Toshkent davlat yuridik universiteti


NAZORAT UCHUN SAVOL VA KAZUSLAR



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/194
Sana19.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#500968
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   194
Bog'liq
Бизнес ҳуқуқи дарслик 2020

 
NAZORAT UCHUN SAVOL VA KAZUSLAR 
1.
 
“TUZ KRISTALL” MChJ tomonidan soliq qarzi 3 oy va undan 
ortiq muddat davomida qoplanmaganligini inobatga olib, O‘rta Chirchiq 
tuman DSI Toshkent viloyati iqtisodiy sudiga ariza bilan murojaat etib, 
qarzdorni bankrot deb topishni so‘ragan.
Sudning 2012-yil 14-noyabrdagi ajrimi bilan DSIning arizasi ish 
yuritishga qabul qilinib, qarzdorga nisbatan bankrotlik ishi qo‘zg‘atilib, 
kuzatuv taomili joriy qilingan. Sudning 2012-yil 11-dekabrdagi ajrimi 
bilan muvaqqat boshqaruvchisi tayinlangan. 
Sud majlisi jarayonida arizachi vakili ariza talablarini qo‘llab-
quvvatlab, lekin kreditorlar yig‘ilishida qarzdorga sud sanatsiyasini joriy 
etishga kreditorlar tomonidan rozilik berilganligini bildirib o‘tib, 
qarzdorda 3 oy muddatga sud sanatsiyasini joriy etishni so‘radi. Muvaqqat 
boshqaruvchi sud majlisida ishtirok etmadi, lekin sudga hisobotini va 
qarzdor kreditorlarining 2012-yil 8-yanvardagi birinchi yig‘ilish 
bayonnomasini yo‘llagan va o‘z hisobotida qarzdorga sud sanatsiyasini 
joriy etish masalasini kreditorlar hukmiga havola qilgan. Lekin 
qarzdorning moliyaviy ahvoli uncha yaxshi emasligini bildirgan. 
Qarzdor rahbarning korxonaga tegishli g‘isht ishlab chiqarish sexi 
mavjudligini, korxona qarzlarini to‘lash imkoni borligini bildirib o‘tib, 
qarzdorda sud sanatsiyasini joriy etishni so‘radi, shu bilan birga korxonani 
tugatsa ham bo‘ladi deb fikr berdi. 
Holatga huquqiy baho bering. Ushbu holatda sud sanatsiyasi joriy 
qilish maqsadga muvofiqmi? 


257 
2.
 
Samarqand viloyati iqtisodiy sudining 2011-yil 22-apreldagi hal 
qiluv qarori bilan “Mahbuba Yo‘ldosh” xususiy korxonasi bankrot deb 
topilgan va tugatishga doir ish yuritish boshlangan hamda buni qonunda 
belgilangan tartibda olib borish tugatish boshqaruvchisi T. Akbarovga 
yuklatilgan. 
Tugatish boshqaruvchisi T. Akbarov o‘zining xatida qarzdorga 
tegishli bo‘lgan bozor bahosi 3 069 596 so‘mlik mebellar to‘plami (divan 
va 2 ta kreslo, 2 ta tumbali stol, komyuter stoli, stol va pristavka, jurnal 
stoli, metall karkasli stul, yarim yumshoq stul, tumba otkatnaya, kitob 
shkafi) va kompyuter (monitor “Samsung”, klaviatura, protsessor, 
sichqoncha, printer “Canon”) ochiq auksionga chiqarilganligini, biroq bu 
mulkka talabnoma olinmaganligini, takroriy auksionga ham ushbu mulkka 
talabgor bo‘lmaganligini, bu mulkni barcha kreditorlarga qabul qilishni 
so‘rab murojaat qilinganligi va ular tomonidan qabul qilish istagi 
bildrilmaganligini, shunga ko‘ra ushbu mulk mahalliy hokimiyatga qabul 
qilishni so‘rab murojaat qilinganligini, lekin hokimiyat tomonidan javob 
xati berilmaganligi, shunga ko‘ra ushbu mulkni hokimiyat balansiga 
majburiy tarzda topshirish toʻgʻrisida ajrim chiqarib berishni so‘ragan. 
Ushbu holat boʻyicha mahalliy hokimiyat organi qanday 
majburiyatga ega? Tugatish boshqaruvchisining iltimosnomasi qanday hal 
qilinadi? 
 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish