M. tensor veli palatini - yumshoq tanglay chodirini taranglaydigan mushak. Kalla asosidan, chakka suyagidagi YEvstaxiy nayi sohasidan boshlanib, uning tutamlari asosiy suyakning qanotsimon o`simtasining ilmoqli o`simtaci hamulus processus pterygoidei ni aylanib o`tib, yumshoq tanglay chodiriga davom etadi.
Vazifasi: yumshoq tanglayni taranglaydi. Innervatsiyasi: n. trigeminus (V)
M. uvulae - tilcha mushagi - chodirning o`rtasidan orqa tarafga erkin holda osilib turadi. Bu mushak tanglay suyagidagi spina nasalis posterior o`simtasidan boshlanib, tilchani hosil etadi.
Vazifasi: tilchani qisqartiradi.
Xususiy og`iz bo`shlig`idan chiqish sohasini tomoq (bo`g`iz) - istmus fauces deyiladi. Bu sohaning chegaralari: yuqoridan - yumshoq tanglay; ikki yon tarafdan yumshoq tanglay yoylari arcus palatoglossus va arcus palatopharyngeus; pastdan - til ildizi.
Do'stlaringiz bilan baham: |