Rivojlantiruvchi: E’tibor va mantiqiy tafakkurini,o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmasini,bilishga qiziqishini oshirish.Ratsional sonlar ustida to’rt amalga doir mashqlar bajarishni o’rgatish. Guruhlarda jadvallar asosida ishlab Ratsional sonlar ustida to’rt amalga doir mashqlarni bajarish ko’nikmalarini rivojlantirish. Shahslar aro muloqot, qaror qabul qilish va hamdardlik ko’nikmalarini rivojlantirish.
Dars uslubi: guruh bilan ishlash.
Vosita: Darslik, guruhlar uchun topshiriqlar yozilgan jadvallar,vidio proektor.
Usul: guruhlar ishi.
Dars shakli: savol -javob, jamoa, taqdimoti.
Darsning vaqt taqsimoti:
1.Tashkiliy qism (2 minut)
2.Uyga vazifani so’rash (3 minut)
3.Yangi mavzu bayoni (10 minut)
4.Yangi mavzuni mustahkamlash (20 minut)
5.Rag’batlantirib baholash (5 minut)
6.Uyga vazifa berish (3 minut)
7.Darsni yakunlash (2 minut)
Dars bosqichlari: refleksiya mashqi bajariladi. “Impuls” mashqida har bir o’quvchini o’zi istagan o’quvchining qo’lini qisib impuls yuboradi va o’tgan darsdan savol beradi. Javob bergan o’quvchi boshqa sherigiga impuls yuboradi va o’zining savolini beradi. Bu mashqni bajarishda doira bo’lib turib olish ham mumkin.
Yangi mavzu bayoni:(Yangi mavzu vidio proektordan foydalanib tushintiriladi)
Ratsional sonlar ustida amallarni bajarish tartibi musbat sonlar ustida amallarni bajarish tartibi kabi bo’ladi.Agar ifodada qavslar ishtirok etmasa , avval ikkinchi bosqich amallari (ko’paytirish va bo’lish) , so’ngra birinchi bosqich amallari (qo’shish va ayirish) bajariladi.
Misol. Amallar tartibini belgilang va hisoblang:
(93,5 · 0,14-1,83:6,1-14,21):7,1·(-0,5)
1) 93,5·0,14=13,09
2) 1,83:6,1=0,3
3) 13,09-0,3=12,79
4)12,79-14,21=-1,42
5) -1,42:7,1=-0,2
6) -0,2·(-0,5)=-0,1 javob: -0,1.
O’quvchilar guruhlarga ajratiladilar.Guruhlarga topshiriq beriladi.
1-guruhga topshiriq
t/r
|
Misollar
|
Qanday sonlar
|
Ta’rifi
|
1
|
1 4; 7,5
|
|
|
2
|
-3; -2 -
|
|
|
3
|
-4; 3; -5; 0; -7; 8
|
|
|
4
|
4 va -4; -8 va 8; va -
|
|
|
2-guruhga topshiriq
t/r
|
Amallarni bajaring
|
Foydalanilgan xossa, qoida
|
1
|
|
|
2
|
-4,3+11,2-7,7+3,8
|
|
3
|
-4,5ab
|
|
4
|
bunda a=-5 ; b=-4
|
|
3-guruhga topshiriq
t/r
|
Atamalar, qoidalar
|
Ta’riflar
|
Misollar
|
1
|
Ratsional son
|
|
|
2
|
Ratsional sonlarni taqqoslash
|
|
|
3
|
Ratsional sonlarni qo’shish
|
|
|
4
|
Qarama-qarshi sonlar
|
|
|
5
|
Ratsional sonlarni bo’lish
|
|
|
6
|
Ratsional sonlarni ko’paytirish
|
|
|
7
|
Koeffitsient
|
|
|
Guruhlar taqdimoti tinglanadi, muhokama qilib, xulosa chiqariladi. O’qituvchi nazorati ostida 873 va 874- mashqlar bajariladi. Qobiliyatli o’quvchilar uchun qo’shimcha topshiriqlar beriladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun moychechak mashqi bajariladi.
Guruhlar o’z ishlarini taqdimot qiladilar. O’quvchilar baholanadilar. Darsga yakun yasaladi.
Uyga vazifa 889, 891-mashqlar.
Qobiliyatli o’quvchilar uchun qo’shimcha topshiriq beriladi.
Darslarda bilimlarni mustahkamlash uchun:
- Ta’rifni to’ldiring
- Qatorni davom ettiring
- Ortiqchasini toping
- “Damino”
- Dunyo yangiliklari
- Bu nimaga oxshaydi
- “Daryo” mashqlarini o’tkazish maqsadga muvofiq
Xorazm viloyati Qo’shko’pir tumanidagi 9-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika fani o’qituvchisi Sobirova Muqaddas.
Do'stlaringiz bilan baham: |