Pedagogik texnologiya usullari.
Takdimot usulidan foydalangan xolda axborot texnologiyasi qo„llaniladi
1-ilova
1. BTYO faniga kirish.
2.
Tibbiy yordamning bosqichlari
3. YOtiqli bemorlarni parvarishlash
4. Davolash muolajalarini o„tkazish usullari.
5. Dorilarni tanaga yuborish usullari
1 – ma‟ruza.
BTYO
to„g„risida tushuncha Bemorlarni parvarish qilish.Davolash
muolajalari. (dorilarni yuborilish usullari)
Ақлий хужум саволлари
33
Reja:
1. BTYO faniga kirish.
2. Etika va deontologiya xaqida tushuncha
3. Tibbiy yordamning bosqichlari
4. YOtiqli bemorlarni parvarishlash
5. Davolash muolajalarini o„tkazish usullari.
6. Dorilarni tanaga yuborish usullari
Vrach va provizorlar zaruriyat tug„ilganda malakali BTYO ni kursata bilishlari kerak.
SHundan kelib chiqib BTYO fanining asosiy vazifasi talabalarga malakali BTYO
ko„rsatishni, nazariy va amaliy jixatlarini o„rgatishdan iborat.
BTYO ko„rsatishda bir nechta bosqich farqlanadi:
1. Malakasiz tibbiy yordam-bu xar qanday shaxslar tomonidan amalga oshirilishi
mumkin ( chukkan odamni qutqarish, binolar tagidagi shaxsni tuproqdan olib chiqish va
x.k.)
2. Vrachgacha bulgan BTYO- bu asosan urta tibbiy xodimlar yoki provizorla
tomonidan amalga oshiriladi (sun‟iy nafas oldirish, yurakni massaj qilish, qon oqishini
vaqtinchalik to„xtatish va x.k.) Bemorni kasalxonaga jo„natish xam shu bosqichga
kiradi.
Malakali shifokorlik yordami- bu shifokorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oxirgi yillarda deontologiya muammosi har xil kasbga ega bo„lgan tibbiyot
xodimlari va keng jamoatchilik e‟tiborini o„ziga jalb qilmoqda. Har xil nashr qilingan
materiallarda, gazeta va jurnallar, monografiyalarda deontologiyaning turli sohalari
bo„yicha, jumladan tibbiy deontologiya va etikasi haqidagi masalalar yoritilayotganini
guvohi bo„lamiz.
Bular orasida tibbiy deontologiya masalasi muhim o„rin egallaydi. Bunda birinchi
navbatda tibbiyotning etika, ijtimoy psixologiya va fanning boshqa sohalari haqida gap
ketsa ikkinchidan tibbiyot xodimlarining ma‟lum soha bo„yicha kasbiy faoliyatini
amalga oshirishdagi masalalarga ahamiyat beriladi.
SHuning uchun ham tibbiy deontologiyaning oldida ko„pgina murakkab ham
echilmagan yoki har xil darajada echilgan masalalar turadi. Bu qonuniy holat
hisoblaniladi, chunki tibbiyot fanining rivojlanishi tufayli uning oldida YAngi
muammolar paydo bo„la yotganini guvohi bo„lamiz.
Mamlakatimizda deontologiyaning rivojlanishi tufayli umuman tibbiyotining
rivojlanishiga mos holda uning turli sohalariga aloqador turlari shakllandi (xirurgik,
terapevtik, pediatriyaga aloqador deontologiya va boshqalar).
SHuni alohida ta‟kidlash zarurki, talabalar kasalxonaga birinchi marta kelishi
bilan ularga deontologiya haqida ma‟lumot beriladi. Birinchi navbatda kasalxona va
uning bo„limlari tartib-qoidalari haqida gapiriladi hamda har bir deontologik muhit
bemorning ruhiy holatiga to„g„ridan to„g„ri ta‟sir qilishligi to„g„risida uqtiriladi.
Bunda bemor va uning karindoshlari bilan doimiy aloqa paytida tibbiyot
xodimlari ularga nisbatan xushmuomulalik, ochiq yuzlilik e‟tiborlilik, toqatlilik bo„lishi
bilan ajralib turishligi haqida gap ketadi.
Bundan tashqari, tibbiyot xodimlarining har xil sharoitda (voqea sodir bo„lgan
joyda, tez yordam mashinasida, davolash muassasasida) og„ir holatda bo„lgan bemor
bilan o„zaro aloqasida deontologiya qoidalariga rioya qilish ham muhim ahamiyatga
34
egadir. SHuningdek, navbatchi tibbiyot xodimining kasbiy tayyorgarligi, sifatiy belgilari
va navbatchilik paytidagi chidamligi ham alohida o„rin egallaydi.
Tibbiyot fanining rivojlanishida yanada muhimroq ahloqiy va huquqiy masalalar
ham kuzatilish lozim. Ulardan ayrimlari (odam xulqini dori-darmonlar va xirurgik
usullar yordamida, sun‟iy organlar qo„llanish va boshqa usullar) jamoatchilikni kuchli
tashvishga solishi va gazeta, jurnallar sahifalari hamda xalqaro yig„ilishlar
muhokamasining sababchisi bo„lishi mumkin. Fuqarolarni sog„lig„ini huquqiy
himoyalash masalasi O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko„rsatilgan bo„lib,
birinchi navbatda tibbiyot xodimlaridan tibbiy xizmat sifati va madaniyatini
kuchaytirishni talab qiladi, ya‟ni har bir tibbiyot xodimidan o„z kasbiga sitqidildan
yondashishga undaydi. Bu o„z navbatida, qonun bo„yicha tibbiyot xodimlarining kasbiy
majburiyatlariga talabni kuchaytiradi.
Konstitutsiyamizda tibbiyot xodimlari kasbiy faoliyatini huquqiy boshqarish bilan
moral-etik qoidalar orasida uzviy bog„lanish borligi ko„rsatilgan. Axloqiy tarbiya
qonunga chuqur hurmat bilan qarashni shakllantirsa, huquqiy tarbiya esa kundalik hayot
amaliyotiga axloq prinsiplarini kiritilishini ta‟minlaydi. Bunda vrach faoliyatining ayrim
axloqiy normalari vrachning qasamyodi hamda vrachning sirida yaqqol o„z aksini
topgan.
Sog„liqni saqlash organlarining kundalik amaliyotida tibbiyot xodimlari
faoliyatini huquqiy boshqarish va moral-etik normalarining uzluqsiz bog„liqligi alohida
ta‟qidlangan. Aholiga yomon tibbiy yordam ko„rsatilayotligi to„g„risidagi
shikoyatlarning taxlili ko„pincha vrachlarga xos etika va deontologiya qoidalarining
buzilishi bilan bog„liq.
Ayrim vrachlarning past axloqiy qobiliyati o„zlarining kasbiy burchlarini
sitqidildan bajarmasligiga olib kelib, bu ularning kasbiy huquqbuzarligi hisoblanadi.
Bunga bemorga yordam ko„rsatmaslik, o„z mansabini yoki xizmat mavqeini su‟istemol
qilish, qonunsiz abort qilish, sovuqqonlik, o„z burchiga e‟tiborsizlik bilan qarash,
konunsiz vrachlik faoliyati bilan shug„ullanish, sanitariya epidemiologiya qoidalarini
buzilishi, qonunsiz soxta xujjatlar tuzish va berish, fuqarolarda ruxsatsiz tajriba
o„tkazish, tovlamachilik yo„li bilan pora olish, kuchli ta‟sir qiluvchi zaharli va narkotik
moddalarni ishlab chiqarish, saqlash, bir joydan ikkinchi joyga tashishi, sotish va
boshqalar kiradi.
Odatda vrachlar va farmatsevtlar bilan bemorlar hamda ularning qarindoshlari
orasidagi kelishmovchiliklar davolashdagi noxush oqibatlar tufayli sodir bo„ladi.
Bularning sabablari esa xilma xildir. Ular ko„pincha bemordagi kasallikning o„ziga xos
xususiyati va o„tishiga, bemorni vrachga o„z vaqtida murojaat qilmasligiga hamda
tibbiyot xodimlarining noto„g„ri harakati yoki harakat qilmasligi, ishlash uchun etarli
sharoit bo„lmasligi va boshqalarga bog„liq. Ayrim hollarda hatto birgina kasallikni
noaniq holatda o„tishi, kasallikni ob‟ektiv va sub‟ektiv belgilarini solishtirishni qiyinligi,
noxush oqibatining asosiy sabablarini ajratish qiyinligi kabi holatlar kasallikni noxush
oqibatlarini tibbiy va yuridik jihatidan to„g„ri baholashda anchagina qiyinchiliklar
tug„diradi.
Tibbiyotda bemorga bir xil yondoshish, bir xil diagnostik va davolash usulini
tanlash mumkin emas, hatto bita kasallikda ham. CHunki vrach kasllikni emas kasalni
davolaydi. Tibbiyot kasbining bunday o„ziga xos xususiyatlari davolashda har xil
35
kasallarda hatto bir xil kasallikda ham operativ, ham konservativ usullarni qo„llashni
takoza qiladi. Ko„pgina kasalliklarning diagnostikasi va davolashda maxsus qoida va
ko„rsatmalar yo„qligi tufayli noxush oqibatlarni baholashda anchagina qiyinchiliklar
tug„iladi.
SHuningdek donorlik oqibatining huquqiy aspektlari ham ishlab chiqilishi zarur.
Bunda ish qobiliyatini yo„qotilishi, organning olinishi bilan bog„liq donorning o„limi
masalasi, etkizilgan zararni qoplash to„g„risidagi fuqaroning talabi, boquvchisining
o„limi haqidagi masalalar muhimligi bilan ajralib turadi. Donor, retsipient va vrach
o„rtasidagi huquqiy munosabatlarni ishlab chiqish, organi olinishi tufayli yuzaga
keladigan asoratlar. Haqida donor xabardor qilinadi va bunday xabar huquqiy jihatdan
hujjatlantiriladi.
Qonunda spirtli ichimliklar, narkotik moddalalar, psixotrop va boshqa dorivor
moddalarni suis‟temol qiluvchi axolini sog„lig„ini saqlashni huquqiy himoyalash va
uning moral-etik normalariga ham alohida e‟tibor berilgan. Hozirgi davrda ta‟sir
qiluvchi qonuniyatlarga asosan alkogoliklar, narkomanlar va toksikomanlarni majburan
maxsus kasalxonalarga yotqizish va davolashni tartibga solishni yangicha huquqiy
normalari taklif qilinishi zarur. Bu atrofdagilarga xavf tug„diruvchi (sil, ruhiy, tanosil
kasalliklari va SPID) boshqa kasalliklarni davolash va profilaktikasiga ham talluqlidir.
Bundan tashqari eutanaziya, sun‟iy urug„lantirish, sterillash va ular bilan bog„liq
tibbiy va sotsial masalalarni hozirgi zamon qarashlariga ko„ra tanqidiy taxlil qilish
hamda har tomonlama ko„rib chiqish kabi muammolar ham dolzarbligi bilan ajralib
turadi.
Tibbiyot fani yutuqlarini huquqiy boshqarish fuqaro huquqlari buzilishi va
bemorlarni asossiz talabalari tufayli vrachlarni qonunsiz ayblanishini oldini oladi hamda
ularni himoyalaydi.
Tibbiyot fanini rivojlanishi bilan bemorlar va ularning qarindoshlarini davolash
natijalariga talabi yanada oshadi. SHunga qaramasdan barcha hollarda tibbiyot fanining
istagan darajasi ham doimo davolashni ijobiy oqibatini ta‟minlay olmaydi. SHuni aytib
o„tish kerakki, hatto yuqsak malakali mutaxassis davolaganda ham davolashni noxush
oqibatini tibbiy baholashda qiyinchiliklar tug„iladi. Bu birinchi navbatda tibbiy
faoliyatining o„ziga xosligiga (davolab bo„lmaydigan kasal, diagnostik yoki dorivor
moddalarni individual ko„tara olmaslik, o„z vaqtida kasalxonaga yotqizilmaslik, bita
kasallikka har xil diagnostik va davolash usullarini qo„llash va h.q.) bog„liq. Bunday
hollarda salbiy oqibat vrachning haraqatiga bog„liq bo„lmay, balki u faqat shu vaqtga
to„g„ri keladi. Bu o„z navbatida yuristlar faoliyatida ham qiyinchilik tug„diradi.
Bizning fakrimizcha, bosh masala fuqarolarga foydali tibbiy yordam ko„rsatishda,
ularning sog„lig„ini saqlashda, vrachlarning kasbiy va fuqarolik burchi vrachning kasbiy
mahorati, malakasi hamda sifatiy belgilariga bog„liq. Bunday vrachlar sog„liqni saqlash
sistemasida ishlovchi Gippokrat qasamiga sodiq bo„lishi kerak. SHunga qaramasdan
talabalik
yillarida
vrachlik
kasbiga
xos
deontologik
qoidalarni
mujassam
o„zlashtirmaganligi, umumiy tayyorgarlik darajasining pastligi tufayli o„z burchiga
befarq qarovchi vrachlarni ham kuzatishimiz mumkin. Bu o„z navbatida ularga nisbatan
harxil e‟tirozlarning sodir bo„lishini sababchisi hisoblanadi.
Xulosa sifatida shuni aytib o„tish lozimki, vrachning va farmatsevtning kasbi,
xususan xirurglik inson faoliyatining barcha turlari orasida eng muhim insonparvar
36
kasbdir. SHunday ekan, bemorni hayotini saqlab qolish uchun kurashish eng oliyjanob
ishdir. Bunda har bir vrach va farmatsevt o„zining butun bilimi, tajribasini shu oliyjanob
ishga qaratishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |