205
15.3-rasm. Maysazor fonidagi gullar, manzarali daraxt va
butalaming nafis ko‘rinishdagi kompozitsiyasi.
Natijada o‘simlikning asosiy qismi nobud bo‘ladi, qolgan
qismi juda sust o‘sadi, maysazoxning umumiy manzarali
ko‘rinishi yo‘qoladi. Shuning uchun chimzor barpo etishda joyni
to‘g‘ri tanlash va tuproqni tayyorlab olish muhim ahamiyatga
egadir. Demak, maysazorlar barpo qilish uchun, awalo, yer
maydonlari to‘g‘ri tanlanishi va zarur bo‘lgan loyiha tuzilishi
talab qilinadi. Odatda, loyihada yeming tuzilishi, ya’ni relyefi
bo‘yicha tekislash, yo‘llar va manzarali daraxt hamda
butalaming joylashuvi, yer osti va usti kommunikatsion tizim-
larini o‘tkazib olish, shuningdek, sug‘orish tizimlarini o‘tkazish
kerak bo‘ladi.
Yemi tayyorlash dastlab 30 sm chuqurlikda yer maydonlari
ni haydab tekislab olishdan boshlanadi. So‘ng yer yuza qismiga
chirigan go‘ng (10-15kg:m2), mayda qum (yengil tuproqda 8-
10kg:m2, og‘ir tuproqqa 10-15kg:m2), ammofos (200-250g:m2)
va kaliy o‘g ‘iti 70-100g:m2 o‘g‘it aralashmasi bir tfclds yoyib
chiqiladi va aralashma tuproq bilan qorishib ketishi uchun 10-15
sm chuqurlikda mayin chopiq qilinib, xaskash yordamida yana
bir bor aralashtiriladi. Nihoyat yer yuza qismi taxtacha
yordamida tekislanib, og‘irligi 20-30 kg bo'lgan g‘altak
yordamida zichlanadi.
206
Urug‘lami sepish. Maysazorlar, asosan, urug‘ sepilib barpo
etiladi (raygras, betaga (ovsyanita), oddiy maysazorlar uchun
aralash urug‘lar sepiladi (betaga - 30%, qo‘ngirbosh, simirik
(polovita belaya)- 10, raygras - 30%. Urug‘lami sepish me’yori:
raygras - 80 - 100 kg/ga, ovsyanita - 100-120, qo‘ng‘irbosh 45-
55, polovita 20-25 kg/ga.
Maysa o‘tlar urug‘lari 15-fevraldan 15-martgacha va kuzda
15-oktabrdan 5-noyabrgacha sepiladi. Sepish chuqurligi-0,5-3
sm. Urug‘lar sepilgandan so‘ng tuproqning ustki qismi
Ickislanadi, suv sepiladi. Raygrasning urug‘lari 10 kundan
so‘ng, qo‘ng‘irboshniki 15-17, ovsyanitaniki 12-14 kundan
so‘ng unib chiqadi.
Chimlash, chim bosish usuli maysazorlar, qiyaliklarda
kamroq, asosan, tekis yerlarda qo‘llaniladi. Chim 30x15; 30x20;
60-60 x 20-30 sm kattalikda va 8-10-15 sm qalinlikda kesiladi,
so‘ng ular darrov o‘z joyiga ekiladi. Chim bosish yalpi, tasma va
kataksimon shaklda olib borilishi mumkin.
Vegetativ usul: ildizlari kesiladi yoki ustki novdalari 3-5 sm
u/unlikda kesiladi, uchastkaning ustiga sepiladi, chirindi bilan
yopiladi (2-3 sm), (chirindili tuproq bilan), tekislanadi va suv
sepiladi.
Gidrosepish. Suv sepiladigan mashinaga urug‘lar, o‘g‘it,
suv, bitum emulsiyasi, lateks emulsiyasi joylashtiriladi va
kerakli joyga sepiladi. Aralash materiallaming sepilish miqdori -
10 m2yerga; kichik - 400, bitum emulsiyasi 1, notekis - 40, suv -
4,5 g, maydonga superfosfat - 3 g, ammiakli selitra -6, xlorli
kaliy 2 g.
Maysazorlarda parvarishlash ishlarini olib borish. Bunda
asosiy ishlar quyidagicha: sug‘orish, o‘rish, begona o‘tlami
olish, o‘g‘itlash, ta’mirlash, kasallik va zararkunan da I ardan
himoya qilish. Yomg‘irlatib sug‘orish.
Muntazam ravishda maysazorlaming ustki qismi kesilib
turiladi. Buning uchun maysani kesadigan elektrli, benzinli
motorli maysao‘rgich (gazonokosilka), ishlatiladi. Har 7-10 kun-
207
da 3-4 sm balandlikkacha kesiladi. Maysazorlarda birinchi
kesish maysa 10-12 sm o‘sganda o‘tkaziladi. Bundan ertaroq
kesilsa, yosh o‘simliklarga jiddiy shikast yetkazish mumkin.
Agar vaqtidan kech kesilsa, pastki qismiga soya berib, xlorofill
miqdorini kamaytiradi va kesilganda moddalar almashinuvi
buziladi. Keyingi kesishlar esa maysaning holati, ob-havo
sharoiti va vegetatsiya davri(yil)ga qarab 5-8 sm bo‘lganda
bajariladi. Kesishlar bir oyda 4-5 marotabagacha o‘tkaziladi.
Kesish ishlari bajarilgandan so‘ng o‘rilgan maysa qoldiqlari
maydondan olib chiqib tashlanadi.
3-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |