5. Shaxs taraqkiyotini davrlarga bo’lish.
5- savol bo’yicha darsning maqsadi: Shaxsning ustanovkalarini ta’riflash. Shaxsning muhim orientatsiyalarini talabalarga tushuntirish. Shaxsning ustanovkalarini ishlab chiqish va o’rganish.
Identiv o’quv maqsadi:
Shaxsning ustanovkalarini ta’riflaydi. Shaxsning muhim orientatsiyalarini talabalarga tushuntiradi. Shaxsning ustanovkalarini ishlab chiqadi va o’rganadi.
Beshinchi savolning bayoni:
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili A.V.Petrovskiy inson taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib, o’ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish, etuklikka intilish g’oyasi yotganligi sababli bolalik, o’smirlik, o’spirinlik davrlari yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jihatini olib o’rgangan bo’lsalar, bundan o’laroq u shaxs shakllanishining prosotsial (ijtimoiy qoidalarga rioya qilib) va asotsial (aksijtimoiy) bosqichlari mavjud bo’lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi. Shuning uchun taraqqiyot uchta makrofazadan iborat ekanligini sharhlab, uning birinchi turi bolalik davriga to’g’ri kelib, ijtimoiy muhitga moslashish, ko’nikish (adaptatsiya), ikkinchisi - o’smirlarga xos individuallashish (individualizatsiya), uchinchichi - o’spirinlik, ya’ni etuklikka intilish davrida individual holatlarni muvofiqlashtirish (birlashtirish) xususiyatlari bilan tavsiflanadi. A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishini ta’kidlab o’tadi.
1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3 yoshgacha.
2. Bog’cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha.
3. Kichik maktab yoshidagi o’quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha.
4. O’rta sinf o’quvchisi (o’smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha.
5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
A.V.Petrovskiyning klassifikatsiyasi qanchalik takomil darajada bo’lmasin, taraqqiyotning oraliq bosqichlari, ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjudligini e’tirof etishga moyildir. Chunki ijtimoiy qoidalarga binoan o’sishmi yoki aksilijtimoiymi unga qaramasdan, har ikki yo’nalishning ham oraliq jabhalari bo’lishi ehtimoldan xoli emas, lekin bu g’oyani chuqurroq sharhlab berish joiz.
D.I.Feldshteyn klassifikatsiyasi ham shaxsga ijtimoiy yondashuvga asoslangan bo’lsa ham, lekin u A.V.Petrovskiynikidan keskin farq qiladi. D.I.Feldshteynning fikricha, insonni shaxs sifatida shakllanish jarayonida ikkita katta taraqqiyot bosqichini bosib o’tadi, ulardan biri - “Men jamiyat ichida” degan pozitsiyadan iborat bo’lib, u o’ziga quyidagi yosh bosqichlarini qamrab oladi:
1) ilk bolalik - 1 yoshdan 3 yoshgacha,
2) kichik maktab yoshidagi o’quvchisi davri - 6 yoshdan to 9 yoshgacha,
3) yuqori sinf o’quvchisi davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha.
Shaxs taraqqiyotidagi ikkinchi pozitsiya “Men va jamiyat” deb nomlanib, u quyidagi yosh bosqichlariga taalluqlidir:
1) go’daklik - tug’ilgandan to 1 yoshgacha,
2) maktabgacha yoshdagi bolalar - 3 yoshdan 6 yoshgacha,
3) o’smirlar - 10 yoshdan to 15 yoshgacha.
D.I.Feldshteyn boshqa tadqiqotchilardan farqli o’laroq, o’smirlik davrini uch bosqichga ajratadi. Uning mulohazasiga ko’ra, birinchi bosqich (10-11 yosh) o’ziga munosabatni kashf qilishdan iborat bo’lib, o’zini shaxs sifatida his qilish va qat’iy qarorga kelish bilan yakunlanadi. Ikkinchi bosqich 12-13 yoshdagi o’smirlarni o’z ichiga olib, bir tomondan, o’zini shaxs sifatida tan olish, ikkinchi tomondan, o’ziga salbiy munosabatda bo’lish xususiyatiga ega. Uchinchi bosqich 14-15 yoshli katta yoshdagi katta o’smirlardan iborat bo’lib, tezkorlikda o’z-o’zini baholashga moyil munosabati bilan tavsiflanadi.
D.I.Feldshteynning shaxs rivojlanishi nazariyasi ontogenezda yuz beradigan barcha psixologik holat va fazilatni izohlab berish imkoniyatiga ega emas. Lekin u ta’lim-tarbiya sifatini oshirishga va takomillashtirish jarayoni (faoliyati) ga ijobiy ta’sir o’tkazish xususiyati bilan amaliy ahamiyat kasb etadi.
Shunday qilib, hamdo’stlik mamlakatlari psixologlari tomonidan bir qator puxta ilmiy-metodologik negizga ega bo’lgan shaxsning rivojlanishi nazariyalari ishlab chiqilgan. Ularning aksariyati ontogenezda shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini ochishga muayyan hissa bo’lib xizmat qiladi, amaliy va nazariy muammolarni echishda keng ko’lamda qo’llaniladi. Ammo ontogenezda shaxsning shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariya yaratish mavrudi etib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |