TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/2(23
)
-talabalarni individual imkoniyat darajasini shakllanishiga qarab bilim berish va oʻqitish
maqsadlari;
-informativ bloklarni metodik uzatish;
-bilim protsessining oxirgi natijalari;
-oʻqituvchining professional pedagogik tayyorligini integrativ qirralari.
Psixologo-pedagogik protsess monitoringini aniq obyektini tanlashda, biz monitoringni
pedagogik va boshqaruv qaror komponent informatsion sistemalarni elementi degan xulosaga
kelamiz. Bundan chiqqan holda pedagogik monitoring protsesnilogik boʻshliqni oʻz vaqtida aniqlab
shakllangan bilim bilan oʻz vaqtida berilgan protsessni korrektirovka yoʻli bilan toʻldirish
imkoniyatini beradi.
Psixologik-pedagogik dissipsiplina integratsion
protsessni
samaradorligi
va
tizimli,
integrallashgan bilimni shakllanishi haqida toʻliq maʼlumot olish uchun, quyidagi kuzatishlarni
berilgan yoʻnalishlar boʻyicha tashkillashtirish kerak
1
:
- talabalarning bilimlarni oʻzlashtirishga psixologik tayyorligini oʻrganish;
- bilim olishga tayyorgarlik darajasini aniqlash;
- faktlar, holatlar, zakonlar haqidagi bilim doirasini aniqlash;
- pedagogik jarayon, oʻqituvchilik mehnatiga motivatsion va emotsional munosabatini
aniqlash.
Oʻqituvchining etallon modeliga oriyentir olish. Bu model quyidagi koʻrinishda boʻladi:
1. Kerakli motivatsion sferani, pedagogik ideal va professional pozitsiyani oʻz ichiga oluvchi
pedagogik yoʻnalishlar.
2. Professional kompetentlik oʻzini shaxsiy oʻqitish tajribasidan olingan bilimdonlik, odatlar,
koʻnikmalar, pedagogika teoriyasi va tarixi, pedagogik protsesslarni, texnologiyalarni oʻz ichiga oladi.
3. Shaxsiy sifatlar oʻz ichiga: individual-psixologik sifatlarni oladi (oʻziga baho berish, odatlar
darajasi, toʻgʻri yoʻnalganligi).
4. Psixologik sifatlar – temperament, jins va yosh sifatlari harakatchanlik va nerv
sistemasining mustahkamligi, emotsional mustahkamlik, fantaziya va xayolning yuqori darajaliligi,
intellektual rivojlanishni qabul qilish, fikrlash boʻyicha darajasi va sh.k.
Bu sifatlarda quyidagi koʻrsatgichlar kuzatiladi:
-bilimlarni mustahkamlash;
-praktik va bilimdonlik masalalarini yechishda bilimlarning faolligi;
-yangi situatsiyalarda bilimlarni qoʻllash;
-bilimlarning miqdori;
-yangi situatsiyalarda bilimlarning mustahkamligi va qoʻllanilishi;
-professional motivatsiya strukturasi;
-intellektual rivojlanish dinamikasi;
-oʻqish protsessidan qoniqish, bilim olishning shaxsiy maʼnosi.
Hamma
narsa
oʻrganilayotgan
kasb
xususiyatlarini,
oʻqiyotganlarning xohishi va
imkoniyatlarini hisobga olgan holda koʻrilishi kerak.
Integratsiyalashgan taʼlimni yoʻlga qoʻyish borasidagi izlanishlarimiz, ilmiy va metodik
adabiyotlar tahlili hamda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari bilan oʻtkazilgan soʻrovlar hamda ular
faoliyatlarini kuzatishimiz natijalariga koʻra amaliyotda ushbu muammo hanuzgacha toʻla
oʻrganilmaganligini va yechimini topmaganligini kuzatishimiz mumkin.
1
Nazarova H.P. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining kommunikativ savodxonligini ta’minlashning didaktik asoslari. //Ped. fan. nomz. ilmiy
darajasini olish uchun yozilgan diss.-Toshkent, 2019.
— 245 bet.
161
Do'stlaringiz bilan baham: |