Topilgan hujjatda birinchi marta Buxoro tumanida to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, yer egaligi va yerdan foydalanish bilan bog‘liq masalalar o‘z aksini topgan. 1298-yilda vaqfga o‘tkazilgan qishloq Buxorodan 30 km shimolda joylashgan. - Vaqf hujjatida tilga olingan XIII asr qishloqlari – Samjan, Parkad, Mugkan, Margasun kabilar IX-XIII asr arab sayyohlarining asarlarida ham eslatilgan. Demak, hujjat Buxoro toponimikasini o‘rganishda ham qimmatli manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |