1961 yil - Giyohvand vositalar haqidagi xalqaro konvensiya;
1971 yil – psixotrop moddalar haqidagi xalqaro konvensiya;
1988 yil - Giyohvand vositalar va psixotrop moddalarni noqonuniy ayirboshlashga qarshi kurash haqidagi BMT konvensiyasilariga;
1995 yilda qo‘shildi. Ayni paytda dunyoning 20 dan ortiq davlati bilan giyohvand moddalarni tarqatishga qarshi kurash masalalarida hamkorlik bo‘yicha idoralar va hukumatlararo bitimlar imzolangan. Jumladan, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belorussiya, Moldava, Gruziya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston bilan ikki tomonlama hamda AQSH, Turkiya, Pokiston bilan hukumatlararo bitimlar tuzilgan.
1999 yilning 19 avgustida "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi. Prezidentimizning 2000 yil 14 iyuldagi "Respublikada giyohvandlik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi. Vazirlar Mahkamasi huzurida Giyohvand moddalarni nazorat qilish axborot-tahlil milliy markazi tuzildi.
Giyohvand moddalarni ishlab chiqarish, sotish va ularni iste’mol qilish tobora keng tus olmoqdaki, biz bu ijtimoiy illatga qarshi kurashni yanada kuchaytirmog‘imiz kerak. Avvalo, ushbu jinoiy biznes katta boylik orttirish imkonini beradi. SHu bois uning ishtirokchilarini xalqaro huquq me’yorlari va milliy qonunchilik majmui bilan tartibga solish oson kechmaydi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimizda 1999-2000 yillarda giyohvand moddalarni tayyorlash, sotish, saqlash, olib yurish bilan bog‘liq jinoyatlar 17,9 foizga o‘sgan bo‘lsa, 2003 yilga kelib bu jinoyatlar 9,4 foizga kamaygan. Bugungi kunda ko‘rsatkichlar kamaygani bilan shunga aloqador jinoyatlar ortib bormoqda.
Alohida ta’kidlash joizki, mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib giyohvand moddalar ishlab chiqarish, sotish va jinoiy ishlarga qarshi kurashish yuzasidan milliy qonunchilik majmui ishlab chiqilgan.
Jinoyat kodeksining XIX bobi, aniqroq qilib aytganda, 270, 271, 273, 274, 275, 276-moddalari bevosita giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishdan iborat jinoyatlar majmuiga bag‘ishlangan. Jumladan, JKPning 270-moddasida ta’qiqlangan ekinlarni etishtirish 271-moddasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash; 273-moddasida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish; shu kabi yana qator moddalarda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jazolar ko‘zda tutilgan.
Bu turdagi jinoyatlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, illat domiga ko‘proq voyaga etmaganlar tushayotgani ko‘rinadi. Oqibatda ular tomonidan kuchli ta’sir etuvchi va zaharli moddalarni tayyorlash, sotish hollari bilan birga talonchilik, o‘g‘irlik, nomusga tegish kabi jinoyatlarga qo‘l urilmoqda.
YUqoridagi holatlar esa illatga qarshi barcha ta’sir choralar bilan kurashishni taqazo etadi. Bu kurashda esa faqatgina huquqni muhofaza qilish organlarining faoliyati etarli emas. Undan keng jamoatchilik, barcha sog‘lom fikrli kishilar chetda turmasligi bu borada samarali natijalarga erishilishini ta’minlaydi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING “GIYOHVANDLIK VOSITALARI VA PSIXOTROP MODDALAR TO‘G‘RISIDA” QONUNI
1999 yilning 19 avgustida "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida"gi N 813-I qonuni qabul qilindi. Bu qonunni qabul qilishda mamlakatimiz Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) ning quyidagi uchta konvensiyalari asosida mutanosib ravishda tuzilgan bo‘lib, bular: Giyohvanlik vositalari to‘g‘risidagi umumiy konvensiya(1961 y.), Psixotrop moddlar to‘g‘risidagi umumiy konvensiya(1971 y.) va Giyohvanlik vositalari va psixotorop moddalarning noqonuniy muomalada bo‘lishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiya(1988 y.)lari.
O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida” qonuni 6 ta bo‘lim va 46 moddadan tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |