Bog'liq mikrobiologiya virusologiya va immunologiya
Taksonomiyasi: Retroviruslar oilasi terminini fanga 1973 yili V.Parks kiritgan bulib, virus
tarkibida kaytar transkriptaza (rivertaza fermenti borligi uchun shunday atalgan («retro»- kaytar).
Bu oila vakillari uchta kichik oilachalari bulingan – (onkovirus), (spumaviruslar), (lentoviruslar).
Ulardan birinchi sut emizuvchilar, kushlar, sudralib yuruvchilar va boshkalarda xujayra
tuzilishining uzgarishlariga olib keladi.
Spumaviruslar xayvonlarda autoimmun xolatlarini keltirib chikaradi. Bunda immun tizim
xujayralari uz organizmining normal xujayralarini tan olmay kuyadi va ularni emiradi.
Lentiviruslarga esa kuylarning neyro va pnevmotron viruslari, otlarning yukumli kam konlik
kasalligi va maymunlarning immuntankislik viruslari kiradi. Kupincha bu viruslar ot, kuy va
echkilar nerv sistemalarini zararlaydi; kasallik asosan yashirin davrining uzok davom etishi va
zararlangan xayvonlarning 100% ulim bilan tugaydi. Odam immuntankislik virusi I va II lari xam
shu oilaga kiradi. Bu infeksiyalar asta sekin rivojlanuvchi infeksiyalar xam deyiladi (lotincha
«lentus» asta-sekin), chunki yashirin davr davomi bulib kasallik surunkali kechadi.
Tuzilishi: Etuk OIV ning diametri urtacha 100-120 nm ni tashkil etadi. Virus genomi ikkita
bir ipli bir-biriga uxshash RNK molekulasidan iborat. Unda kuyidagi genlar tafovut kilinadi:
nukleokapsid oksillarini (r 17, r 24, r 7 / r 9) sintezlovchi;
kayta transkriptaza oksillarini (r 66 / r 51) va endonukleaani (r 34) sintezlovchi;
virion kobigi glikoproteidlarini sintezlovchi;
matritsa RNK sintezi kuchaytirib turuvchi aktivlovchi omilni (r 13) sintezlovchi;
Bulardan tashkari yana OIV genomi boshka yana uchta genga xam ega:
xar xil matritsa RNK sintezini kuchaytiradi;
va 3 – sintez kiluvchi oksillari (r 23 va r 27);
ular virusning sitopatogen ta’sirini kuchaytiruvchi aktivotarlardir. Virion nukleokapsidi
molekulalar ogirligi 24 kilodalton (r 24), 18 kilodalton (r 18), 13 kilodalton (r 13) bulgan 3 ta oksil
tutadi. Ular geni faoliyati maxsulotlari bulib xisoblanadi. Nukleokapsidning asosiy oksili r 24
retroviruslar oilasining boshka vakillarining oksillari bilan umumiy antigen determinantlariga ega
emasligi bilan fark kiladi.
Gening asosiy vazifasi molekulalar ogirligi 160 kilodalton bulgan oksilni kodlashdan
iboratdir. U uz navbatida kobik glikoprotendin (120) va kobikka yopishib turuvchi oksildan (41)
iborat.
OITS virusi markazida genomdan tashkari tashki kobig ostida joylashgan r 18 va virus RNK
si va kayta transkriptazasini urab turuvchi oksillar xam joylashgan. Virionning tashki kobigi 41
oksilldan iborat bulib, ikki kavatli membranadan tashkil topgan.