Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Tayanch tushuncha va iboralar



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/427
Sana29.12.2021
Hajmi3,63 Mb.
#79778
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   427
Bog'liq
kasbiy ta'lim metodikasi

Tayanch tushuncha va iboralar:  didaktik  tizimi,  nazariy 
bilim,    )  ishlab  chiqarish  ta`limi,    predmet  (buyum)  tizimi, 
operatsiya ,  motor-mashq tizimi ,  konstrukcion-texnologik tizim   


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
26
 
Operatsiya  tizimi  bo`yicha  o`qitishda  o`quvchilar  o`zlari  egallaydigan 
kasbning  mazmunini  tashkil  qiluvchi  mehnat  operatsiyalarini  o`rganishgan.  Shu 
sababli ular har qanday buyumni tayyorlash bir xil operatsiyalardan iborat, bundan 
faqat operatsiyalarning bajarilish tartibi va ishlov berishning aniqligiga qo`yiladigan 
talablar  bir-biridan  farq  qiladi,  degan  tushunchaga  ega  bo`lishgan.  Shunday  qilib, 
operatsiya  tizimi  o`quvchilarni  buyum  tayyorlashga  bog`lab  qo`ymay,  kasb 
doirasidagi  umumiy  bilim,  amaliy  ko`nikma  va  malaka  bilan  qurollantirgan. 
Ta`limning  buyum  tizimiga  nisbatan  operatsiya  tizimining  afzalligi  ana  shudir. 
Operatsiya tizimi yordamida ishlab chiqarish texnologiyasini tushunish uchun shart-
sharoitlar  yaratadi,  ta`limni  yangi  izchil  (oddiy  operatsiyalardan  murakkab 
operatsiyalarga)  tashkil  qilish  imkonini  beradi,  mehnat  ko`nikmalarini  va 
malakalarini shakllantirishda, asosiy operatsiyalarni o`zlashtirib olishga ijobiy ta`sir 
ko`rsatadi.  Operatsiya  tizimining  kamchiligi  shundan  iboratki,  operatsiyalar 
umuman  o`quv  buyumlari  tayyorlash  jarayonida  o`zlashtiriladi,  ya`ni  o`quvchilar 
mehnati  unumli  mehnat  xarakterida  bo`lmaydi.  Natijada  ularning  ishga  qiziqishi 
susayadi.  Opreatsiya  tizimi  operatsiyalarni  bajarish  bilan  buyumlar  tayyorlashni 
uzib qo`yadi. 
Operatsiya-predmet tizimi –  XIX  asrning  90-yillarida  S.A.Vladimirskiy 
tomonidan  taklif  etilgan.  Bu  tizim  o`quvchilar  tomonidan  mehnat  opreatsiyalarini 
o`ylab,  tanlangan  buyumlarni  tayyorlash  jarayonida  o`rganishni  ko`zda  tutadi. 
Buyumlar tanlashda katta e`tibor beriladi, birinchi buyumni tayyorlashda eng yengil 
3-4  operatsiyalar,  boshqalarni  tayyorlashda  esa  murakkabroq  operatsiyalar 
o`zlashtiriladi.  Operatsiya-predmet  tizimning  yutug`i  o`quvchi  o`z  mehnati 
natijasini ko`radi, operatsiyalarni o`zi tanlaydi. Kamchiligi: mashg`ulotning birinchi 
darsidanoq  o`z  ichiga  bir  necha  operatsiyalar  olgan  buyumlar  tayyorlash 
o`quvchilarda bu operatsiyalarning mazmuni haqida to`g`ri tasavvur bo`lmasligiga 
olib kelardi. Shuning uchun ham tizim keng tarqalmoqda. 
Motor-mashq tizimi (CIT tizimi) –  Ushbu  tizimning  kamchiligi  motor  mashq 
tizimi  bo`yicha  o`qitish  o`quvchilar  ko`nikma  va  malakalarni  ongli  o`zlashtirishni 
nazarda  tutmasdi.  Ko`nikmalarni  shakllantirish  maxsus  apparatlar  va  haqiqiy 
mehnat  jarayonini  eslatadigan  mashqlarni  qo`llash  bilan  amalga  oshirilardi.  Ko`p 
marta  takrorlash  natijasida  mushaklarni,  ma`lum  harakatlarni,  ongning  ishtirokisiz 
ham  bajarishga  “o`rgatish”  mumkin,  deb  faraz  qilingan.  Ta`limda  bunday 
yondoshish ma`qullanmadi va tez uni rad qilindi. Motor-mashq tizimining yutug`i 
shundaki,  unda  mehnat  o`quv  va  malakalarini  shakllantirishning  didaktik  jihatdan 
asoslangan,  psixofiziologik  qonuniyatlarga  mos  keladigan  ketma-ketligi:  mehnat 
usuli  –  mehnat  operatsiyasi  –  mehnat  jarayoni  birinchi  marta  ishlab  chiqilgan  va 
qo`llanilgan. 
Bu tizimda o`quvchilarga kasb ta`limi berish besh davrga bo`linadi: 


KASBIY TA’LIM METODIKASI 
 
27
 
1.  Asosiy  mehnat  faoliyati  va  harakatlarini  o`zlashtirish  bo`yicha  mashq 
mashg`ulotlari. 
2. Mehnat usullarini o`zlashtirish bo`yicha mashqlar. 
3. Mehnat operatsiyalarini bajarishga doir o`rganish mashqlari. 
4.  O`quvchilarni  maxsus  tanlangan  buyumlar  ustida  ilgari  o`zlashtirilgan 
mehnat operatsiyalarini operatsiyalar kompleksiga birlashtirishga o`rganish. 
5. Mustaqil davr, bunda o`quvchilar ayni kasbga doir xarakterli bo`lgan 
buyumlarni tayyorlaydi. 
Operatsiya-buyum  motor-mashq  tizimlarining  kamchiliklari  va  yutuqlari 
o`rganilib, operatsion kompleks tizimi yuzaga keldi. Bu tizimga asosan 
o`quvchi  avval  2-3  ta  ketma-ket  operatsiyalarni  o`zlashtiradi,  so`ng  shu 
operatsiyani  ichiga  olgan  kompleks  ishlarni  bajaradi.  Mehnat  operatsiyalarini 
o`zlashtirish va ularni kompleks ishlarda qo`llash ta`limning 1-bosqichidagi asosiy 
vazifadir.  Ikkinchi  bosqichda  o`quvchilar  ishlab  chiqarishdagi  unumli  mehnatga 
qo`shiladilar.  Masalan,  kiyim  tikishda  qo`llaniladigan  barcha  turdagi  yengni, 
yoqani, mayda qismlarini tikishni o`rgatib bo`lingandan so`ng uni kiyimda qo`llash 
bajariladi.  Kamchiligi:  o`quvchi  o`zi  ishining  natijasini  juda  uzoq  vaqtdan  so`ng 
ko`radi.  Natijada  qiziqish  susayadi.  Hozirgi  vaqtda  o`quv  ustaxonalarida  amaliy 
ishni  bajarish  jarayonida  operatsiya-buyum  tizimidan  foydalaniladi,  chunki 
operatsiyani alohida o`rganish rejalashtirilgan va dasturda ko`rsatilgan buyum xilini 
mahalliy sharoitga qarab o`zgartirish mumkin. 

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   427




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish