t1-t4=q(1/1+2/2+3/3) Bu nisbatdan ko’p qatlamli devor orqali o’tadigan solishtirma issiqlik oqimi q ning kattaligini aniqlash mumkin:
Bu tenglamadan ko’p qatlamli devoming umumiy termik qarshiligi har qaysi qatlam termik qarshiliklirining yiindisiga teng degan xulosa kelib chiqadi:
R=1/1+2/2+3/3...+ n/n n qatlamli devor uchun yuqoridagi tenglama quyidagi ko’rinishda yoziladi:
Noma׳lum haroratlar t2 va t3 ning qiymatlarini quyidagicha topish mumkin:
=conts bo’lganda devorning har qaysi qatlamida haroratning taqsimlanishi chiziqli qonunga bo’ysunadi. Umuman ko’p qatlamli devor uchun harorat egri chizii siniq chiziq ko’rinishida bo’ladi.
Ko’p qatlamli devor uchun olingan formulalardan qatlamlar orasida issiqlik kontakti yaxshi bo’lgandagina foydalanish mumkin. Agar qatlamlar orasida kichkina havo oralii paydo bo’lganda ham termik qarshilik sezilarii darajada ortadi, chunki havoning issiqlik o’tkazuvchanligi juda kichikdir:
havo=0,023 vt/(mgrad) Agar bunday qatlam bo’lishi muqarrar bo’lsa, u holda xisioblashlarda bu qatlam ko’p qatlamli devoming qatlamlaridan bin sifatida qaraladi.
Silindrik devor. Issiqlik mashinalari va issiqlik almashinuv apparatlari devorlarining sirtlari ko’pincha konsentrik joylashgan ikkita silindrik sirt (trubalar, apparatlarning korpuslari, dvigatellarning silindrlari va shunga o’xshashlar) bilan chegaralangan bo’ladi. Silindrik devorda ham issiqlik o’tkazuvchanlik yo’li bilan issiqlikning uzatilishi yassi devordagi issiqlik uzatilishi qonunlari bo’yicha amalga oshadi. Bu erda farq faqat shundaki, yassi devorda sirtlarning yuzasi bir hil bo’ladi, silindrik devorda esa ichki sirtning yuzasi tashqi sirtning yuzasidan doimo kichik bo’ladi. Silindming devori qanchalik qalin bo’lsa, ya׳ni tashqi va ichki devorlar orasidagi farq qanchalik katta bo’lsa, tashqi va ichki sirt yuzalarining farqi ham shunchalik katta bo’ladi.
Quyidagi rasmda uzunligi l bo’lgan truba bo’lagi ko’rsatilgan. Trubaning tashqi va ichki sirtlari F1 va F2 ning haroratlari tegishlicha t1 va t2. Temperatura radial yo’nalishda kamayadi. Issiqlik oqimi Q ichkaridan tashqari tomon truba sirtiga normal bo’yicha (uning kesimlari radiuslari bo’ylab) yo’nalgan. Uning qiymati devorning barcha qatlamlari uchun bir hilligicha qoladi. Trubaning tashqi va ichki diametrlari tegishlicha d1 va d2 ga teng.
(d)
Trubaning uzunlik birligiga nisbatan olingan issiqlik oqimi q’ issiqlik oqimining chiziqli zichligi deyiladi.
(d) tenglikning o’ng qismidagi kasrning maxraji chiziqli termik qarshilik deyiladi va R bilan belgilanadi:
Bu formuladan ko’rinib turibdiki, silindrik devor uchun termik qarshilik R ni aniqlash ancha murakkab. SHu sababli takribiy hisoblash uchun silindrik devoming termik qarshiligi yassi devoming ancha oddiy formulasi bilan aniqlanadi: