4. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish
1. Davlat organlari va tashkilotlarda huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish.
2. Davlat organlari va tashkilotlarda jamoatchilik asosida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi huquqiy targ‘ibot guruhlarini tashkil qilish va ular tomonidan sohaga doir qonun hujjatlari normalarining xodimlar o‘rtasida tizimli ravishda targ‘ibot qilinishini ta’minlash.
3. Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy savodxonligi minimal darajasi bo‘yicha talablarni ishlab chiqish hamda ularni ishga qabul qilishda mazkur talablarga muvofiqligi yuzasidan o‘qitish va baholashning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish.
4. Davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqish.
5. Har bir davlat organlari va muassasalarida «Huquqiy madaniyat oyligi», «Odob-axloq oyligi» hamda «Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi» tadbirlarini tashkil qilish.
6. Davlat organlari va tashkilotlar xodimlari faoliyatida mas’uliyatsizlikning va idoraviy huquqiy nigilizmning namoyon bo‘lishiga imkon yaratadigan omillarni huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirish orqali bartaraf etish.
7. Kadrlarga oid qarorlarning, bo‘sh lavozimlarga kadrlarni tayinlash uchun tanlovlarni rejali asosda o‘tkazishning shaffofligini ta’minlash.
8. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishda munosib hissa qo‘shgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda ko‘rsatgan yutuqlari uchun topshiriladigan «Huquqiy targ‘ibot ishlari a’lochisi» ko‘krak nishonini ta’sis etish.
9. Davlat organlari va tashkilotlarning rasmiy veb-saytlarida faoliyat yo‘nalishidan kelib chiqib qonun hujjatlari mazmunini tushuntirishga qaratilgan «Huquqiy savodxonlik» ruknlarini tashkil etish.
5. Aholi barcha qatlamlarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish:
- Yoshidan kelib chiqib aholi huquqiy savodxonligining darajasi bo‘yicha minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash, ular asosida fuqarolarning huquqiy bilim darajasini aniqlash va tahlil qilib borish.
- Advokatlik tuzilmalari va advokatlar tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam ko‘rsatish (pro bono) tizimini rivojlantirish.
- Qonun hujjatlarini aholiga tezkor ravishda yetkazish, shuningdek, sohaga doir qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirish tizimini takomillashtirish.
- Axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona fondlarini yuridik adabiyotlar bilan boyitib borish.
- Davlat organlari huzuridagi axborot-tahlil multimedia markazlarining huquqiy targ‘ibot sohasidagi faoliyatini kuchaytirish. Bunda dolzarb va aholini qiziqtiradigan huquqiy masalalarni aniqlashtirish (uy-joy va yer olish masalalari, ta’lim muassasalariga joylashtirish, aliment, moddiy yordam, migratsiya, kommunal xizmat masalalari) hamda tahlillar asosida va qonunchilikdagi sohaga oid yangiliklar bo‘yicha zarur axborot-tahliliy va ko‘rgazmali media materiallarni tayyorlash va efirga uzatish.
-Aholining kundalik ehtiyojidan kelib chiqib, ularni qiziqtirgan huquqiy mavzular bo‘yicha «So‘rov bo‘yicha huquqiy targ‘ibot» loyihasini amalga oshirish.
- Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda munosib hissa qo‘shgan huquq targ‘ibotchilarining bu boradagi fidoyiligini rag‘batlantirib borish maqsadida «Eng yaxshi huquq targ‘ibotchisi» va «Huquqiy targ‘ibotni amalga oshirishda eng yaxshi innovatsion loyiha» tanlovlarini o‘tkazib borish.
- Xalqimizda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan videoroliklar tayyorlash.
- Xalqimizning huquqiy yodgorliklari va huquq yo‘nalishidagi olimlari va arboblari faoliyatini chuqur o‘rganish va ularni keng ommaga targ‘ib qilish.
- Aholiga ularning huquq va majburiyatlarini hamda davlat organlari va tashkilotlarning fuqarolar oldidagi majburiyatlarini tushuntirishga, shuningdek, aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ijtimoiy-huquqiy videoroliklarni tayyorlash hamda televidenie va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish.
-Advokatlik yoki huquqshunos faoliyatiga bag‘ishlangan badiiy film va seriallar tayyorlash.
- Aholini qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan qisqa metrajli filmlar hamda teatr spektakllarini yaratish va tizimli ravishda televidenie orqali berib borish.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi doirasida kamida 5 ta ijtimoiy videorolik tayyorlash, shuningdek, korrupsiya, halollik, to‘g‘rilik, qonunga hurmat, adolat tantanasi mavzularida targ‘ibot materiallari, didaktik materiallar, multiplikatsion filmlar tayyorlash.
- Aholida korrupsiyaga murosasizlik kayfiyatini shakllantirish maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida korrupsiyaga qarshi targ‘ibot materiallari (jurnalistik materiallar, blogpostlar, karikaturalar, buklet, flaer, bannerlar, yumoristik asarlar) megatanlovini o‘tkazish.
- Mehnat migrantlariga turli ijtimoiy-huquqiy masalalar, xususan, migratsiya, ishga joylashish, ta’lim olish, boshqa davlatlarning qonun hujjatlari bo‘yicha huquqiy axborotlar olishda tizimli yordam ko‘rsatishni o‘z ichiga oluvchi maxsus axborot saytini ishlab chiqish.
- Tashqi mehnat migrantlarini milliy qonunchilik va xalqaro huquq normalarining mazmuni to‘g‘risida mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari ko‘magida ijtimoiy reklamalar, Internet veb-sahifalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil ilovalardan foydalangan holda xabardor qilib borishning aniq mexanizmini ishlab chiqish.
- Nogironligi bo‘lgan shaxslar (ko‘zi ojiz va kar-soqovlar uchun) va keksa yoshdagi shaxslar uchun foydalanishga qulay bo‘lgan, ularning ijtimoiy himoyasiga oid huquqlariga doir to‘plamlarni tayyorlash va xayriya aksiyalarini o‘tkazgan holda tarqatish.)
- Ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning kelgusida ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun ko‘mak berish maqsadida jazoni ijro etish muassasalarida masofadan turib ta’lim olish tizimini yo‘lga qo‘yish.
- Jazoni ijro etish muassasalarida huquqiy bilimlarni o‘rgatish, huquqiy ma’rifat va sudlanganlarni huquqiy tarbiyalash maqsadida «Huquq va men», «Jinoyat olamidan qaytish» nomli ma’rifiy-huquqiy mashg‘ulotlarni muntazam o‘tkazish tizimini joriy etish.
- Harbiy xizmatchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish maqsadida:
aniq chora-tadbirlar asosida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining, Temurbeklar maktablari o‘quvchilarining huquqiy bilimlarini tizimli ravishda oshirib borish, dunyoqarashi va fikrlash doiralarini kengaytirish;
harbiy qismlarda har oyning juma kuni «Huquqiy savodxonlik soati»ni tashkil qilish, unda mamlakatimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini harbiy xizmatchilarga yetkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |