Shlak va kulni chiqaruvchi qurilmalar. Qatlamli o’txonalarda yoqili yoqilgandan keyin hosil bo’ladigan kulning 70—80 % i o’txona cho’doni va shlak bug’nkerida qoladi, 20—30 % i esa tutun gazlari bilan atmosferaga chiqib ketadi. Kamerali o’txonalarda, aksincha, kulning ko’p qismi, 90 % ga yaqini truba orqali tutun gazlari bilan birga atmosferaga chiqib ketadi. Kulning qolgan qismi shlakka aylanadi va o’txona tagida joylashgan bug’nkerlarga tushadi. Kul va shlak qozonxonadan muntazam ravishda chiqarilib turiladi.
Kulni tutib qoluvchi qurilmalar. Tutun gazlari bilan atmosferaga chiqib ketuvchi kulni yo’qotish ancha qiyin ish. Juda mayin uchuvchan kul tevarak—atrofni ifloslantiradi, kontsentratsiyasi 0,15 mg/m3 dan ortib ketmasligi kerak. Bug’ndan tashqari, abraziv hususiyatlarga ega bo’lgan kul tutun tortish yo’llarini tezda ishdan chiqaradi. SHuning uchun qattiq yoqilini yoqishda qozon agregati gaz yo’llarining boshidan oxirigacha kulni tutib qoluvchi qurilmalar o’rnatiladi.
Sanoat korxonalari va elektr tsansiyalarini loyixalashning sanitariya normalariga ko’ra tutun trubalari baland bo’lishi kerak. Kulning kul tutib qolish qurilmalarida tutilmagan qismi tutun gazlari bilan birgalikda atmosferaning yuqori qatlamlariga ko’tarilib chiqadi. Katta balandlikda kul tarqalib ketadi va havo bilan aralashib atmosferaning quyi qatlamlariga siyrak holda tushadi.
Tutun gazlarini kuldan tozalash uchun inersion kul tutkichlar (quruq va xo’l) hamda elektrofiltrlar ishlatiladi.
Quruq inersion kul tutkichlar harakatlanayotgan kul zarralarining markazdan qochuvi kuchidan foydalanish asosida ishlaydi. Tutun gazlar oqimi uyurmalovchi ulitkalar orqali tsiklonga yo’naladi, bug’ erda gazlarning harakati uyurma harakatiga aylanadi. Kul zarralari markazdan qochuvchi kuch ta׳sirida tsiklon korpusiga urilib tormozlanadi va harakatlanayotgan gaz oqimidan ajralib bug’nkerga tushadi. Kuldan tozalangan tutun gaz kul tutkichdan truba orqali atmosferaga chiqib ketadi. Bug’nday tsiklonda tutun gazlarining tozalanish darajasi 60 % ga yetadi.
Batareya qilib tuzilgan va alohida kojuxga joylashtirilgan kichikroq diametrii (150—250 mm) tsiklonlar batareyali tsiklon deyiladi. Bug’nday tsiklonda gazlarning tozalanish darajasi birmuncha yuqorirok bo’ladi va 65—70 % ga yetadi.
Xo’l inertsion kul tutkichlar ham zarralarning markazdan qochma kuchidan foydalanish asosida ishlaydi, lekin bug’nda kul nam holida chiqarib yuboriladi. Bug’ning uchun kul tutkichning tutun gazlari oqimi kiradigan patrubkasiga panjara o’rnatiladi va unga forsunka orqali suv beriladi, bug’nda gaz kuldan qisman tozalanadi. Gaz korpusga kirganida tsiklon ta׳sirida uyurma harakat qiladi va kul zarralari korpus devorlariga qisiladi, forsunka orqali beriladigan suv korpus devorlaridan yupqa parda hosil qilib to’xtovsiz oqib turadi va kulni yuvadi. Tozalangan gaz atmosferaga chiqib ketadi.
Bug’nday tipdagi kul tutkichlarda gazlarning tozalanish darajasi 85—90 % ga yetadi.
Elektr filtrlar gazlarning yuqori kuchlanishli tok ta׳sirida ionlanishidan hosil bo’lgan zaryadlarni ajratish printsipida ishlaydi.
Elektrik filtrlarning asosiy qismlari: ikkita elektrod — qalinligi 2 mm gacha bo’lgan nixrom sim tarzidagi "toj hosil qiluvchi" va diametri 250—300 mm li metall truba ko’rinishidagi cho’ktirish elektrodi. Elektrodlarga yuqori kuchlanishli o’zgarmas tok "toj hosil qilish" elektrodiga manfiy ishorali va cho’ktirish elektrodiga musbat ishorali tok beriladi. CHo’ktirish elektrodining ichida yuqori kuchlanishli elektr maydon hosil bo’ladi, changli gaz shu maydon orqali 1,5—2 m/sek tezlik bilan o’tadi. YUqori kuchlanishli elektr maydon ta׳sirida tutun gazlar ionlashadi. Kul zarralari manfiy zaryad bilan zaryadlanib, musbat elektrodga tortiladi. Kul zarralari unga o’tirib, o’zining zaryadini elektrodga beradi va tortishish kuchlari hisobiga elektrod devorlarida tutilib qoladi, changdan tozalangan gaz esa atmosferaga chiqarib yuboriladi. Devorlarga o’tirgan kulni vaqti—vaqti bilan silkitib (kuchlanish ajratib qo’yilib, gazlar oqimi to’xtatilgan holda), elektrik filtrlardan patsda joylashgan bug’nkerga tushiriladi. Elektrik filtrlar yordamida gazning tozalanish darajasi 90—94 % ni tashkil etadi.
Qozon agregatining karkas va qoplami (obmurovkasi). Qozon agregatining po’lat kolonnalar va to’sinlardan iborat metall kontsruktsiyasi karkasi deyiladi. Karkas detallari bir—biriga boltlar bilan yoki payvandlab biriktiriladi. Karkas qozon agregatining baraban, kollektor, trubalar to’plami va boshqa elementlarini, shuningdek, qoplamasi, zinapoya va maydonchalarini ko’tarib turadi. Metall kolonnalar va karkasning gorizontal to’sinlari barcha qozon agregati, suv va qoplamaning ogirligini ko’tarib turadi.
O’txona kamerasi bilan qozon agregati gaz yo’llarining tashqi va ichki devorlari qoplam deyiladi. Qoplam mexanik mutsahkam, tehnik barqaror va issiqlik— izolyatsiya hossalariga ega bo’lishi kerak. Qoplam metalli suyuqlangan shlaklar ta׳siriga yaxshi qarshilik ko’rsata oladigan bo’lishi kerak.
Qoplam tayyorlash uchun o’tga chidamli materialdan qilingan oddiy va fason ishtlar ishlatiladi. Qoplamning ichki devorlariga terish uchun ko’pincha, o’tga chidamli shamot gildan tayyorlangan ishtlar ishlatiladi. U nihoyatda qiyin suyuqlanadigan va termik jixatdan barqaror bo’ladi.
Qozon agregatining gamitura va armaturasi. Qozon agregatiga xizmat ko’rsatish va uning ishlashini kuzatish uchun zarur bo’ladigan qurilma va detallar komplekti qozon agregatining garniturasi deyiladi. Gamituraga lyuklar, yo’llar, flanetsli patrubkalar, qarash oynalari, klapanlar, puflash moslamalari, o’txona detallari (zaslonkalar, zatvorlar) va shunga o’xshashlar kiradi.
Texnikada mayda, odatda, tsandart detal va asboblar komplekti armatura deyiladi. Annatura ko’rib chiqilayotgan agregatning asosiy qismlari soniga kirmaydi, lekin uning to’ri ishlashini ta׳minlaydi. Davlat texnika nazorati qoidalariga ko’ra har qaysi qozonda saqlagich klapanlar, manometrlar, suv ko’rsatkich asboblar, shuningdek, zaruriy tambalash klapanlari, ventillar va suv tushirish jo’mraklari bo’lishi lozim.
Qozon barabanida suv sathi doimo bir hil bo’lishi kerak. Agar qozonga haddan tashqari ko’p suv berilgan bo’lsa, uning bir qismini bug’ qizdirgichga o’tkazib yuborish mumkin. Agar qozonda suv juda kam bo’lsa, u holda isitish sirtlari o’ta qizib ketadi va bug’ qozonlirining portlashiga sabab bo’lishi mumkin. Qoidaga ko’ra qozonlar suv ko’rsatkich asboblar bilan ta׳minlangan bo’lishi kerak.
Ta׳minlash suvi va qozonning ichki rejimi. Qozonni ta׳minlash uchun eng yaxshi suv dvigatellarda ishlab bo’lgan bug’ning kondensati hisoblanadi. U kondensatordan yana bug’ qozoniga qaytariladi. Lekin kondensatorda bug’ qozoniga berilgan ta׳minlash suviga qaraganda kam kondensat hosil bo’ladi. Bug’nga sabab qurilmaning bug’—suv yo’llarida bug’ bilan suvning isrofbo’lishidir.
SHuning uchun qozonga kondensatdan tashqari ximiyaviy tozalangan suv ham qo’shiladi.
Qo’shiladigan suv tarkibida erigan holda ham, mexanik muallaq zarralar holida ham aralashmalar bo’lmasligi kerak. Mexanik aralashmalar suv bilan birga qozonga tushib, uning ba׳zi qismlarini ifloslantiradi va tsirkulyatsiyani yomonlashtiradi. Suvda erigan kolloid zarralar organiq moddalardir, ular qozondagi suvni ko’pirtirib yuboradi. Ko’pikda esa erigan tuzlar to’planadi. Barabandan berilayotgan bug’ ko’pikni tuzlari bilan birga osongina ilashtirib ketadi.
Suvda erigan aralashmalar (tuzlar) bug’ hosil bo’lish jarayonida cho’kmaga tushadi va qozonning ichki yuzasiga quyqa va shlam (Quyqa — suvni isitish va qaynatish vaqtida cho’kkan va qozonning isish sirtlariga o’tirib qolgan tuzlar. SHlam — suvdan cho’kkan va unda muallaq holida qolgan tuzlar) tarzida o’tirib, issiqlik o’tkazuvchanlikni pasaytiradi, bug’ esa devorning o’ta qizib keti shiga sabab bo’ladi va uning mutsahkamligi kamayishi tufayli avariya holatini vujudga keltiradi. Bug’ndan tashqari suvda erigan tuzlar va gazlar metallning korroziyalanishiga sabab bo’ladi va ko’pik hosil bo’lishini kuchaytiradi.
Qo’shimcha suv har qancha tozalansa ham unda baribir aralashmaning bir qismi qoladi. Kondensatda ham ma׳lum miqdorda aralashmalar bo’ladi. Qozon barabanidan bug’ chiqarilib turiladi, qozon suvida esa tuzlar qoladi, quruq bug’ tuzlarni deyarii eritmaganligi sababli vaqt o’tishi bilan qozon suvida tuzlarning kontsentratsiyasi ortib boradi.
YUqori bosimli (100 at dan yuqori) qozonlarda bug’ namlik zarralariga ilashib kelgan tuzlardan tashqari silikat kislota va natriy birikmalari bilan ham ifloslangan bo’ladi.
SHunday qilib bug’ qizdirgichga kelgan nam bug’ tarkibida tuzli qozon suvining zarralari bo’ladi. Tuzlar bug’ qizdirgichning sirtlariga va turbina parraklariga o’tirib quyqa hosil qiladi, bug’ bilan ularning normal ishlashini bug’zadi. SHu sababli qozon agregatining to’ri ishlashi uchun qo’shimcha suvni tozalashdan tashqari qozonning ichki suv rejimini bir maromda saqlab turish lozim. Bug’ning uchun qozonning ishlash jarayonida suv tarkibi qat’iy kuzatib turiladi. Zaruriyatga qarab qozon suviga maxsus reagentlar — fosfat tuzlari qo’shib turiladi. Suvdagi kaltsiy va magniy kationlari fosfatning ionlari bilan boglanadi va kam eriydigan tuzlar hosil qiladi. Bug’nday tuzlar shlam tarzida cho’kadi, shlam esa baraban va kollektorlarning patski qismlarida suvni vaqti—vaqti bilan puflash orqali oson yo’qotiladi. Qozon barabanida suvning aralashmalar bilan ifloslanishi ko’pik hosil bo’lishiga imkon beradi. Ko’pik parchalari suv yuzasiga qalqib, o’zi bilan birga zararli aralashmalarning ko’p qismini ilashtirib chiqadi. SHunday qilib, tuzlarning maksimal kontsentratsiyasi qozon suvining yuqorigi qatlamlarida hosil bo’ladi. Suvning yuqorigi qatlamlarini yo’qotish uchun barabanga qator teshiklari bor truba joylashtiriladi. Qozon barabanining bug’tun uzunligi bo’ylab yuqori qatlamlardagi suv truba yordamida olinadi va undan puflash yo’li bilan to’xtovsiz yo’qotib turiladi.
Barabandan puflab chiqarilgan suvning parametrlari qozon ish jismining parametralriga teng shuning uchun to’xtovsiz tozalash issiqlik isroflarini kamaytirish maqsadida tozalash suv texnik kanalizasiyaga tashlanmaydi, balki separatorga yuboriladi. Separator bug’ magitsraliga yoki bosimi qozondagi bosimdan ancha kam bo’lgan issiqlik almashinuv apparatiga tutashtirilgan idishdir.
Tozalash suvi patsroq bosimli muhitga tushgach qaynaydi va uning bir qismi bug’ga aylanadi, bug’ esa issiqlik—kuch qurilmasining umumiy sitsemasiga (ko’pincha ekonomayzerlarga) o’tadi. Bug’nda tozalash suvining qolgan qismi soviydi, uning bosimi va issiqlik saqlami kamayadi, lekin uning harorati yetarii darajada yuqori bo’ladi va issiqlik—kuch qurilmasining o’z extiyojiari uchun, masalan, ximiyaviy tozalangan qo’shimcha suvni isitish uchun issiqlik tashuvchi sifatida foydalaniladi. Qo’shimcha suvni isitgandan keyin tozalash suvi texnik kanalizatsiyaga tashlab yuboriladi.