Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti


Birinchi bosqich – Shariat



Download 1,23 Mb.
bet62/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

Birinchi bosqich – Shariat. Diniy marosim va shariat aqidalari (taqvolar)ni aynan, izchil bajarish. Chunki shariat-qonun bo’lib, bu qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi.
Ikkinchi bosqich –Tariqat. Nafsni tiyish, xushnudlik, xilvat, ma’naviy muhabbatni takomillashtirib, xudo to’g’risida o’ylash, ya’ni, o’zdan kechish, ko’ngilni poklab, ruhni nurlantiruvchi faoliyat shakli.
Uchinchi bosqich – Ma’rifat. Hamma narsa, butun borliqning asosi - xudo ekanini, o’zlikning mohiyati xudoning mohiyati bilan uyg’un ekanligini bilish va anglash. Mazkur holatda odam uchun kibru havo, manmanlik hamda shon-shuhrat be’mani bo’lib ko’rinadi. Shunda u orif, ya’ni, bilimli va xudoni tanigan inson bo’ladi.
To’rtinchi bosqich - Haqiqat. Mazkur bosqichda so’fiy xudoning dargohiga yetishadi, vasliga vosil bo’ladi, u bilan birlashadi, vahdat (tavahhud) tashkil etadi va shu asosida inson foniy, ya’ni “anal-haq” bo’la oladi.
Mazkur oqim tarafdorlaridan birinchi so’fiy eronlik Abu Yazdit Tayfur al-Bistamiydir (875 yilda vafot etgan). So’fiy Husayn ibn Mansur Halloj esa o’zining xudo bilan “qo’shilganini” isbotlash uchun “Anal-haq” (“Men haqman”, “Men xudoman”) deb da’vo qiladi hamda o’z ta’limotini ilgari suradi. U Qur’onning muqaddasligi va Muhammad Alayhis-salomning payg’ambar ekanligini inkor etishga uringanlikda ayblanib, xurofotchilar tomonidan qatl etildi. Zero, ushbu ta’limot saroy ahli va jaholat bilan yaqinlashgan ba’zi kalom va falsafa ilmi ulamolariga yoqmadi, oqibatda qalbni oliy haqiqatga erishish yo’lida poklash maqsadini ilgari surgan ezgu ta’limot bid’at deya baholandi.
So’fiylikning ikkinchi oqimiga mansub bo’lgan so’fiylar birinchi oqim namoyandalari tomonidan ilgari surilgan qarashlarni qabul qilganlar, biroq mazkur qarashlarni islom ta’limotida targ’ib etilgan tartib-qoidalarga moslashtirganlar. Bu oqimning eng mashhur nazariyotchisi Zayniddin binni Muhammad Imom G’azzoliy (1058-1111 yillar) hamda Ahmad Yassaviylar sanaladilar.
Imom G’azzoliy so’fiylik ta’limotining asoschilaridan biri bo’lib, “Hujjat-ul-islom” laqabini olgan. Alloma to’g’risida so’z yuritilganda hatto “qur’on yo’qolib qolsa, uni G’azzoliyning asarlari bo’yicha tiklash mumkin” degan fikrlarni bildirganlar. Imom G’azzoliy tomonidan yaratilgan “Tahofut al-falosifa” (“Faylasuflarni rad etish”), “Kimyoi saodat” (“Saodat kimyosi”), “Ixya ulum ad-din” (“Diniy ilmlarni tiriltirish”) kabi islom ilohiyoti tizimining shakllanishiga zamin hozirlagan asarlar alloma faoliyatiga nisbatan shunday yuksak baho berilishiga sabab bo’lgan.
Imom G’azzoliy inson kamolga yetishi, ya’ni, xudo “vasli”ga yetishi uchun ma’lum shartlarni bajarib, muayyan yo’lni bosib o’tishi kerak, deydi. Har bir so’fiy islom talablari – qonun-qoidalari, aqidalari hamda qur’onni haqiqat deb bilib, unga tobe bo’lishi va ularga so’zsiz amal qilishi yuqorida qayd etilgan yo’lning bosib o’tish shartlaridir deya uqtiradi.
Alloma so’fiylik nazariyasining mohiyati xususida so’z yuritib, ular haqiqatni mantiqiy mulohazalar asosida emas, balki ichki kechinmalar vositasida bevosita hissiy tarzda anglaydi, deb ko’rsatadi. So’fiylarning ichki holatini nazariy bilimlarni egallash, suhbatlar tashkil etish, manbalarni o’qish orqali emas, balki ularning turmush tarzini qabul qilish orqaligina anglash mumkin. Mazkur yo’l ko’ngilni his bilan yaratilgan ma’lumotlardan ozod etadi va ana shunda ma’rifat manbai paydo bo’ladi, dunyo ravshan bo’ladi. o’rganish yo’li bilan emas, balki o’zdan chekinish, ma’naviy vujudning qaytadan yaralishi tufayligina oxirgi chegaraga erishish mumkinligi alloma qarashlarining asoslari sifatida namoyon bo’ladi.
Ahmad Yassaviy 1041 yilda Saryom (Sayram) qishlog’ida Shayx Ibrohim xonadonida tug’iladi. Yetti yoshida otasidan, so’ng onasidan yetim qoladi. U Arslonbob nomli inson qo’lida hamda aksariyat tolibi ilmlar kabi Buxoroda tarbiya va tahsil oladi. U yerda mashhur Yusuf Hamadoniydan suluk odoblarini o’rganib, so’ng Turkistonga qaytadi va o’z tariqatiga asos soladi. U so’fiylik g’oyalari, shuningdek, o’z tariqati asoslarini targ’ib etishda she’rlaridan foydalanadi. Islom dini aqidalari va o’z asoslagan g’oyalarni she’riy tarzda bayon etish asosida keng omma orasiga kirib boradi. Yassaviy hikmatlarining axloqiy, falsafiy, ilohiy asoslari to’g’ridan-to’g’ri “Qur’on” g’oyalari va payg’ambar Muhammad Alayhis-salom hadislari negizida shakllanadi. Ahmad Yassaviy hikmatlarida payg’ambar Muhammad Alayhi-salom ta’limotida ulug’langan ma’naviy-axloqiy xislatlar - muruvvat, saxovat, qanoat va rostgo’ylik targ’ib qilinadi, bildirilayotgan fikrlar kishilarni faqat Allohga tobe bo’lishga undaydi. Uning hikmatlarida pand-nasihat asosiy o’rin tutadi. Ularning barchasida so’fiylik tariqatining amollari - haqiqatni bilish. Haqni sevish, nafsu dunyodan chekinishga da’vat etuvchi g’oyalar o’z aksini topgandir. Inson ruhi va ongini har qanday illat, qabohatdan ozod etish kerak, ana shundagina insonda axloqida ko’zga tashlanuvchi ayrim nuqsonlar yuzaga kelmaydi, degan fikrlar komil insonni shakllantirishning asosiy yo’llaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Zero, tasavvuf-nafs lazzatlaridan voz kechishdir. Nafs - ochko’zlik, o’g’rilik, jaholat, xudbinlikni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qanoat Ahmad Yassaviyning hayotiy shiori sanaladi. Oziga qanoat qilish, shukronalik, halol luqma yeyish orqali inson Haq bilan “ko’risha” oladi, nafsga mute bo’lganlar esa xudbinlikdan qaytmaydi, nafs balosiga uchraydi. Xususan:
Nafsdan kechib, qanoatni pesha qilg’on,
Har kim topsa, rozi bo’lib, bo’yi sung’on
Yaxshilarga xizmat qilib duo olg’on,
Andoq oshiq mahshar kuni armoni yo’q.
Jondin kechmay hu-hu degan bari yolg’on,
Bu gumrohdin so’rmang savol, yo’lda qolgan,
Haqni topgan o’zi pinhon, so’zi pinhon
Ul sababdan oltmish uchda kirdim yerga.
Banda bo’lsang mehnat tortg’il g’ofil odam,
Oqil ersang g’animatdur senga shul dam
Omonatdir aziz joning yurma beg’am,
Eshitib o’qib yerga kirdi qul Xoja Ahmad.

Ahmad Yassaviy nodonlik tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma’naviy qashshoqlik, yovuzlik, takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma’rifat bo’lmagan o’lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o’tadi.


Ahmad Yassaviy hikmatlarida Haqqa yetish yo’lini targ’ib qilar ekan, insonni jaholat botqog’idan xalos qilish lozimligiga urg’u beradi. U “Shariatda orif-biloh bo’lishni, tariqatda voqif-asror bo’lishni, haqiqatda komil–mukammal bo’lishni, ma’rifatda daryoi ummon bo’lishni talab qiladi”.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan anglanadiki, Ahmad Yassaviy tomonidan ilgari surilgan g’oyalar insonni yomon illat, nafs balosidan voz kechishga undaydi. Yomon illatlar va nafs balosidan xalos bo’lish insonni ruhiy va jismoniy komillik sari yetaklaydi.
Aslini olganda, Mansur Xalloj ham, Imom G’azzoliy ham, Ahmad Yassaviy ham ruhiy kamolotga intilganlar. Zero, ular intilgan komillik - Haqqa yetishish,
-unga muhabbat qo’yish, shu ishq dardi bilan yashash, tavba-tazarru, sabru qanoat, shijoat, to’g’rilik, rostgo’ylik, samimiyat, nafsni tiyish, undan g’olib kelish, har bir inson qalbini chirkin illatlardan xalos etuvchi faqru fano kabi xislatlarning majmuidan iboratdir. Ular inson kamolotining ta’minlanishi uchun turli yo’llarning samarali ekanligini asoslashga harakat qilganlar. Shu bilan birga, tadqiqotchilar Yassaviya ta’limoti g’oyalariga ko’ra zolim hukmdor, nopok din peshvolari, nodon va johil kishilarga nisbatan muxolifot mavjudligi ta’kidlanganligidan guvohlik beradilar.
So’fiylikning uchinchi oqimi Naqshbandiya ta’limotining yaratilishi bilan bog’liqdir. Mazkur oqim XIII asrning oxirlarida shakllana bordi. XIV-XV asrlarda esa Markaziy Osiyoda ustuvor mavqega ega bo’lgan ta’limotga aylandi.
Naqshbandiya ta’limoti o’zining hayotiy g’oyalari bilan boshqa tariqatlardan tubdan ajralib turadi. Naqshbandiya tariqatining “ildizi” uzoq davrlar, ya’ni, Sharq Uyg’onish davriga borib taqaladi. Markaziy Osiyoda ikki buyuk olim- Abulqosim Ali al-Xoroqoniy (1034 yilda 80 yoshida vafot etgan) hamda Abu Ali al-Farmadiy (1084 yilda vafot etgan)larning so’fiylik ta’limoti rivojida katta hissalari bor ekanligini ta’kidlaydi. Tasavvuf olamining mashhur faylasuflari Ahmad al-G’azzoliy va Yusuf Hamadoniylar (1049-1140 yillar) Abu Ali al-Farmadiyning shogirdlari sanaladilar.
Xoja Hasan Andoqiy, Xoja Abdulloh Barraqiy (Barkiy), Xoja Ahmad YAssaviy va Xoja Abdulholiq G’ijduvoniy tasavvuf ilmi bo’yicha YUsuf Hamadoniy qo’lida chuqur ta’lim olgan to’rt mashhur shayxlar sanaladilar.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish