15
1.2. Til, lison, me’yor va nutq munosabati
UMIS va AHVO munosabati dialektikaning (ya’ni butun borliq – tabiat,
jamiyat va inson tafakkurining asosiy yashash) qonuniyatidan biri bo‘lganligi
sababli, u har bir fanda o‘ziga xos tarzda xususiylashadi. UMISning tildagi tajallisi
lison
, AHVOniki esa
nutq
deb yuritiladi. Lison va nutqning majmui
til
deyiladi.
Tilshunoslikda lisoniy va nutqiy jihatni farqlashga intilish ushbu fan bilan
tengdosh. Chunki har qanday fan cheksiz hodisalarni umumlashtirishni o‘z oldiga
maqsad qilib qo‘yadi. Xususiy hodisalar zamiridagi umumiylikni ko‘rishga intilish
bilishning har ikkala bosqichi (fahmiy va idrokiy)da ham mavjud. Shu boisdan
aytish mumkinki, bilishning fahmiy bosqichi mutlaq xususiylik bilan o‘ralashib
qolmaganligi kabi, idrokiy bosqich ham mutlaq umumiylikni – UMISni tiklay
olmaydi. Biroq har bosqich o‘z vazifasiga ega. Chunki har bir davr o‘z fani oldiga
muayyan maqsad va aniq talablarni qo‘yadi. «Fanlarning taraqqiyoti shu davrning
ilg‘or falsafiy fikri, davr uchun yetakchi bo‘lgan fan sohalarining yutuqlari bilan
uzviy bog‘liq. Turli fanlarning manbalari ko‘p qirrali bo‘lganligi sababli, davrning
yetakchi falsafiy fikri aniq fanlardan o‘rganish manbaining qaysi tomonlariga
alohida e’tibor berish lozimligini, borliqdagi mavjud qonuniyatlarni mantiqiy
kategoriyalarda qay usulda aks ettirish yo‘llarini belgilab beradi» (H.Ne’matov).
Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy o‘zbek tilshunosligining birinchi
bosqichi, dialektika nuqtayi nazaridan, tildagi UMIS va AHVOni bir-biridan
farqlamay tasnif etish bosqichi.
Tilshunoslikda lison va nutqni izchil farqlab o‘rganish avvalo, tilshunoslar
V.fon Humboldt, B.de Кurtene va F.de Sossyur nomi bilan bog‘liq. Lison va
nutqning farqlanishi, tilga tizim sifatida yondashuv XX asr jahon tilshunosligida
tub burilish sifatida baholanadi. Chunki u mavjud qarashlarni tubdan o‘zgartirib
yubordi.
Tilga, xususan, o‘zbek tiliga sistema sifatida yondashuvning dastlabki
yillarida
lison
o‘rnida
til
atamasi qo‘llanilib, u ko‘p ma’nolilik tabiatiga ega
16
bo‘lganligi sababli ayrim chalkashliklarni keltirib chiqarar edi. Chunonchi,
insonning nutq so‘zlash qobiliyati ham, nutqi ham ushbu atama bilan yuritilar edi.
Shu boisdan nazariyotchi tilshunoslar UMISning tildagi voqelanishiga nisbatan
lison
atamasini qabul qildilar. Natijada,
til, lison, nutq
munosabati quyidagicha
tushunildi:
2-jadval
TIL
LISO
N
ME’
YOR
NUT
Q
Yuqorida UMIS va AHVOning tildagi tajallisi misolida lison va nutqning
o‘zaro munosabati haqida kirish xarakterida so‘z yuritildi. Endi unga batafsil
to‘xtalinadi.
Til
– sof lisoniy qobiliyat va imkoniyat. U tafakkurni shakllantirishga
(kodlashtirishga), xotirada qat’iy sistemaga tizib saqlashga, axborotni uzatish va
qabul qilishga imkoniyat beruvchi muhim (birlamchi) insoniy ijtimoiy-ruhiy
kommunikatsiya vositasi. Tilda bosh ichki ziddiyat – atash (nominativ) va
ifodalash (ekspressiv) vazifalarining dialektik birligi.
Do'stlaringiz bilan baham: