38
O‗simlik qoplamida ancha va nisbatan tekis tekis tarqalgan o‗simliklar uchun
odatda 15-20 ta maydoncha, kamroq, va notekis tarqalganida 30-50 ta maydoncha
joylashtirish etarli bo‗ladi.
Xosildorlikni 15% aniklikda namunaviy nushalar usulida aniqlash uchun nushalar
soni va ularning xom ashyo fitomassasi miqdorini 10% aniqlikda baxolash zarur. Agar
nushalar soni kam bo‗lsa (1 m da o‗rtacha soni 1 nushadan kamga to‗g‗ri kelsa), ularni
marshrut yullarida sanash qulayrok. Bunda o‗simlik o‗sadigan maydon sathini
aniqlashda qo‗llangan marshrut yullaridan foydalanish mumkin, birok ularni o‗simlik
o‗sadigan maydon kattaligi va uning zichligiga karab 20-30 yoki 100 qadamli
bo‗laklarga bo‗lib chiqish zarur (o‗simlik o‗sadigan maydon qanchalik katta va undagi
tur qanchalik kam uchrasa, yo‗l bo‗laklari shunchalik katta olinishi zarur).
Tovar nushalar (novdalar) soni marshrut yo‗nalishi bo‗ylab eni 1 yoki- 2 m
yo‗lakda sanaladi. Ishonchli o‗rtacha kattaliklarni olish uchun 25-40 ta marshrut
yo‗nalishdagi yo‗laklarda hisoblash olib borish kerak.
Namunaviy nushalarning xom ashyo massasini aniqlash uchun hisoblash
maydonchalarida yoki marshrut yo‗nalishi bo‗yicha barcha tovar nushalaridan sub‘ektiv
"o‗ziga xos" joylarni tanlamasdan olib boriladi. Marshrut yo‗nalishi bo‗ylab uchragan
xar ikkinchi, beshinchi yoki uchinchi nushani tanlab, bir tizimga solib ishlash
ob‘ektivroq natija beradi.
Namunaviy nushalar soni ularning tarqalganligiga bogliq. Er ostki organlar yoki
gul to‗plamlarining og‗irligini aniqlashda aksariyat xollarda 40-60 ta namunaviy
nushalar etarli bo‗ladi. Er ustki organlar og‗irligi buyicha keskin farq qilishi mumkin va
uning uchun nushalar (novdalar) soni 100 va undan yuqori bo‗lishi mumkin. Agar
nushalar turli darajada rivojlangan bo‗lsa, ularni 2-3 guruhga maxsus belgilari buyicha,
masalan 1-3 novdali (bargli) yoki ko‗p novdali (bargli) yoki vegetativ nushalarga bo‗lib
olish mumkin. Bu holda xar bir guruhda va umumiy zarur nushalar soni ko‗prok bo‗ladi.
Albatta, guruhlarga bo‗lib o‗rganilganda, har bir guruhga mansub nushalar sinfi
alohida
hisoblanadi. Bunda zarur bo‗lgan namunaviy nushalar sonini hisoblash maydonlarni
sonini aniqlashda ko‗llaniladigan formula yordamida aniqlanadi.
Har bir namunaviy nushaning xom ashyo organini topib olinadi va ularning
o‗rtacha qiymati (M+m) hisoblab topiladi. Barcha nushalarni birga tortib, undan o‗rtacha
umumiy og‗irlikni nushalar soniga bo‗lib hisoblash to‗g‗ri kelmaydi, chunki bunday
usulda olingan natijalarni statistik qayta ishlash mumkin bo‗lmay qoladi. Meva yoki
gullarning zahirasini aniqlayotgan xollardagina bitta nushaning o‗rtacha og‗irligini 100
ta nushani 10 marotaba tortish natijasida baholash mumkin. Biroq, bu usul juda xam aniq
emas.
Bitta namunaviy nushaning xom ashyo mevasi (og‗irligi)ni
Do'stlaringiz bilan baham: