Tayanch so’zlar:
Bozor qonunlari, talab va taklif, ishlab chiqarish, rejalashtirish, istemolchi, resurs, texnologiya, yaratish, zamonaviy, tamin etilishi, mahsulot, boshqarish, potensial, ekspuluatasiya, sifat, ehtiyoj , iqtisodiyot, assortiment .
Takrorlash uchun savollar.
Tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’minlashdagi asoasiy 4 ta faktorni sharxlab bering?
Tovarlarni sifatiga qo’yiladigan asosiy talablar?
Tavsiya etilgan adbiyotlar
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari, I.A.Karimov. - T: O’zbekiston, 2009. - 56 b.
Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va yangilashni izchil davom ettirish - davr talabi. Prezident Islom Karimovning 2008 yilda mamlakatimizni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2009 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Maxkamasi majlisidagi ma’ruzasi, Xalq so’zi, 2009 yil 14 fevral.
Karimov I.A. Eng asosiy mezon - hayot xaqiqatini aks ettirish. T.: O’zbekiston, 2009. - 24 b.
Tovar va xizmatlarni sertifikatsiya talablari bo’yicha tovarlarni sifat ko’rsatgichlariga qo’yiladigan talablari
Tovarlarni bozor iqtisodi sharoitida sifat ko’rsatkichlarini boshqarish.
Tovarlarni ishlab chiqarishni boshqarish.
Tovarlarni bozor iqtisodi sharoitida sifat ko’rsatkichlarini boshqarish Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish
umumiqtisodiy qonuniyatlar hamda bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida boshqariladi. Mahsulotni sifat ko’rsatkichlari shu mahsulotlar uchun belgilangan normativ texnik hujjatlar asosida ularga qo’yiladigan asosiy talablar asosida bunyod etilishi kerak. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni talab va taklif bo’lganligi uchun har bir ishlab chiqargan tovarga iste’molchining qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarning talabi davriga nisbatan doimo o’zgaruvchi bo’lganligi uchun ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi takliflar beriladi, shu sababli tovarlarni sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligiga va ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatdoshligi oshib boradi. Shu sababli xalq xojaligida yangi turdagi assortimentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqargan tovarlarni sifat ko’rsatkichlari yaxshilanib ularga bo’lgan talab ortib boradi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish strukturasi bilan ishlab chiqarish o’rtasida doimo raqobat sodir bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarga kichik va o’rta biznes korxona mahsulotlarni ishlab chiqarish davrida ularni sifat ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talab doimo o’zgaruvchan bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini har tomonlama tahlil qilib ularni iqtisodiy barqarorligi chiqarilayotgan mahsulotlarni miqdori ishlab chiqarish potensialligi, ya’ni korxonani yuqori talablarga moyil bo’lgan uskunalarga injener-texnik xodimlarga keltirilgan xom-ashyoning sifatiga va ishlab chiqargan tovarlarni sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq.
Korxonalarda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda iste’molchilarni o’rganish, bozor infrastrukturasini o’rganish, bozordagi tovarlarni assortimentini o’rganish va tahlil qilish va to’plangan axborotlarni zamonaviy texnik informasion mashinalarda hal qilinishi va ishlab chiqargan tovarlarga baho berilishi bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga katta turtki bo’ladi. Shuning uchun mahsulotlarni sifat ko’rsatkichi baholanishi yangi assortiment mahsulotlarni yaratish ishlab chiqarishni rivojlanishga, yangi texnika - texnologiyalarni yaratilishiga asosiy omil bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish bilan iste’molchilarni birligi doimo yuqori ko’rsatkichlarga olib kelib bozor muammolarini echishda asosiy faktorlar hisoblanadi. Shunday hollar bo’ladiki miqdor jihatdan aholini talablarini qondirmasligi mumkin.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari past bo’lgani uchun ular iste’molchilar tomonidan qabul qilinmaydi. Bunday hollarda birinchidan ishlab chiqarishdagi tovarlarni rentabelligi juda past bo’lib, 2-tarafdan ishlab chiqarish uchun yuqori mehnat sarfi bo’lishi mumkin. Uchinchidan: ko’p miqdorda xom-ashyo sarf bo’lishi mumkin.
To’rtinchidan: ishlab chiqargan mahsulot oluvchining ehtiyojlarini qondirimasligi mumkin. Beshinchidan: etkazib berilgan tovarni sotilishi past bo’lishi mumkin.
Bu hollar tovarlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning rangi, mazasi, ko’rinishi aniqlansa, ba’zi bir hollarda ularning yuqori sifatliligi tayyorlangan mahsulotlarni assortimentiga ularni qaysi iste’molchiga mo’ljallanganiga qarab turib ham baholanadi.
Masalan: yosh bolalar uchun tayyorlangan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichiga planlashtirish eng yuqori darajada bo’lishi kerak.
Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish ularni texnik nazoratdan o’tqazish alohida nazorat organlari tomonidan boshqariladi. Bu organda xizmat qiluvchi xodimlar mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha boshqa korxonalardan kelayotgan xomashyo mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini tekshirish bu kirayotgan xom ashyo, keltirilayotgan mahsulot hisoblanadi. Bu holda tayyorlanayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlari keltirilayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.
Masalan: Lavlagidagi shakarni miqdori (yoki qandlavlagidagi) shakar olishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun boshqa korxonadan keltirilayotgan mahsulot standart talabga ega bo’lishi kerak. Hozirgi paytda mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’min etilishida ishlab chiqargan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash borasidagi qilinadigan doimiy ishlar, ularni rejalashtirish, doimo bozor qonunlari asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borish davlat miqyosida amalga oshirilishi lozim. Ishlab chiqargan tovarlarga iste’molchilarni talabi bo’lmasa, bunday tovarlarni ishlab chiqarishdan olish va iste’molchilar talabiga mos tovarlarni yaratish, ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish shu bilan bir qatorda ishlab chiqargan tovarlarni sifatini yaxshilash to’g’risidagi ilmiy nazariy va ishlab chiqarish tamoyillarini bir vaqtning o’zida amalga oshirilishi lozim bo’ladi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat resurslarini taqsimoti va ko’pchilik rivojlangan davlatlardagi yuqori sifat ko’rsatkichlariga egaligi bu dunyo miqyosida, texnika-texnologiyani rivojlanishiga yangi uskunalarni yaratilishiga ishlab chiqargan mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirishga olib kelmoqda. Shu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o’zlarini ishlab chiqarish korxonalarini yangidan ta’min etilishi shu mamlakatlardagi mahsulotlarni ishlab chiqarish potensialining oshishiga hamda zamonaviy texnikalar orqali ishlab chiqarish mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarni yuqori darajaga etkazishga katta xizmat qiladi. Shuning uchun O’zbekistonda hozirgi davrda xalq investisiyalarini xalq xojaligiga jalb etish horijiy mamlakatlar bilan qo’shma korxonalarning barpo etilishi O’zbekistonda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni raqobatini oshirishga katta xizmat qiladi.
Normativ texnik hujjatlarda GOST-15-467-85 mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini boshqarish deb ishlab chiqarishda texnika-texnologiya bilan ta’min etilishi mahsulotni sifat ko’rsatkichini ishlab chiqarishda uni ishlab chiqarishga kirgizishda ishlab chiqarish davrida uskuna va mehanizmlarni ekspluatastiya potensialini ta’min etishda yoki iste’molchilarini talablarini qondirishda ishlab chiqargan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini boshqarishda ma’lum tomonga yunalish uchun olib boriladigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish ta’min etadigan barcha faktorlar mahsulotni sifat ko’rsatkichini ta’min etishda asosiy omillar hisoblanadi.
Tovarlarni ishlab chiqarishni boshqarish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot va uning ta’rifi, mahsulot xossasi, sifati, belgisi mahsulot sifatining ko’rsatkichi, mahsulotni funksional layoqatligi, ishonshligi, estetikligi xavfsizligi, raqobatdoshligi, iste’mol bahosi, mahsulot bozori, marketing, sifat xalqasi, sifat tizimi, mahsulot sifati darajasini baholash shular jumlasiga kiradi.
Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi tushunilib, u foydali xossalarga ega bo’ladi. Aniq ishlab chiqarish jarayonlaridan olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy harakterli ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun mo’ljallanadi. Mahsulot tayyor holda, aniq bozorda sotilish uchun hamda yaroqli yoki tayyorlash jarayonida, ishlashda, etishtirishda, ta’mirlashda va shunga o’hshashlarda bo’lishi mumkin. Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat xalqaro standartlarda qisqa holda keltirilgan bo’lib, mahsuloti - faoliyat yoki jarayon natijasii deb ta’riflangan. Mahsulot moddiylashtirilgan yoki moddiylashtirilmagan yoki ularning o’zaro uyg’unlashgan birikmasi bo’lishi mumkin. Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar yig’indisi tushuniladi. Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga bog’liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo’lsa, mahsulotning sifatini belgilovchi, uni ayrim buyumlarini hamda bir xillik, o’zaro almashuvchanlik va boshqa buyumlarning shunday xossalarining yig’indisidan tashkil topadi. Masalan, paxta mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning, bolt va gaykalarining, turli xil bloklarning sifatiga bog’liq. Mahsulot sifatini oldindan aytib berish deganda berilgan vaqtda yoki berilgan vaqt oralig’ida erishilish mumkin bo’lgan mahsulot sifat ko’rsatkichlarining imkoniy qiymatlarini aniqlash tushuniladi. Mahsulot sifatini yaratishda uning kerakli sifatini ta’minlash va me’yorida bo’lib turishi maqsadida amalgam oshiriladigan barcha ishlari tushuniladi. Mahsulot sifati jarayonlarining qanday tashkil etilganligi, ularni qanday me’yorda ishlashiga, nazorat o’lchash asboblarining naqadar tekis ishlashiga va uch jarayonlarda ishlayotgan xodimlarning malakasiga so’zsiz bog’liqdir. Mahsulot sifatini boshqarish tizimi deganda boshqarish idoralari va boshqariluvchi ob’ektlarning mahsulot sifatiga boshqarishda moddiy-texnika va axborot vositalari yordamida o’zaro bog’lanishini majmui tushuniladi. Shuning uchun bu tizim o’zaro bog’langan mahsulot sifatini boshqarishni ta’minlaydigan tashkiliy, texnikaviy,
iqtisodiy va ijtimoiy tadbirlarning yig’indisi sifatida ko’zda tutilgan bo’lmog’ligi lozim. Boshqarishning asosiy maqsadi esa mahsulot sifatini kerakli darajaga erishishligini ta’minlash hisoblanadi. Mahsulot sifatini boshqaruv tizimi o’z tarkibiga inson jamoalarini, texnikaviy qurilmalarni, moddiy vositalarni va kuchli axborot oqimini oladi. Mahsulot sifatini boshqarish tizimidagi boshqarish jarayonlari ikki guruhga bo’linadi:
Ishlab chiqarish tizimini deyarli yuqori darajaga o’tkazuvchi (mahsulotning deyarli texnikaviy darajasini va sifatini yaratish va o’zlashtirishni ta’minlovshi)
Ishlab chiqarish tizimidagi turgunlikni ushlab turish va o’zlashtirilgan mahsulot chiqarishini rejalashtiruvshi sifat darajasida ta’minlash.
Mahsulot sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning umumiy nazariyasiga binoan quyidagi ishlardan tashkil topadi:
boshqarish rejasini ishlab chiqish;
mahsulot sifatini oshirishni rejalashtirish;
mahsulot sifatiga ta’sir etuvchi har qanday ob’ekt (buyum, jarayon)ning holati haqida axborotlar olish va tahlil qilish;
sifatni boshqarish bo’yicha qaror qabul qilish va ob’ektni ta’sirlatish usulini tayorlash;
ta’sir etadigan, boshqaruvchi ko’rsatmalar berish natijasida ob’ektdagi sifatning o’zgarishi haqidagi axborotni olish va tahlil qilish.
Mahsulot sifatini boshqarish haqidagi axborotni qaerdan olinadi?
Dastavval bunday axborot yuqorida aytilganidek, marketing, sotuv bozorini aniqlash va uni o’rganish bo’limining xodimlari tomonidan olinada. Bunda shu mahsulotga nisbatan shu mahsulotga munosabati inobatga olinada. Bunday ma’lumotlar esa shu sohadagi ilmiy-tadqiqot va loyihalash konstruktorlik ishlarini oldindan aytib berish hamda ishlab chiqarish hajmini va mahsulotning sifat darajasini rejalashtirish uchun asos bo’ladi. Mahsulotni ishlab chiqarish uchun shunga o’xshash buyumlarning sifatini hamda ularni ishlab chiqarish usullari ishlatilishi va ta’mirlashni tavsiflovchi axborot kerak. Bu ma’lumotlar qaror qabul qilish uchun asos hisoblanib, qaror qabul qilish natijasida boshqaruvchi idoraga o’zining muayyan boshqaruvchilik ta’sirini o’tkazadi. Bu tasir mahsulotning har qanday bosqichiga ishlab chiqishga, ishlab chiqarishga, ishlatilishga taaluqlidir. Katta korxonalarda mahsulot sifatini boshqarish sohasida avtomatlashtirilgan tizimlar yaratilgan EHM yordamida mehnat va mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarga hamda me’yoriy hujjatlarning hisob kitobiga, mahsulot ishlab chiqarishdagi yaroqsizlikni hisob kitobiga va tahliliga, mahsulotni ishlatilishdagi va boshqa bosqichlardagi uni sifatini tahliliga ishlov beradi hamma boshqaruvchi tizimlarda umumiylik belgilari bo’lib sifat darajasiga beriladigan topshiriq bu topshiriqni yaratishi uni amalga oshirshi vaqti-vaqti bilan sifat holatini rejalashtirilganiga nisbatan bajarilishini qiyoslashi har qanday sharoitda ham bo’lgan o’zgartirishlar bu mahsulotni sifatiga ta’sir ko’rsatadi. Mahsulot ishlab chiqarilishida, ayniqsa yangi mahsulot bilan bog’liq bo’lsa, turli xil muammolar paydo bo’ladi, bu va bunga o’xshash muammolarni tezkorlik bilan hal qilishda
mahsulot sifatini boshqarish tizimlari va uni boshqaruvchi idoralari hal qiluvchi vazifani bajaradi. Mahsulot sifatini oshirishda standartlashtirish faoliyatining roli kattadir chunki har qanday texnologik jarayonlarni bir me’yorda ishlashi, ularning bir bosqichida me’yoriy hujjatlarning qanchalik rioya qilinishi, jamoaning mehnat va texnologik intizomini hal qiluvchi rol o’ynaydi. Vazifa sifatli mahsulot ishlab chiqarish, uni sifatini turg’unlashtirish, yangiliklarni tinmay joriy qilish, yangi bozorlarni izlab topish va uni o’rganish bularning hammasi mahsulotni dunyo bozoriga olib chiqishga uni raqobatdoshlik qobiliyatini oshirishga va korxonaning iqtisodiy faoliyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |