So‘z birikmasi sintaksisi
So‘z birikmasi ham
gap
,
so‘z
,
qo‘shimcha
va
tovush
kabi til birligi hisoblanadi.
Ikki va undan ortiq mustaqil so‘z
grammatik
va
ma’no
jihatdan birikib so‘z birikmasini hosil
qiladi. So‘z birikmasi hokim so‘z va tobe so‘zdan tuziladi.
Maktub yozmoq, qizil olma
birikmalarida
maktub, qizil
so‘zlari tobe,
yozmoq, olma
so‘zlari hokim so‘z hisoblanadi. Tobe
so‘z hokim so‘zni aniqlab, to‘ldirib, izohlab keladi. Turli turkum so‘zlari hokim so‘z vazifasida
kela oladi.
Kelishik va egalik qo‘shimchalari hamda ko‘makchilar so‘z birikmasi tarkibida so‘zlarni
bir-biriga bog‘lashga xizmat qiladi. Masalan:
choynakdan kattaroq, o‘quvchining sovg‘alari,
qalam bilan chizmoq, kitobning muqovasi, g‘oliblik uchun kurashish.
So‘z birikmasida tobe so‘zning hokim so‘zga birikishiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi: 1.
Bitishuv; 2. Boshqaruv; 3. Moslashuv.
Do'stlaringiz bilan baham: |