Xiyobonlar
bog‘-parklarda,aholi hududlarida piyodalaT
yuradigan, ikki tomoni manzarali daraxt va butalardan iborat
bo‘lgan yashil hududlardir.Uning kengligi 18-50m va undan-da
ko‘proq bo‘lishi mumkin. Xiyobonlar maydoni quyidagi
o‘lchamlarda taqsimlanadi:
-yashil o‘simliklar hududi uchun - 65% yer maydoni;
-gulzorlar barpo qilish uchun - 4-5%;
-tashrif buyuruvchilar sayr qilishlaridagi yo‘l va yo‘laklar
uchun - 37%.
Xiyobonlar ochiq va yopiq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi.
Ochiq xiyobonlarda daraxtlar nafis ko‘rinishda, piramidasimon
yoki sharsimon shoxlangan bo‘ladi. Yopiq xiyobonlarda daraxt
shoxlari tarvaqaylab o‘sgan, qalin soyali (eman, kashtan,
sadaqayrag‘och va boshqalar) bo‘ladi. Bog‘larda har xil turdagi
doim yashil (samshit, biota va virgin archalaridan) o‘simlik-
lardan jonli devorlar tashkil etiladi. Shuningdek, hozirgi zamo-
naviy ko‘kalamzorlashtirishda ulardan har xil turdagi hay-
192
kalchalar, turli xil hayvonlar va qushlaming ramziy belgilari
yasalib keng foydalanilmoqda.
Jonli devorlar
daraxt yoki buta o‘simliklaridan hosil
qilingan, balandligi 0,5 m dan 4 m gacha boradigan, qalinligi 1-
1,3m gacha yetadigan yashil devorlardir.
14.4-rasm. Ko‘kalamzor hududlardagi yashil devorlar.
Bunda bir qatorli ekishda qatorda 0,67m - bu soya solib
turuvchi daraxt turlari uchun. Yorug'sevar daraxt turlari uchun
qatorda 1,0 metr.Ikki qatorli ekishda qatorda 1-1,25m, qator
orasi esa 0,5-0,6m dan iborat sxemada joylashtiriladi.
Kolalar bog‘chalari va maktablarni ko‘kalamzor!ashtirish
Biror-bir hududni ko‘kalamzorlashtirishdan oldin uning
qanday xususiyatlari borligi va qanday maqsadda amalga
oshirilayotgani oldindan o‘ylab rejalashtiriladi.Bolalar bog‘cha
in ri, dam olish oromgohlari va maktablar atrofini ko‘kalamzor-
lashtirish bunday maskanlar hovlilarini tashqi shovqindan,
chang-to‘zon zarralaridan himoyalaydi. Bog‘cha va maktab hov-
lisida mikroiqlim yaratadi. Ushbu hududlarda har xil turdagi
mnnzarali yaproq va nina bargli daraxt, buta va gul turlaridan
193
barpo etilgan kompozitsion ko‘rinishlar yoshlarni tabiatni, uning
o‘simlik va fauna olamini sevishga, asrab-avaylashga undaydi.
14.5-rasm. Olquv maskanlari atrofidagi tog‘li kompozitsiyalar.
Chunki manzarali o‘simliklaming navbatma-navbat gullab
turishi, turli xil barglarining tovlanishi, ularda sayroqi qush-
laming in qo‘yishi va sayrab turishi bolalaming qiziqishini
orttiradi.
Olib borilgan kuzatuvlar natijasida shu narsa ma’lum
bo‘ldiki, bolalar ochiq havoda sayr qilgan, qiziqarli o‘yinlar
o‘tkazganda yil fasllariga bog‘liq holda qatnashadi. Masalan:
bolalar qishda 33%; bahor va kuz faslida 48%; yilning yoz
faslida 90% ni ochiq havoda o‘tkazadi.
Bolalar bog‘chalari va maktablar hududida bugungi kunda
quyidagi ko‘rinishdagi sport maydonchalari va inshootlar
qurishga ruxsat beriladi: har xil o‘yinlar o‘tkazish uchun umu
miy maydonlar, bog‘chalarda alohida bolalar guruhi uchun
tashkil etilgan maydonchalar, har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan
manzarali besedkalar, maktablarda futbol va voleybol maydon
chalari, tortilish tumiklari joyi, noyob hayvonchalar va qushlami
saqlash joylari, suzish havzalari va yopiq ayvonlar quriladi.
194
14.6-rasm. Ko‘kalamzor hududlardagi tog‘li sharsharalar kompozitsiyasi.
Shuningdek, maktablarda botanika va biologiya fanlaridan
amaliy mashg‘ulotlarini olib borishda har xil manzarali va
movali daraxtlar, butalar turlaridan bog‘lar tashkil etiladi.
14.7-rasm. Bolalar va o‘simliklar dunyosi.
I.
Bolalar bog‘chalari hududi quyidagi ko‘rinishda ko‘ka-
Um/.orlashtiriladi:
195
-yashil daraxtzorlar, ya’ni o‘simlik dunyosi uchun-60%;
-har xil maydonchalar uchun - 20% ;
-kichik xiyobon va yo‘laklar uchun - 8%;
-imorat va inshootlar uchun - 12 % yer maydoni ajratiladi.
2.
Maktablar hududi quyidagi tartibda ko‘kalamzor hudud-
larga ajratiladi:
-yashil o‘simlik dunyosi uchun 53-55% yer maydoni;
-yo‘l, yo‘laklar va har xil maydonchalar uchun 35%;
-har xil inshootlar uchun 10-12% yer maydonlari ajratiladi.
Yirik bolalar bog‘chalari,dam olish oromgohlari va mak-
tablarda lga hisobidan 150-180 donagacha manzarali daraxt va
2000-2500 donagacha manzarali butasimon o‘simliklar joylash-
tiriladi. Bolalar bog‘chalari va maktablarning tashqi muhit bilan
chegaralarida ikki qatorli himoya qatorlari: eman, Pensilvaniya
shumtoli kabi yirik, uzoq yashovchi daraxt turlaridan ekib
boriladi. Bolalar yoz faslining issiq kunlarida soya joylarda dam
olib o‘ynashi uchun sersoya yaproq bargli daraxtlar joylashti-
riladi. Masalan: kashtan, yapon saforasi, sadaqayrag‘och, arg‘u-
von, jo ‘ka va kashtan bargli eman.
14.8-rasm. Yashil hududlarda ko‘p yillik gullardan foydalanish.
196
Bog‘cha va maktablarga kiraverishda har xil tikansiz gul
turlaridan gulzorlar barpo etiladi, bolalar o‘simlik va gullami
sevib ardoqlab ularga e’tibor qaratadi, ularga havo issiq bo‘lgan
kunlarda suv quyadi, begona o‘tlardan tozalaydi va hokazo.
Lekin bog‘cha va maktablaming, bolalar dam olish joylarining
yaqinida tikanli va o‘zidan yoqimsiz hid tarqatadigan o‘simliklar
ekib bo‘lmaydi. Chunki o‘ynab yurgan bolalar bexosdan tikanli
yoki noqulay gaz tarqatuvchi o‘simliklardan jarohat olib qolishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |