Yalpi ichki mahsulot (YaIM) – mamlakat iqtisodiy faoliyatining muayyan
davr davomidagi umumiy natijalarini tavsiflaydigan ko’rsatkich. Mamlakat hududida
joylashgan barcha korxonalar (chet el va qo’shma korxonalari ham shu hisobga
kiradi) jami ishlab chiqarish omillari bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va
xizmatlarning bozor qiymatlaridagi ifodasi bo’lib, uning miqdori milliy hisoblar
tizimi asosida hisoblab chiqiladi.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – mamlakatning ma’lum muddat ichida
umumiy iqtisodiy faoliyatini tavsiflovchi yakuniy makroiqtisodiy ko’rsatkichlaridan
biri. YaMM davlatning bozor narxlarida ifodalangan barcha birlamchi daromadlari
(ularning mamlakat hududida yoki uning tashqarisida ishlab chiqarish omillari tufayli
yuzaga kelishidan qat’iy nazar) jami yig’indisini ko’rsatadi. YaMM milliy hisoblar
tizimi asosida hisoblanadi.
288
Do'stlaringiz bilan baham: |