Toshkent davlat yuridik universitetining akademik halollik va tadqiqot etikasi kodeksi



Download 0,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/40
Sana28.03.2023
Hajmi0,88 Mb.
#922763
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Bog'liq
akademik halollik kodeksi.b6c22008

 Ilmiy tezis 
mazmuniga qoʻyilgan talablar:
 
Ilmiy tezis muayyan huquq tarmogʻi (sohasi) boʻyicha ilmiy jihatdan 
yangi, original, dolzarb va konseptual masalaga bagʻishlanadi va unda ilmiy-
nazariy va amaliy xulosalar ilgari suriladi. Ilmiy tezisda muayyan huquqiy, 
ilmiy-nazariy va amaliy muammoga taklif etilayotgan yechim boʻlsa-da, uning 
mazmuni va nazariy-amaliy ahamiyati isbotlanishi talab qilinmaydi.
Ilmiy tezis amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot (ilmiy maqola, dissertatsiya 
va boshqalar)ning asosiy natijalarini qisqa va loʻnda oshkor qilish maqsadida 
tayyorlanadi. 
Tezisda muallifning ilmiy qarashlari aks ettirilishi kerak. Plagiatga yoʻl 
qoʻyilmasligi, havolalarni toʻgʻri va toʻliq taqdim etish lozim. 
88. Tezisning quyidagi tuzilmaga rioya qilingan holda tayyorlanishi 
tavsiya qilinadi: 
qisqacha kirish
– tezis mavzusiga oid tanlangan muammoning 
dolzarbligi aks ettiriladi; 
qoʻyilgan maqsad va uni asoslash

tezisdan koʻzlangan maqsad 
yoritilgani holda tanlangan masalaning fandagi shu muammolar ichidan 
xususiyligi yoki alohidaligi ajratib koʻrsatiladi; 
xulosa qismi
– 
tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy 
tadqiqot xulosalari beriladi.

Tezisda keltirilgan fikr-mulohaza va maʼlumotlar uchun muallif 
javobgardir. 
89.
 Ilmiy ish (dissertatsiya) 
mazmuniga qoʻyilgan talablar:
 
Dissertatsiya bilimlarning tegishli tarmogʻida muhim ahamiyatga ega 
masalaning yangi yechimidan iborat yoki dolzarb ilmiy masalaning yechimiga 
qaratilgan ilmiy asoslangan ilmiy-texnik yoki ijtimoiy-iqtisodiy tavsiyalar 
ishlab chiqilgan tugallangan shakldagi ilmiy ish hisoblanadi. Shuningdek, unda 
muhim ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy yoki amaliy muammolar yechimi keltirilgan, 
yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yoʻnalishini rivojlantirish uchun yirik 
yutuq sifatida baholanadigan yangi nazariy qoidalar kompleksi ishlab chiqilgan 
boʻlishi, yoki joriy etilishi fan va texnika, ijtimoiy-siyosiy soha yoki iqtisodiyot 
tarmogʻining rivojlanishiga salmoqli hissa qoʻshadigan nazariy-metodologik va 


33 
uslubiy asoslar, ilmiy asoslangan texnik, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar 
ishlab chiqilgan (takomillashtirilgan) boʻlishi mumkin.
Dissertatsiya fan va texnikaning muayyan sohasidagi katta ilmiy nazariy 
muammoni hal qilishi, fan va amaliyotning rivojiga hissa qoʻshadigan muayyan 
huquq tarmogʻi (sohasi)da huquqiy muammolarini ilmiy-nazariy va amaliy 
yechimlariga bagʻishlangan boʻlishi, ilmiy jihatdan yangi, original, dolzarb va 
konseptual masalaga bagʻishlangan boʻlishi lozim. 
90. Dissertatsiyaning kirish qismida quyidagilar yoritib berilishi kerak: 
-
dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati; 
-
tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining 
ustuvor yoʻnalishlariga mosligi; 
-
dissertatsiya mavzusi boʻyicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi (faqat 
fan doktori (Doctor of Science) dissertatsiyasi uchun); 
-
muammoning oʻrganilganlik darajasi; 
-
dissertatsiya tadqiqotining dissertatsiya bajarilgan ilmiy tashkilot yoki 
taʼlim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʻliqligi; 
-
tadqiqotning maqsadi; 
-
tadqiqotning vazifalari; 
-
tadqiqotning obyekti; 
-
tadqiqotning predmeti; 
-
tadqiqotning usullari; 
-
tadqiqotning ilmiy yangiligi; 
-
tadqiqotning amaliy natijalari; 
-
tadqiqot natijalarining ishonchliligi; 
-
tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati; 
-
tadqiqot natijalarining joriy qilinishi; 
-
tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi; 
-
tadqiqot natijalarining eʼlon qilinganligi; 
-
dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. 
91. Dissertatsiyaning asosiy matni uch qismdan iborat boʻladi: tahliliy, 
nazariy va amaliy va ular ikkitadan toʻrttagacha bobda jam qilinadi. 

Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish