Suyuq va gaz yoqilg’ilarini yoqishda maxsus moslamalar — gorelka va forsunka (ingl. force — dam bermoq) qo’llaniladi. Gorelka va forsunkalarning tuzilishi kamera, o’txonalarning quvvati ,va ularning turiga qarab har xil bo’ladi. Suyuq va gaz yoqilg’ilaridan faqat kamera va o’txonalardagina yoqilmasdan, ichki yonuv dvigatellarida, reaktiv dvigatellarda ham ish yoqilg’isi sifatida keng foydalaniladi. Gorelka yoki forsunka yonish kameralari (o’txonalari)ning asosiy qismi hisoblanadi. Suyuq yoqilg’ilar yoqilganda ular forsunka orqali kameraga purkaladi. Eqilini forsunka mayda zarralarga aylantirib, kameraga to’zitib purkaydi va purkalgan yoqilg’i havo bilan yaxshi aralashib, to’liq yonadi.
14.2-rasm. Forsunka turlari: a) mexanik; b) pnevmatik; v) rotatsion.
Qozon kurilmalarida forsunka qo’llanilganda asosiy yoqilg’i mazut yoki ishlatib bo’lingan turli-tuman texnik moylar, ya׳ni neft mahsulotlari chiqindilari yoqiladi. Bug’nda bug’ forsunkasi qo’llaniladi (25-rasm, b), Mazutni yoqishda Bobkok va Vilkoksning mexanik forsunkasidan (25-rasm, a) foydalaniladi. Mazut yuqori (10 atm) bosim otsida forsunkaga uzatiladi. Forsunkaga uzatilayotgan mazut temperaturasi kamida .80 — 115° S bo’lgenligi uchun uning qovushqoqligi kamayib bir tekis to’ziydi. Mexanik forsunka ancha tejamli ishlaydi va uni rotslash oddyy.
Gaz yoqilg’isini yoqishda o’ziga xos texnik talablar bajariladi. SHuning uchun gorelka (14.2-rasm) hamda forsunkaning tuzilishi sodda va ishlatish oson bo’lishi kerak. Domna, koks batareyalari, kameralarda metallurgiya zavodlari gazi va tabiiy gaz yoqiladi. O’txonaga havo va gaz gorelkalar orqali uzatiladi.
Gorelkalar yuqori va pats kaloriyali gaz yoqilg’isini yoqishga mo’ljallangan. Qozon qurilmalari o’txonalarida gazni yoqish ishlari hozirgi vaqtda maxsus elektr uchqunlari yordamida amalga oshiriladi va avtomatik nazorat qilib turiladi. Sun’iy gazlar asosiy qismining kaloriyasi pats, tabiiy gazlarniki yuqori bo’ladi.
Gaz gorelkasi quyidagicha ishlaydi. Gaz gorelka o’qi bo’ylab harakatlanib, avval soplo 1 ga kiradi. Soploning old qismidagi halqasimon tirqish orqali unga havo so’riladi. Soploning davomi gaz va havoni aralashtirgich vazifasini bajarganligidan unda ish yoqilg’isi (gaz va havo aralashmasi) hosil bo’ladi. O’txona ichida joylashgan gorelkaning teshikli qismidan ish aralashmasi kameraga kiradi va yonadi. Gaz yoki havo oqimining mikdori zaslonka (to’siq) va klapanlar yordamida rotslanadi.
YOqilganda kul hosil bo’lmasligi va ma׳lum shart-sharoit yaratilganda yuqori temperaturani hosil qilish mumkinligi gazning muhim afzalligi hisoblanadi. YOqish jarayonini oson mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish mumkin.
14.4-rasm. Gaz gorelkasining sxemasi: a) injektorli; b) katta quvvatli (Terbek sitsemam).
Do'stlaringiz bilan baham: |