24.Umumta’lim muassalarida ”Tarbiya” fani Konsepsiyasining maqsadi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A.Umumta’lim muassasalari o’quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar, yuksak mahnaviyatni singdirish, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangicha tashkil qilish
B. Ta’lim tizimi o’quvchilarining yoshini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyatni singdirish, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangicha tashkil qilish
S.Umumta’lim muassasalari o’quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar, vatanparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangicha tashkil qilish
D.Umumta’lim muassasalari o’quvchilarining yoshi va psixofiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ularning ongiga umuminsoniy qadriyatlar, yuksak ma’naviyatni hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangicha tashkil qilish
25.Maktablarda “ Tarbiya” fanini o’qitishni tashkil etish Xalq ta’limi vazirligining qaysi buyrug’i bilan belgilangan?
A.10 iyul 2020 yil, XTV – 161
B.10 aprel 2020 yil, XTV - 102
S.20 sentabr 2006 yil, XTV -229
D.29 avgust 2019 yil, XTV -282
26. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4307-sonli “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qachon qabul qilingan?
A.2019 yil 3 mayda
B.2019 yil 23-avgustda
S.2020 yil 6-iyulda
D.2020 yil 15-iyulda
27. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4307-sonli qarorda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, davlat va jamoat tashkilotlarining bu boradagi faoliyatiga yaqindan ko‘maklashish maqsadida asosiy vazifalar qaysi organning zimmasiga yuklatigan?
A.Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining
B. Barcha davlat tashkilotlarining
S. Ta’lim tizimining
D. Davlat va nodavlat tashkilotlarining
28. . “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ 4307-sonli qarorda respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va «Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi bilan birgalikda uch oy muddatda qaysi hujjatni ishlab chiqishi va Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan?
A. Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasi loyihasini
B. Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashining “Yo’l xaritasi”ni
S. Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish bo’yicha tadbirlar rejasini
D. «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati nodavlat notijorat tashkilotining ish rejasini
Do'stlaringiz bilan baham: |