Toshkent moliya instituti a. A. Omonov, T. M. Qoraliev pul va banklar



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet285/315
Sana11.01.2022
Hajmi3,47 Mb.
#346118
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   315
Bog'liq
PUL VA BANKLAR Darslik

20.2. Xalqaro valyuta jamg‘armasi 
 
Xalqaro  valyuta  jamg‘armasi  (XVJ)  jamg‘armaga  a’zo  mamla-
katlarning  valyuta  –  kredit  munosabatlarini  tartibga  solish  va  ularning 
to‘lov balansi defitsitini qoplash uchun xorijiy valyutada qisqa, o‘rta va 
uzoq muddatga kredit berish bilan shug‘ullanadi.  


360 
Jamg‘arma  BMTning  rasmiy  ixtisoslashgan  muassasasi  statusiga 
ega.  U  dunyo  valyutasining  institutsional  asosi  sifatida  faoliyat 
yuritadi.  XVJ  BMTning  1944  yil  1  –  22  iyulda  AQShning  Bretton  – 
Vudse  shahrida  o‘tkazilgan  xalqaro  valyuta  –  moliya  munosabatlariga 
bag‘ishlangan konferensiyasida ta’sis etilgan.  
Konferentsiya XVJning Kelishuv moddalarini qabul qildi. Ushbu 
hujjat  1945  yil  27  dekabrdan  kuchga  kirdi.  Jamg‘arma  o‘z  faoliyatini 
39  a’zo  –  mamlakat  bilan  1946  yil  mayda  boshladi,  valyuta 
opertsiyalari  faoliyati  bo‘yicha  operatsiyalari  1947  yil  1  martdan 
kuchga kirdi.  Sobiq  ittifoq  Bretton  –  Vudse konferentsiyasida  ishtirok 
etdi, biroq Janub va G‘arb o‘rtasidagi “sovuq urush” tufayli jamg‘arma 
kelishuvlarini ratifikatsiya qilmadi.  
XVJga  a’zo  mamlakatlar  soni  2004  yilda  184  taga  yetdi.  Jam-
g‘armaning  bosh  ofisi  Vashingtonda  joylashgan,  shu  bilan  birga 
Bryussel, Parij, Jeneva va Tokioda ofislari, Nyu Yorkda BMT huzurida 
vakolatxonasi mavjud.  
XVJning asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:  

 
valyuta  –  moliya  doirasida  xalqaro  hamkorlikni  rag‘bat-
lantirish;  

 
a’zo  –  mamlakatlarda  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish,  band-
lilikning  yuqori  darajasini  ta’minlash  va  aholining  real  daromadini 
oshirish  maqsadida  “xalqaro  savdoni  kengaytirish  va  uning 
muvozanatliligini ta’minlashga yordam berish”;  

 
“valyutaning  barqarorligini  ta’minlash,  a’zo  –  mamlakatlar 
o‘rtasida valyuta munosabatlari bilan bog‘liq masalalarni hal etish” va 
raqobatbardosh  muhitni  ta’minlash  maqsadida  milliy  valyutaning 
barqarorligini tushib ketishining oldini olish;  

 
a’zo – mamlakatlar to‘lov balansidagi salbiy qoldiqni bartaraf 
etish maqsadida kreditlar berish;  

 
a’zo –  mamlaktlar o‘rtasida hisob – kitoblarni tashkil etishga 
yordam berish, shuningdek valyuta cheklovlariga barham berish. 
XVJning  maxsus  hisob  –  kitob  valyutasi  hisoblangan  SDR 
(специальных прав заимствование-maxsus ayirboshlash huquqi)ning 
rasmiy kursi SDR savatchasiga kirtilgan valyutalar asosida aniqlanadi. 
Quyida  XVJning  SDR  savatchasiga  kiritilgan  valyutalar  va  ularning 
ulushi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.  
Jadvaldan SDR savatchasida asosiy ulush AQSh dollari hissasiga 
to‘g‘ri  kelganligini  kuzatish  mumkin,  keyingi  o‘rinlarda  Yevropa 


361 
ittifoqiga  a’zo  mamlakatlarda  amal  qiladigan  yevro  pul  birligi  egallab 
turibdi.  
XVJda  ovozlar  “tortilgan”  tamoyilga  amal  qilib,  a’zo  – 
mamlakatlar  ularning  jamg‘armadagi  a’zolik  badali  miqdoridan  qa’tiy 
nazar 250 “asosiy” ovozga ega bo‘lib, har bir qo‘shimcha ovoz uchun 
100 ming SDR badal to‘lanishi lozim. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish