ushbu sohadagi o‘zgarishlar asosan bozor talabidan 
kelib chiqib amalga oshirilgan.  

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish