O‘rmon fondi yerlari
– o‘rmon bilan qoplangan yerlar,
shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo o‘rmon xo‘jaligi
ehtiyojlari uchun berilgan yerlar.
Suv fondi yerlari
– davlatning vakolatli organlari tomonidan suv
xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan, suv bilan qoplangan, gidrotexnika
inshootlari joylashgan, suv ob’ektlari qirg‘oqlari egallagan mintaqalar
tushuniladi.
Suv bilan qoplangan yerlar –
yil davomida doimo yoki yilning
ko‘p qismida suv tagida bo‘lgan yerlar tushuniladi.
Suv osti, tubidagi yerlar –
bularga suv havzalari, ya’ni daryolar,
ko‘llar, suv omborlari bilan band bo‘lgan yerlar kiradi.
Suv xo‘jaligi inshootlari –
lotoklar, quvurlar, suv xo‘jaligiga
xizmat qiladigan ma’muriy binolar, to‘g‘onlar va boshqalar tushuniladi.
11
Do'stlaringiz bilan baham: |