Toshkent davlat yuridik



Download 2,11 Mb.
bet115/157
Sana04.06.2022
Hajmi2,11 Mb.
#636578
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   157
Bog'liq
Loyiha toshkent davlat yuridik universiteti (1)

1


7-MAVZU. MAJBURIYATLARNI BAJARISH


Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari. Majburiyatlarni
bajaruvchi subyektlar (shaxslar). Bajarish predmeti. Majburiyatni bajarish
muddati, joyi va usuli.


Majburiyatlarni bajarish tushunchasi va tamoyillari


Majburiyatlarni bajarish deb, qarzdor tomonidan kreditor talabiga
muvofiq, muayyan bir harakatning qilinishi yoki harakatdan saqlanish
tushuniladi. Qarzdorning majburiyatni bajarishi – kreditorga ashyoni
topshirish, ma’lum ishni bajarish, jabrlanuvchiga yetkazilgan zararni
qoplash, asossiz olingan mulkni qaytarish muayyan harakatdan
saqlanganlik kabilardan iborat.
Davlat, yuridik shaxslar va fuqarolar tomonidan olingan
majburiyatlarning oʻz vaqtida bajarilishi xalq xoʻjaligida muhim
ahamiyatga ega boʻlib, ishlab chiqarishni rivojlantirish, mulkiy
munosabatlarni mustahkamlash, jamiyatning tobora oʻsib borayotgan
moddiy va madaniy talablarini qondirishda katta rol oʻynaydi.
Majburiyatlar FKning 236-moddasida aytilganidek, majburiyat
shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va
talablar boʻlmagan taqdirda esa ish muomalasi odatlariga yoki odatda
qoʻyiladigan boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
Bunda taraflarning har biri oʻz majburiyatlarini ancha tejamli bajarishi,
ikkinchi tomonga uning oʻz majburiyatlarini bajarishda har tomonlama
yordam koʻrsatishi lozim.
Majburiyatlar davlat hujjatlari va shartnomalardan kelib chiqqan
boʻlsa, ularda koʻrsatilgan talab va shartlarga muvofiq bajarilishi kerak.
Agar qonun hujjatlarida majburiyatni bajarish sharti koʻrsatilmagan boʻlsa,
majburiyatlar oʻzaro kelishib qoʻyiladigan talablarga muvofiq lozim
darajada bajarilishi zarur. Majburiyatni bajarishda har ikki tomon xoʻjalik
aloqalarining rivojlanishini koʻzlab, tejamlilik bilan va oʻzaro hamkorlikda
zarur harakatlarni qilishlari talab etiladi.
Majburiyatning bajarish predmeti yuklangan majburiyatning
xarakteriga qarab faol harakatni amalga oshirish yoki harakatdan saqlanish
hisoblanadi. Odatda FKda koʻproq faol harakatdan iborat majburiyatlar
oʻrin olgan.


Majburiyatlarni bajarish bir qator tamoyillarga asoslanadi. Ular:
majburiyatlarni lozim darajada bajarish, kelishilgan va maqbul usulda


2


25





bajarish, majburiyatni tegishli shaxs uchun bajarish, aniq bajarish,
tejamlilik va oʻzaro hamkorlikda bajarish kabilardir.


Majburiyatlarni lozim darajada bajarish tamoyili deganda,
majburiyatlar qoʻyilgan talablarga toʻliq javob beradigan darajada, bekamu
koʻst va belgilangan muddatda bajarilishi nazarda tutiladi. Huquqiy
munosabatlarda qatnashuvchi shaxslar oʻz majburiyatlarining lozim
darajada bajarilishidan bab-baravar manfaatdor boʻlishlari, bir-birlariga
koʻmaklashishlari faraz qilinadi.
Mazkur tamoyil yuklatilgan majburiyatlarni majburiyat shartlariga va
qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va talablar
boʻlmaganida esa - ish muomalasi odatlariga yoki odatda qoʻyiladigan
boshqa talablarga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.
Majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi jamiyat manfaati hamda
uning tobora oʻsib borayotgan moddiy va madaniy talablarini qondirishga
qaratilgan boʻlishi lozim.
Bozor munosabatlari sharoitida majburiyatlarni lozim darajada
bajarilishidan nafaqat majburiyat oʻz foydasiga bajarilayotgan subyekt,
balki oxir-oqibatda jamiyatning har bir a’zosi manfaatdor boʻladi. Chunki
barcha xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻz majburiyatini lozim
darajada bajarmasligi boshqa subyektlar uchun ham, garchi ular bevosita
bunda kreditor sifatida qatnashmasalarda, salbiy oqibatlar keltirib
chiqarishi mumkin.


Majburiyatlarni lozim darajada bajarish ularni qonun hujjatlariga,
shartnoma shartlariga, ish muomalasi odatlariga, odatda qoʻyiladigan
talablarga muvofiq ravishda shartnoma narsasining sifati, miqdori, hajmi
boʻyicha oʻz vaqtida bajarilishini anglatadi.


Majburiyatlarni bajarishning yana bir tamoyili – bu majburiyatlar
kelishilgan va taraflar uchun maqbul usulda bajarilish tamoyilidir.
Majburiyatni bajarish usuli, agar bu usul majburiyatning mohiyati
anglashilmasa va qonun bilan belgilab qoʻyilgan boʻlmasa, shartnomada
koʻrsatilgan boʻlishi kerak (FK 238-modda). Ushbu tamoyil mazmuniga
koʻra oʻz navbatida majburiyatlarni real (asl holicha) bajarilishi, uni
bajarishda tejamli usullardan foydalanish, majburiyat bajarilishida
taraflarning hamkorlik qilish haqidagi qoidalarini anglatadi. Bu qoidalarni
ham shartli ravishda, garchi qonunda bevosita sanab oʻtilmagan boʻlsa-da,
majburiyatlarni bajarish tamoyillari sifatida qarash mumkin.


Majburiyatlarning aniq bajarilishi tamoyili – shartnomada
koʻrsatilgan harakatning aynan oʻzi bajarilishining, topshirilishi lozim
boʻlgan narsaning (mahsulotning) asl holatida topshirilishini bildiradi. Bu
tamoyil ayrim adabiyotlarda “majburiyatlarni asl holatda bajarish


2


26





tamoyili” deb ham nomlanadi. Bu FKning 330-moddasi mazmunidan kelib
chiqib belgilangan.


Majburiyatning qarzdor aybi bilan kechiktirilishi yoki lozim darajada
bajarilmasligi hollarini nazarda tutib, belgilangan neustoyka (jarima,
penya)ning ham majburiyatning lozim darajada bajarilmasligi natijasida
kelib chiqqan zararning undirilishi – majburiyatni asl holida bajarishdan
qarzdorni ozod qilmaydi.
Qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari majburiyatni bajarishda
bir tomonlama bosh tortish va shartnoma shartlarini bir tomonlama
oʻzgartirishga yoʻl qoʻyilmaydi (FK 237-modda). Ammo bu qoida
yuqorida aytilganidek, qonunda nazarda tutilgan ayrim hollarda ba’zi
majburiyatlar uchun qoʻllanilmaydi. Chunonchi, topshiriq shartnomasi
boʻyicha topshiriq beruvchi bergan topshirigʻini har vaqt bekor qila oladi,
topshiriq olgan shaxs xohlagan vaqtida topshiriqni bajarishdan bosh torta
oladi. Temir yoʻl va boshqa turdagi transport vositasida yoʻlovchilar
tashish munosabatida ham yoʻlovchi talabi bilan shartnoma har qachon
bekor qilinishi mumkin.
Majburiyatlarni bajarishda tejamlilik qoidasiga muvofiq majburiyatni
bajarishda taraflar kam xarajat bilan koʻp foyda keltirishga qaratilgan
harakatlarni qilishlari lozim. Bu qoida kreditor va qarzdorga majburiyatni
bajarish jarayonida eng qulay hamda eng foydali usuldan foydalanish
lozimligini belgilaydi. Chunonchi, pudrat shartnomasi boʻyicha pudratchi
ishni buyurtmachi materialidan bajarishda materialni tejamlilik bilan
sarflashi va u notoʻgʻri ishlatilishi uchun javobgar boʻlishi belgilangan.
Yuk tashish shartnomasiga asosan yuk tashuvchi yukni eng qisqa yoʻldan
tashishi koʻrsatilgan.
Majburiyatlarni bajarishda zaro hamkorlik va tejamkorlikda
bajarish tamoyillari ham mavjud. Majburiyatlarni bajarishda oʻzaro
hamkorlik tamoyiliga binoan har ikki tomon majburiyatni bajarishda bir-
birlariga zarur boʻlgan yordamni koʻrsatishlari lozim. Chunonchi, kreditor
majburiyatning bajarilishini talab qilish huquqiga ega boʻlishi bilan birga
qarzdorning oʻz majburiyatini bajarishda unga yordam berishga,
koʻmaklashishga ham majbur. Masalan, kontraktatsiya shartnomasiga
muvofiq qishloq xoʻjalik mahsulotlarining davlat yoʻli bilan xarid
qilinishida tayyorlovchi (mahsulot qabul qiluvchi) tashkilotlar qishloq
xoʻjalik korxonalariga mahsulotlar yetishtirishda, mahsulotni tashishni
tashkil qilishda yordam koʻrsatishi zarur.


Majburiyatlarni tegishli shaxs uchun bajarish tamoyili Fkning


2


40-moddasida oʻz ifodasini topgan. Bunga asosan, agar taraflarning


2


27





kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa va ish muomalasi
odatlaridan yoki majburiyatning mohiyatidan anglashilmasa, qarzdor
majburiyatni bajarish chogʻida ijroni kreditorning oʻzi yoki bu ish uchun u
vakolat bergan shaxs qabul qilayotganligini isbotlashni talab qilishga haqli
boʻladi va bunday talabni qoʻymaganlik oqibatlari xavfi uning zimmasida
boʻladi.



Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish