Haddan ortiq kredit ekspansiyasi. Mazkur omil natijasida kredit
portfeli sifati yomonlashadi, kreditlar ta’minoti bo‘yicha ortiqcha
qiymat yuzaga keladi va kredit riski ortadi. Kredit portfeli tarkibida
kreditlar miqdorining ortishi natijasida ularning monitoringini yuritish
bilan bog‘liq qiyinchiliklar yuzaga keladi. Bunga misol sifatida,
Yaponiya, 80-yillardagi Lotin Amerika va 90-yillardagi Janubiy-
Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuzaga kelgan bank inqirozlarini
keltirishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |