Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar


Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari



Download 3,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/292
Sana17.09.2021
Hajmi3,76 Mb.
#177106
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   292
Bog'liq
2 5370612658095525129

7.3. Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari 
 
Iqtisodiyotda  inflyatsiyaning  vujudga  kelishi  mamlakatning 
barcha jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib 
chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va  mutaxassislarning fikricha,  mamlakat-
da  sudraluvchan  inflyatsiya  iqtisodiyot  rivojiga  kuchli  salbiy  ta’sir 
ko‘rsatmaydi.  Odatda  iqtisodiyotda  inflyatsiya  darajasi  yillik  12  –  14 
foizdan  ortgandan  so‘ng  uning  salbiy  ta’siri  seziladi.  Inflyatsiyaning 
salbiy  ijtimoiy  –  iqtisodiy  oqibatlari  sifatida  quyidagilarni  ta’kidlash 
maqsadga muvofiq. 
1.  Aholi  va  korxonalarning  nominal  daromadlari  hajmi  ortib 
borsada  real  daromadlari  pasayadi.  Natijada  aholining  turmush 


142 
darajasi  pasayadi,  ularning  yillik  olayotgan  daromadlarining  real 
qiymati  pasayib  boradi.  Korxonalarda  xom-ashyo  va  ishlab  chiqarish 
xarajatlari  ortib  boradi,  buning  natijasida  ularning  moliyaviy  holati 
yomonlashadi. 
2.  Mamlakatning  boylik  va  daromadlari  bir  guruh  kishilar 
o‘rtasida  qayta  taqsimlanadi.  Kreditorlar  bu  borada  yutadilar, 
debitorlar  esa  yutqazadilar.  Dj.Millning  fikriga  ko‘ra  “Barcha 
tovarlarning  bahosi  surunkali  o‘sib  borishi,  boshqacha  so‘z  bilan 
aytganda  pulning  sotib  olish  qiymatining  tushib  ketishi,  kimgadir 
iqtisodiy  jihatdan  keltiradigan  foydasi  qo‘shimcha  ishlab  chiqarish 
hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi”
41

3.  Pulning  moddiy  boylikka  almashtirish  jarayoni  tezlashadi. 
Aholi  o‘z  ixtiyoridagi  pullarga  tovar,  ko‘chmas  mulk,  qimmatbaho 
buyumlarni,  shuningdek,  barqaror  xorijiy  valyutalarni  sotib  olishga 
bo‘lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi. 
4.  Uzoq  muddatli  investitsiyalarga  yo‘naltiriladigan  mablag‘lar 
kamayib  boradi  va  oxir  oqibat  to‘xtaydi.  Chunki,  investitsiyalar  hiso-
bidan  kelgusida  olinadigan  daromadlar  o‘z  qadrini  yo‘qotgan  pullarda 
olinadi. 
5.  Aholining  barcha  shakldagi  pul  jamg‘armalarining  (omonat, 
naqd pul, obligatsiya, qimmatli qog‘ozlar va boshqalar) qiymati tushib 
ketadi.  Shuningdek,  korxonalarning  jamg‘armalari,  asosan  amortizat-
sion  fondlarining  qiymati  inflyatsiya  ta’sirida  tushib  ketadi  va  asosiy 
vositalarni  yangilash  hamda  rekonstruksiya  qilishga  imkoniyat 
qolmaydi. 
6. Omonatlar bo‘yicha foizlar miqdorining tushib ketishi. Foizlar 
nominal ko‘rinishda o‘sishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. 
Natijada  aholining  banklardagi  omonatlarining  hajmi  pasayib, 
mablag‘larning bankdan tashqari oborotining hajmi ortib boradi.  
7. 
Mikroiqtisodiy 
darajada 
ishlab 
chiqarishga 
bo‘lgan 
manfaatdorlik  yo‘qoladi,  buning  natijasida  korxonada  yangi  ilmiy 
texnikani  joriy  etish  darajasi  tushib  ketadi.  Ishchilarning  mehnatini 
rag‘batlantirish pasayadi. 
8.  Milliy  daromadni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlash  jarayonlari 
markazlashadi.  Milliy  valyutaning  qadrini  pasayishi  natijasida 
muomalada  xorijiy  valyutalarning  ishtiroki  ortib  boradi.  Mamlakat 
iqtisodiyotini boshqarishda qiyinchiliklar vujudga keladi. 
                                           
41
 Милль Дж. С. Основы политической экономики. М.: Прогресс, 1992. Т.2. С. 309. 


143 
9.  Iqtisodiy  ma’lumotlarning  haqqoniyligi,  ishonchliligi,  barqa-
rorligiga  shubha  tug‘iladi.  Natijada  aholining  davlat  tomonidan  olib 
borayotgan  makroiqtisodiy  siyosati  va  pul  –  kredit  tizimiga  ishonchi 
pasayadi. 
 
 

Download 3,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish