O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining normativ-huquqiy hujjatlari.
4
Қаранг: Давлат ва ҳуқуқ назарияси: Дарслик / Х.Т.Одилқориев, И.Т.Тультеев ва бошқ.; проф. Х.Т.Одилқориев таҳрири остида. — Т.:
«Sharq», 2009. — 592 б.
30
Kredit modul tizimi va o‘quv jarayonini tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshlig‘idir va davlat
hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini
ta’minlaydi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
O‘zbekiston
Respublikasining
Konstitutsiyasi
va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun
farmonlar va qarorlar tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. O‘zbekiston
Respublikasining
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari asosida hamda ularni ijro etish
uchun farmon va qaror tarzida normativ-huqukiy hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni jamiyat hayotining
alohida sohalarini isloh qilishga yoki davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining
ustuvor yo‘nalishlarini belgilashga, davlat organlarini tashkil etishga
(tugatishga) qaratilgan muhim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalar
bo‘yicha qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qonun hujjatlarida ko‘zda
tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlarini amalga oshirish
uchun qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari quyidagi eng muhim
yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha qabul qilinadi:
soliq, pul-kredit, bojxona va valyuta siyosatining asosiy yo‘nalish va
parametrlari;
coliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari berish, tashqi iqtisodiy
faoliyatni bojxona-tarif jihatdan tartibga solish masalalari;
yillik, choraklik va oylik valyuta balanslari, davlatning tashqi qarziga
xizmat ko‘rsatish masalalari;
qimmatli metallar bilan operatsiyalar;
iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish hamda iqtisodiyotni va muhim soha
va tarmoqlarni liberallashtirishning strategik masalalari;
O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlari, shuningdek,
tarmoq va hududiy rivojlanish konsepsiyalari;
oylik ish haqlarini oshirish va aholini ijtimoiy himoya qilish, mehnatga haq
to‘lashning yagona tarif tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar;
ma’muriy islohotlarni chuqurlashtirish, boshqaruv tuzilmasini, ta’limni
takomillashtirish, davlat va xo‘jalik boshqaruv organlarini qayta tashkil etish va
tugatish masalalari;
milliy xavfsizlik va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, O‘zbekiston
Respublikasi davlat chegarasini muhofaza qilish, davlat manfaatlarini himoya
qilish, shuningdek strategik muhim ahamiyatga ega boshqa masalalar;
Tashqi ishlar vazirligi va diplomatik xizmatlar faoliyati masalalari;
Do'stlaringiz bilan baham: |