Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 1,23 Mb.
bet18/159
Sana20.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#564656
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159
Bog'liq
ТАРБИЯ УМК Fitrat

NAZORAT SAVOLLARI:
1. Tarbiya nima?
2. Tarbiya Konsepsiyasi qachondan ta’lim tizimiga kiritildi?
3. Tarbiyaning maqsadi nimadan iborat?
4. Tarbiya fani qaysi fanlar bilan aloqador?
5. Tarbiyani nega uzluksiz jarayon deyishadi?

2-mavzu: Umumta’lim maktablarida tarbiya fanini joriy etishning dolzarbligi: maqsad va vazifalari. Tarbiya fanining Davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturi. Tarbiya fanining me’yoriy-huquqiy asoslari

Hayot yo’lida birinchi masala-


maktab masalasidir”.


Fitrat.
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasi ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosati, umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasining mazmuni va dolzarbligi.
2.Tarbiya fani Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari g‘oyasi asosida tadbiq etilishi, maqsad va vazifalari. Tarbiya fani muammolari, unga an’anaviy va zamonaviy yondashuvlar. Tarbiya fanining dolzarbligi va zarurati. Tarbiya fanining Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari. Tarbiya fanining me’yoriy-huquqiy asoslari.
Tayanch so‘zlar: Konsepsiya, Milliy tiklanish, milliy yuksalish, an`anaviy yondashuv, zamonaviy yondashuv, konseptual g’oyalar.
2.1.O‘zbekiston Respublikasi ta’lim-tarbiya sohasidagi davlat siyosati, umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasining mazmuni va dolzarbligi.
2020 yil 6-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Ushbu qaror asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar va yuksak ma’naviyatni yanada chuqur singdirish, ularni vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etish rejalashtirilgan. Qaror asosida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari» hamda «Dunyo dinlari tarixi» fanlarini birlashtirgan holda yagona «Tarbiya» fani 1-9-sinflarda — 2020/2021 o‘quv yilidan, 10-11-sinflarda esa — 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish nazarda tutilgan.
Ushbu qarorga ko’ra umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarning yaratilishini muvofiqlashtiruvchi guruh tarkibi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yaratish bo‘yicha tuzuvchilar guruhi tarkibi tasdiqlangan va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun «Tarbiya» fani konsepsiyasi qabul qilingan.
Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga quyidagi vazifalar yuklatilgan:
- «Tarbiya» fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartini va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash,
- 2020 yil 10 iyulga qadar 2020/2021 o‘quv yiliga umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-9-sinflari uchun hamda 1 dekabrga qadar 2021/2022 o‘quv yiliga 10-11-sinflar uchun mo‘ljallangan «Tarbiya» fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarga buyurtmalarni shakllantirish;
- 2020 yil 15 iyulga qadar 1-9-sinflar hamda 2021 yil 1 mayga qadar 10-11-sinflar uchun mo‘ljallangan «Tarbiya» fani bo‘yicha darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni chop etish bo‘yicha istisno tariqasida deklaratsiya qilingan narxlar asosida davlat va xususiy nashriyot-matbaa tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish;
- «Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yangi o‘quv yili boshlangunga qadar chop etishni tashkil etish va ularning joylarga yetkazilishini ta’minlash;
-2020 yil iyul oyidan boshlab yangi o‘quv yili boshlangunga qadar «Tarbiya» fani bo‘yicha tayyorlangan o‘quv dasturlari va darsliklar asosida umumta’lim maktablaridagi «Boshlang‘ich ta’lim», «Milliy g‘oya va huquq», «Tarix» va «Dinshunoslik» mutaxassisligiga ega fan o‘qituvchilari uchun xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida «Tarbiya» fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
-malaka oshirish kurslari davomida «Tarbiya» fanidan tayyorlangan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan o‘tkazish belgilangan.
-«Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish (darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish va yetkazib berish, tuzuvchilarga haq to‘lash) bilan bog‘liq xarajatlar darslik va o‘quv-metodik majmualarning umumiy narxiga kiritish.
«Tarbiya» fanidan darsliklar va o‘quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 1-sinf, Mehribonlik uylari, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlari o‘quvchilarini, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar farzandlarini hamda o‘qituvchilar uchun «Tarbiya» fanidan darsliklar, multimedia ilovalari va o‘quv-metodik majmualar nashr etilishi, shuningdek, ijara asosida darsliklar bilan birlamchi ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan, o‘quvchilarni ijara asosida darsliklar bilan ta’minlash — O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi belgilab qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Xalq ta’limi vazirligi 2020-2023 yillarda respublika oliy ta’lim muassasalarining «Boshlang‘ich ta’lim», «Tarix» (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha), «Tarix o‘qitish metodikasi», «Filologiya va tillarni o‘qitish: O‘zbek tili», «O‘zbek tili va adabiyoti», «Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi», «Pedagogika va psixologiya», «Dinshunoslik» va Islomshunoslik (Islom tarixi va manbashunosligi)», «Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)» ta’lim yo‘nalishlari bitiruvchilariga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish huquqi berilishi yuzasidan zarur choralarni ko‘rish va mazkur ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalariga 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tegishli o‘zgartirishlar kiritishi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida «Tarbiya» fanini o‘qitish uchun kadrlar tayyorlanadigan yangi ta’lim yo‘nalishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga asoslangan takliflarni kiritishi belgilab qo’yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish nazarda tutilgan.
Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo‘lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo‘lishdek hayotiy talablarni qo‘ymoqda.
Shu bois, O‘zbekiston Respublikasida «Tarbiya» fani konsepsiyasi mazkur fanni davlatning ta’lim-tarbiya sohasidagi siyosatini amalga oshirishda mavjud bo‘lgan dolzarb muammolarni hal etishga yo‘naltiriladi. Konsepsiya yosh avlod tarbiyasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ustuvor vazifalar, asosiy maqsad va yo‘nalishlarni belgilab beradi.
Shuningdek, Konsepsiyada belgilangan yo‘nalishlar mamlakat yoshlarini ma’nan va jismonan barkamol qilib tarbiyalash, iqtidori va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni davlat va jamiyatning rivojiga keng jalb etish, tashabbuslarini yetarli darajada qo‘llab-quvvatlash maqsadida huquqiy asoslar, iqtisodiy imkoniyatlar va tashkiliy mexanizmlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Mazkur Konsepsiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi qonunlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan hujjatlari, xususan «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi, «Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi va qonun konvensiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining «Yoshlar-2030» strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasining ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga asoslanadi.
Konsepsiyada belgilangan vazifalar O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi talablari, Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi, milliy va jahondagi ilg‘or tajribalar, mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar bilan uyg‘un ravishda amalga oshiriladi.
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning yoshiga mos ma’naviy rivojlanishini ta’minlash va faol fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan «Milliy g‘oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» turkumiga kiruvchi fanlar «Odobnoma», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari», «Ma’naviyat asoslari», «Dunyo dinlari tarixi» fanlarini birlashtirgan yagona Tarbiya fanining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi. Shu maqsadda, Xitoy Xalq Respublikasi, Singapur, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya Federatsiyasi kabi davlatlarning tajribalari o‘rganilgan, amaldagi fanlarning o‘quv dasturlari har tomonlama qiyosiy tahlil qilingan.
Konsepsiya asosida yaratilgan dastur amaldagi Sog‘lom avlod asoslari, Salomatlik, Yo‘l harakati qoidalari, Hayot xavfsizligi asoslari, Salomatlik darslari, Huquqiy tarbiya, Ekologik tarbiya, Media madaniyati, Iqtisod va soliq saboqlari kabi bir qancha fakultativ o‘quv kurslari dasturlarini birlashtiradi.
Konsepsiya umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarida belgilangan talablarning negizi hisoblanadi. Konsepsiya «Tarbiya» fanini o‘rganish bosqichlari, o‘quv fani bo‘yicha ta’lim mazmuni va malaka talablarining tuzilishini belgilaydi.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish