Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish


Sertifikatlashtirishni o’tkazish tartibi



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Sertifikatlashtirishni o’tkazish tartibi 
Sertifikatlashtirishni sinalishi sinash laboratoriya markazlarida, akkreditlangan 
RFning belgilangan joylarida o’tkaziladi. 
Sertifikatlashtirishdagi  ketgan  barcha  harajatlarni  tayyorlovchilar  yoki  mol 
yetkazib beruvchilar (importda) o’z hohishiga ko’ra qoplaydilar. 
To’lov  o’rnatilgan  tartibda  tarif  bo’yicha  yoki  kelishuvga  asosan  ularning 
yo’qligida o’tkaziladi. 
 
 
 
 
 
 


195 
 
10.3.  Tugallangan  qurilish  ob’ektini  ekspluatatsiyaga  qabul  qilish  va 
uning  sifatini  baholash.  Texnologiyalarga  bo’lgan  talab  va  uning  sifatini 
tekshirish. 
 
Qurilish ishlab chiqarish faoliyatining yakuniy natijasi, ya’ni qurilish tarmog’i 
mahsuloti 
bo’lib, 
mamlakat 
xalq 
xo’jaligi 
tarmoqlari 
asosiy 
fondlarini 
shakllantiruvchi 
korxonalar, 
binolar 
va 
inshootlarning 
ekspluatatsiyaga 
(foydalanishga) tayyorligi va tugallangan qurilish hisoblanadi. 
Asosiy  fondlarni  barpo  etishdan  tashqari  kapital  qurilish  funksiyasiga 
korxonalardagi mavjud asosiy fondlarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirish ham 
taalluqlidir.  
Ishlab  chiqarish  faoliyatining  turi  sifatida  kapital  qurilish  quyidagi  kompleks 
ishlarni  bajarish  asosida  korxonalar,  bino  va  inshootlarni  barpo  etishni  (yaratishni) 
tavsiflaydi:  uskunalar  montaji;  loyiha-qidiruv  ishlari;  qurilish  maydonini  tayyorlash; 
sanitar-texnik  qurilmalarni  (kanalizatsiya,  suv  o’tkazgichlar  va  h.k.)  barpo  etish  va 
boshq. 
Qurilish  mahsuloti  hisoblangan  binolar,  inshootlar  va  boshqa  ob’ektlar  ko’p 
qirrali,  konstruksiyasi  murakkab  bo’lgan  ob’ektlar  hisoblanadi.  Bu  esa  qurilish 
ishlarini ishlab chiqarishning xususiyatlari bilan xarakterlanadi. 
Qurilish ishlab chiqarishning asosiy xususiyatlari quyidagilar bilan belgilanadi. 
Birinchidan, sanoat  ishlab  chiqarishdan  farqli  holda  qurilish  mahsuloti  ko’chmasligi 
va  qayerda  yaratilgan  bo’lsa,  o’sha  yerda  ishlatilishi  bilan  xususiyatlanadi.  Faqat 
quruvchilar  va  mehnat  qurollari  (qurilish  mashinalari  va  uskunalar)  ko’chishi  yoki 
joylashtirilishi  mumkin.  Mehnat  resurslari  va  mehnat  qurollari  qurilish 
tugallangandan  keyin  bir  ob’ektdan  boshqa  ob’ektga  olib  o’tiladi.  Qurilishning  bu 
xususiyati  boshqaruvning  o’ziga  xos  tashkiliy  shakllarini,  qurilish  texnikalari  va 
mehnat resurslarini bir qurilish maydonidan boshqa qurilish maydoniga ko’chirishda 
vaqtning  yo’qotilishi  va  xarajatlarni  minimumga  keltirish  uchun  qurilish 
tashkilotlarini to’g’ri joylashtirishni talab qiladi. 
Ikkinchidan,  qurilish  mahsulotini  tayyorlash  jarayoni  uzoq  muddatni  ko’zda 


196 
 
tutadi va shuning uchun qurilish jarayoniga ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi 
uzoq muddatga jalb qiliniadi.  
Uchinchidan,  qurilish  ishlab  chiqarish  ko’plab  tarmoqlar  va  korxonalar 
(firmalar,uyushmalar)  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Ma’lum  bir  tarmoq  korxonalaridan 
qurilish  mahsulotini  tayyorlash  uchun  xom  ashyo,  materiallar  va  uskunalar  oladi. 
Boshqa  tarmoq  korxonalari  bilan  bog’liqligi  shundaki,  buyurtmachi-korxonalar 
topshirig’iga binoan buyurtma asosida tegishli ishlarni amalga oshiradi.  
Kapital  qurilishning  alohida  tarmoqlari,  o’z  navbatida,  alohida  xususiyatlarga 
ega  bo’ladi.  Masalan,  qishloq  xo’jaligi  qurilishi  sanoat  qurilishidan,  shaharsozlik 
qurilishi – qishloq qurilishdan farq qiladi. 
Qurilishning  asosiy  xususiyati  uning  industrlashganligi  bilan  belgilanadi. 
Qurilishni  industrlashtirish  –  qurilish  tarmog’ida  ilmiy-texnik  taraqqiyotning  asosiy 
yo’nalishlaridan  biri  hisoblanadi.  Qurilish  industriyasi  deganda  sanoat  ishlab 
chiqarish  bloklari  va  konstruksiyalar  holatidan  kelib  chiqib,  qurilish  ishlab 
chiqarishini 
bino 
va 
inshootlarni 
montaj 
qilish 
va 
yig’ish 
jarayonini 
mexanizatsiyalashtirishga aylantirish tushuniladi. 
Qurilishni  industrlashtirish  qurilish  ishlarining  texnologiyasi  bo’yicha  keng 
ko’lamdagi  o’zgarishlarni  olib  kiradi.  Qurilishni  industrlashtirishning  asosiy 
elementlari  bo’lib  quyidagilar  hisoblanadi:  yig’ma  qurilishni  rivojlantirish;  qurilish-
montaj  ishlarini  mexanizatsiyalashtirish  va  avtomatlashtirish;  qurilish  ishlab 
chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish. 
 Kapital qurilish ko’p aloqalarni xarakterlaydigan murakkab jarayondir.  Uning 
asosiy  xususiyati:  ob’ektlarni  qurishning  texnik  va  tashkiliy  jihatdan  murakkabligi; 
moddiy,  mehnat  va  pul  resurslari  xarajatlarining  ko’pligi  hamda  ishlab  chiqarish 
siklining davomiyligidir.  
Kapital  qurilishning  asosiy  vazifasi  ijtimoiy-madaniy  ahamiyatga  doir 
ob’ektlar,  uy-joy,  bino  va  inshootlarni  zamonaviy  texnik  asosda  qurish, 
mamlakatning ishlab chiqarish salohiyatini oshirishdan iboratdir.  
Aholi  farovonligining  oshishi,  moddiy  ishlab  chiqarish  barcha  tarmoqlarining 
yanada  rivojlanishi  kapital  qurilishning  hajmi  va  samaradorligiga  bog’liq  bo’ladi. 


197 
 
Kapital  qurilish  o’z  vazifasini  bajara  turib,  investitsion  jarayonlarda  muhim  rol 
o’ynaydi. Investitsion jarayonlarda kapital qurilishning o’rni va ahamiyatini aniqlash 
uchun kapital qo’yilmalarning texnologik tarkibiga murojaat qilish zarur bo’ladi.  
10.1-jadvalda  keltirilgan  ma’lumotlaridan  ko’rinadiki,  2007-2017  yillarda 
respublikamizda  asosiy  kapitalga  qilingan  investitsiyalarning  texnologik  tarkibida 
qurilish-montaj  ishlarining  salmog’i  9,9  foizli  punktga  oshgan.  Ushbu  shchsish 
uskunalar,  instrumentlar,  inventarlarga  qilingan  xarajatlar  salmog’ining  kamayishi 
hisobiga  yuz  bergan.  Mazkur  holat  iqtisodiyotning  real  sektori  korxonalarini 
modernizatsiyalash,  texnik  va  texnologik  qayta  jihozlashda  asosiy  fondlarning 
ko’chmas  mulk  shakli  yaratalishi  ulushi  ortishi  nuqtai  nazaridan  ijobiy  holat 
hisoblanadi. Chunki, bu holat so’ngi   illarda  respublikamizning  barcha  hududlarda 
aholi  farovonligini  oshirish  uchun  amalga  oshirilayotgan  uy-joylar  qurilishi 
jarayonining faollashuvi bilan bevosita bog’liqdir. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish