Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet147/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

zavodi bilan muayyan miqdordagi, shart qilingan nav va markali poʻlatni yetkazib
berish toʻgʻrisida shartnoma tuzadi. Bu yerda taraflar oʻzaro kelishuvlarining
bevosita natijasi metallurgiya zavodi tomonidan mashinasozlik zavodiga shartnoma
bilan belgilangan muddatlarda va muayyan shartlarga binoan ma’lum miqdorda
poʻlat yetkazib berish hisoblanadi. Shartnomaning maqsadi esa har ikki taraf uchun
umumiy boʻlib, taraflarning har qaysisi shartnomaning barcha koʻrsatkichlarini
bajarishdan, pirovardida foyda (daromad) olishdan iborat boʻladi. Binobarin, har
ikki taraf ham shartnomani lozim darajada bajarishni oʻzlarining burchlari deb
biladilar.


Fuqarolik-huquqiy shartnoma, asosan, mulkiy munosabatlarni


rasmiylashtirish uchun tuziladi. Ba’zi hollarda shartnoma shaxsiy-
nomulkiy huquq va majburiyatlarni ham rasmiylashtiradi. Bu adabiyot, fan
va san’at asarlarini yaratish sohasidagi ijodiy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan
shartnomalar, chunonchi, nashriyot shartnomasi, sahna asari,
kinosstenariyalar va boshqa shartnomalar uchun xarakterlidir.
Bunday shartnomalar taraflarning mulkiy huquqlari va
burchlarinigina, chunonchi, mualliflik haqi toʻgʻrisidagi shartlarni,
muddatlarni buzganlik uchun javobgarliknigina belgilamay, balki shaxsiy-
nomulkiy huquqlarni ham, masalan, muallif oʻz asarida nomini koʻrsatib
yoki anonim tarzda chiqarishi, asari matniga oʻzgartirish kiritishga ruxsat
berish-bermaslik singari nomulkiy huquqlarni ham belgilaydi.


Shartnomalarning turlari


Shartnoma unda ishtirok etayotgan taraflar oʻrtasida huquq va
majburiyatlarning oʻzaro taqsimlanishiga qarab bir tomonlama, ikki
tomonlama va koʻp tomonlama shartnomalarga boʻlinadi.
Bir tomonlama shartnomada ishtirok etayotgan taraflarning birida
faqat huquq boʻlib, hech qanday majburiyat boʻlmaydi, ikkinchi tarafda
esa faqat majburiyat boʻladi. Masalan, qarz shartnomasida qarzdor olgan pul
summasini oʻz vaqtida qarz beruvchiga toʻlash majburiyatiga va kreditor esa uni
talab qilish huquqiga ega.


Ikki tomonlama shartnomada esa har ikki taraf ham mustaqil huquq


va majburiyatga ega boʻladi. Bunday shartnomaga oldi-sotdi shartnomasini
misol qilib keltirish mumkin. Bu shartnoma boʻyicha sotuvchi sotilgan
ashyoning haqini talab qilish huquqiga ega boʻlib, sotilgan ashyoni


2


89





oluvchiga topshirishga majbur, oluvchi esa –olayotgan ashyoning bahosini
toʻlashi zarur boʻlib, sotib olingan ashyoni talab qilib olishga haqli.
Fuqarolik muomalasida tuziladigan shartnomalarning koʻpchiligi ikki
tomonlama, (ya’ni yuqorida koʻrsatilgan oldi-sotdi shartnomasi kabi)
shartnomalardan iborat boʻladi.
Koʻp tomonlama shartnomalar ham mavjud boʻlib, unda taraflar uch
va undan ortiq boʻladi. Bunday shartlarda bir paytning oʻzida har bir
tarafda muayyan huquq va majburiyatlar boʻlishi xarakterlidir. Masalan,
franshizing, lizing shartnomalari.
Shartnomalar haq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga
boʻlinadi. Haq baravariga tuziladigan shartnomalar bir taraf topshirgan
mulki, qilgan xizmati evaziga pul yoki mulk bilan haq oladi. Masalan, bir
taraf vaqtinchalik foydalanish uchun mulkni ijaraga oluvchi undan
foydalangani uchun ijara haqi toʻlashga majbur boʻladi. Bunday haq
baravariga tuziladigan shartnomalarga oldi-sotdi, mahsulot yetkazib
berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa koʻplab shartnomalarni misol qilib
koʻrsatish mumkin. Agar qonun hujjatlaridan boshqacha qoida kelib


chiqmasa,


shartnomaning


mazmun-mohiyatidan


oʻzgacha


hol


anglashilmasa, shartnoma haq evaziga tuzilgan shartnoma deb hisoblanadi.
Tekinga tuziladigan shartnomada esa bir taraf boshqa bir taraf
foydasiga haq olmay, biror-bir mulkni topshirish, biror ishni bajarishi
mumkin. Masalan, hadya shartnomasi boʻyicha mulk egasi oʻz mulkini
boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Tekin foydalanish, foizsiz qarz
shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalarga kiradi.


Shartnomalar tuzilish paytiga va mazmuniga qarab konsensual va
real shartnomalarga boʻlinadi.


Konsensual shartnomalarda huquq va majburiyatlar taraflarning
kelishuvlari asosida qonun talab qilgan shaklda rasmiylashtirganlari
zahoti tuzilgan hisoblanadi va taraflarda huquq va majburiyatlar
vujudga keltiradi. Shu paytdan boshlab taraflar shartnoma ijrosini bir-
biridan talab qilishga haqli. “Konsensual” soʻzi lotincha





konsensus”soʻzidan olingan boʻlib, “kelishuv” ma’nosini bildiradi.


Konsensual shartnomaga misol qilib oldi-sotdi, mahsulot yetkazib
berish, pudrat, mulkni ijaraga berish kabi shartnomalarni koʻrsatsa
boʻladi. Fuqarolik huquqida aksariyat koʻpchilik shartnomalar
konsensual shartnomalar guruhiga kiradi.


2


90





Real shartnomalar boʻyicha huquq va majburiyatlar taraflar oʻzaro
kelishgan va shartnoma narsasi ashyo yoki pul topshirilgan paytdan
vujudga keladi.





Real” soʻzi lotincha “res” soʻzidan olingan boʻlib, “ashyo”


ma’nosini bildiradi. Real shartnomaga misol qilib qarz, omonat, hadya,
tekin foydalanish shartnomalarini koʻrsatish mumkin.


Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida
boʻyicha shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar
shartnoma tuzishda qatnashgan taraflar uchun paydo boʻladi. Ayrim
hollarda shartnoma uchinchi shaxs foydasiga tuzilishi ham mumkin.
Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan shartnomaga misol qilib sugʻurta
shartnomasini koʻrsatish mumkin. Uchinchi shaxs shartnomada alohida
taraf hisoblanmaydi. Biroq, FKning 362-moddasida koʻrsatilganidek, agar
qonun hujjatlarida yoki shartnomada oʻzgacha tartib nazarda tutilmagan
boʻlsa, uchinchi shaxs shartnoma boʻyicha oʻz huquqidan foydalanish
niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab taraflar oʻzlari tuzgan
shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki
oʻzgartirishlari mumkin emas. Shartnoma tuzgan shaxs shartnomadan
kelib chiqqan majburiyatning uchinchi shaxsga nisbatan bajarilishini shart
qilgan boʻlsa, bu haqda shartnomada boshqacha hol koʻrsatilmagan boʻlsa,
majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga
majburiyatning bajarilishi koʻrsatilgan uchinchi shaxs ham talab qilishi
mumkin.
Shartnomalar, shuningdek ommaviy shartnoma, qoʻshilish
shartnomasi va dastlabki shartnoma kabi turlarga ham boʻlinadi.
Bundan tashqari shartnomalarni: birinchidan, mulkni topshirishga
qaratilgan; ikkinchidan, ishlarni bajarishga qaratilgan; uchinchidan:
xizmatlar bajarishga qaratilgan; toʻrtinchidan, turli xil tuzilmalarni ta’sis
etishga yoʻnaltirilgan toʻrt guruhga boʻlish mumkin.
Zamonaviy fan texnika inson imkoniyatlarini doimiy ravishda
kengaytirib bormoqda. Uning uchun barcha sohalarda qulay shart-
sharoitlar vujudga keltirmoqda. Bugungi kunda kishilik jamiyatini
an’anaviy tasavurlari ham uning ta’sirida oʻzgarib bormoqda. Jumladan,
ilgari makon, moddiy borliq oʻlchami sifatida yagona boʻlsa, bugungi
kunda makonning oʻzi ikki xil koʻrinish kasb etmoqda, ular real va virtual
makondir.


Real makon moddiy, hajmiy makondagi subyektlar joylashuvi, voqea
jarayonlar roʻy beradigan manzil hisoblanadi.


2


91





Virtual maydon esa elektron axborot maydoni boʻlib, bunda
subyektlarning oʻzi ham, voqealar jarayoni ham muayyan ketma-ketlikda,
zichlikda joylashish qoidalari qoʻllanilmaydi. Virtual maydon oʻziga xos
cheksiz axborot resurslari, axborot subyektlari va axborotlarni
joylashtirish, tarqatish, ayriboshlash maydoni hisoblanadi. Ma’lumki, har
qanday yuridik fakt, shu jumladan yuridik harakat uni sodir boʻlish
jarayoni, amalga oshiruvchi subyektlar va uni huquqiy oqibatlari boʻyicha
(huquqiy munosabatni vujudga keltiruvchi, oʻzgartiruvchi va bekor
qiluvchi oqibatlar boʻyicha) oʻziga xos tarzda namoyon boʻladi. Shu
ma’noda olib qaraganda, virtual maydonda ham yuridik faktlarni sodir
boʻlishi, yuridik harakatlarni amalga oshirilishi toʻlaqonli ravishda roʻy
berishi istisno etilmaydi. Faqat bunda kelib chiqishi mumkin boʻlgan
asosiy muammo yuridik harakatlarni kelib chiqish manbai, uning
oqibatlarini izini barqaror ravishda mavjudligini ta’minlash hisoblanadi.
Bugungi kunda virtual maydonni huquqiy ta’minlash bu borada muayyan
ijobiy natijalarga olib keldi. Virtual maydonda bitimlar, shartnomalar
tuzish va subyektlarni turli ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan
harakatlarni sodir etishi odatdagi kundalik holga aylandi. Shuni unutmaslik
lozimki, virtual maydondagi shartnomalar uni real maydon bilan bogʻliqlik
darajasiga qarab, turlicha koʻrinishda namoyon boʻlishi mumkin. Masalan,
ba’zi shartnomalar virtual maydonda tuzilib, real maydonda amalga
oshiriladi. Misol uchun internet orqali muayyan tovarga buyurtma berish
shartnoma tuzish jarayoni virtual maydonda boʻlsa shartnomani amalda
ijrosi real maydonda amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda esa buning aksi.
Real maydonda tuzilgan shartnoma virtual maydonda amalga oshirilishi
mumkin. Ayni paytda muayyan turdagi shartnomalar real maydonga
koʻchmasdan faqat virtual maydonda tuzilishi, amalga oshirilishi mumkin.
Masalan, haq evaziga muayyan axborotni tizimlashtirish va yetkazib
berish. Bunda shartnomani tuzish, amalga oshirish va xatto unga haq
toʻlash toʻliq virtual maydonda amalga oshiriladi. Shartnomani amalga
oshirish va tuzish bilan bogʻliq hech qanday harakatlar real maydonga
koʻchirish talab etilmaydi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish