Тошкент фармацевтика институти



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/264
Sana01.01.2022
Hajmi2,14 Mb.
#283099
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   264
Bog'liq
btyo

Kuygan soxani aniqlash. 
Kuygan  odamga  to„g„ri  tibbiy  yordam  ko„rsatish  uchun  kuygan  soxani  aniqlash 
lozim.  
1. 
Kaft bilan o„lchash-katta yoshli odamda kaftning ichki yuzasi butun badan 
yuzasining 1-2 % ini tashkil etadi. Kuygan soxaga serillangan salfetka yopib o„lchanadi 
va shu son 1 yoki 1, 2 ga ko„paytiriladi. 
2. 
To„qqizlar qoidasiga muvofiq o„lchash- bosh, bo„yin yuzasi jami badanning 
9 % ini, bir qo„l yuzasi 9 % ni, tana 36 % ni, har bir oyoq yuzasi 18 % ni, oraliq va jinsiy 
a‟zolar  1  %  ni  tashkil  etadi.  SHu  raqamlardan  foydalanib  kuygan  yuzani  taxminan 
aniqlash mumkin. 
BTYO.  Agar  bemor  olov  ta‟sirida  kuygan  bo„lsa,  birinchi  navbatda  extiyotkorlik 
bilan  uning  kiyimini  echish  kerak.  badanga  yopishib  qolgan  kiyimlar  qaychi  bilan 
extiyot  bo„lib  qiyiladi.  Odatda  kuygan  soxaga  quruq  aseptik  paxta-doka  bog„lam 
quyishdan  iborat  bo„ladi.  SHu  maqsadda  maxsus  kuyishga  qarshi  bog„lamlardan 
foydalangan ma‟qul. Oyoq-qo„lning  ko„p joyi kuyganda transport shinasi quyish shart. 
Badan satxining ko„p joyi  kuyganda bemor serillangan choyshabga o„raladi. Agar  seril 
material  topilmasa  toza  gazmoldan  foydalanish  mumkin.  Kuygan  yuzaga    malxamlar, 
glitserin,  bo„yoq  eritmalari  surtish  man  etiladi,  chunki  bu  yarani  yuvish  va  uning 
chuqurligini aniqlashni qiyinlashtiradi.  
Kuygan  joyning  o„zida  ko„riladigan  chor-tadbirlar:  shikatslovchi  omilni  ta‟sirini 
to„xtatish, tana va kuygan joyni  sovutish, og„riqni kamaytirish, ximoyalovchi bog„lam 
quyish,  ishqoriy  ichimliklar  ichirishdan  iborat.  Kasalxonaga  jo„natish  oldidan    esa 
analgetiklar,  neyroleptiklar,  gitsaminga  qarshi  vositalar  yuboriladi.  Og„riqni    qoldirish 


 
56 
uchun  narkotik  analgetiklar-promedol,  omnopon,  morfin;  gitsaminga  qarshi  vositalar 
sifatida dimedrol, tavegil, supratsin va  b. ishlatilishi mumkin. SHifoxonada  anetseziya 
qilinadi,  kardiotonik  vositalar  yuboriladi,  plazma  o„rnini  bosuvchi  va  elektrolitlar 
eritmalari  (poliglyukin,  jelatinol,  polifer,  reopoliglyukin,  «Disol»,  «Trisol»)  tomchilab 
venaga yuboriladi. Sovuq olgan kishiga qoqsholga qarshi zardob yuboriladi. 
Maxalliy  davolash-yopiq  yoki  ochiq  usulda  bo„lishi  mumkin.  Bog„lamlar  quyish 
iloji  bo„lmaganda,  ya‟ni  yuz,  oraliq.  jinsiy  a‟zolar  soxasi  kuyganda  ishlatiladi.  Bunda 
kuygan joy  kuniga 3-4  marta antiseptiklar  va antibiotiklar  bilan  qayta ishlanadi. Kaliy 
permanganat  1:5000  eritmasi  bilan  3-4  marta  yuvish  mumkin.  Xozirgi  vaqtda    ayrim 
kasalxonalarda  kuyganlarni  ochiq  davolash  uchun  abakterial  germetik  palatalar  tashkil 
etilgan.  
YOpiq  usulda  bog„lamlardan  foydalaniladi.  2-darajali  kuyishda  yarani  birlamchi 
yuvgandan  so„ng  bakteritsid  va  og„riqsizlantiruvchi  ta‟sirga  ega  malxamlar  (5-10  % 
sintomitsin;  0,  5  %  furatsilin,  10  %  anetsezin)  surib  bog„lab  quyiladi.  Yiringlash 
kuzatilmasa bog„lam bir necha kundan so„ng almashtiriladi.  
3 A darajali kuyishda yiringli-demarkatsion yallig„lanish rivojlanadi, shuning uchun 
quruq putsloq xosil bo„lishiga yordam berish kerak. Buning uchun antiseptiklar (0, 02 % 
furatsilin, 3 % bor kislota; 0, 5 % kumush nitrat) ishlatilishi mumkin. Malxamlar tavsiya 
etilmaydi.    Epiteliy  yangi  xosil  bo„la  boshlagach  Vishnevskiy  malxami  ishlatilishi 
mumkin. Bog„lamlarni almashtirishda 1-3 % vodorod peroksidga namlangan salfetkalar 
bilan yara yuviladi. 
3  B  darajadagi  kuyishda    kuygan  soxa  platsik  jarroxlik  amaliyoti  uchun 
tayyorlanadi.  CHuqur  kuyishlarni  3    bosqichda  jarroxlik  usuli  bilan  davolanadi:  1) 
nekrotomiya-nekroz soxasini kesish, 2) nekroektomiya-nekroz soxasini olib tashlash, 3) 
teri platsikasi. 

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish